Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi
Mamlakatimizda ana shu shior ostida an’anaviy respublika Kitob bayrami tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
Download 24.16 Kb.
|
ADABIYOTGA E'TIBOR - MA'NAVIYATGA KELAJAKKA E’TIBOR
Mamlakatimizda ana shu shior ostida an’anaviy respublika Kitob bayrami tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
“Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi. Xususan, mustaqillik yillarida yurtimizda ma’naviyatimizning g‘oyat muhim va uzviy qismi bo‘lgan adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘z hosilini berayotgani, badiiy adabiyotimiz mavzular ko‘lami jihatidan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham rang-barang bo‘lib borayotgani, adabiyot maydonida yangi-yangi nomlar paydo bo‘layotgani kitobxon xalqimizni albatta quvontiradi”. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch” asarida ta’kidlangan ushbu jihatlar kecha Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek, barcha viloyat markazlarida boshlangan “Adabiyotga e’tibor — ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostidagi respublika Kitob bayramida yana bir karra o‘z ifodasini topdi. Tadbir O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “O‘zkitobsavdota’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Toshkent shahar hokimligi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. Shu munosabat bilan poytaxtimizning o‘afur o‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori O. Yunusov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada yuksaltirish, yoshlarda yurtga sadoqat, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga ehtirom tuyg‘ularini kuchaytirish va intellektual salohiyatli barkamol avlodni kamolga yetkazishda kitob beqiyos vosita bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar. Bugungi kunda mamlakatimizda yuzdan ziyod nashriyot, tashkilot va ilm-fan muassasalari huzurida ellikka yaqin noshirlik bo‘limlari faoliyat yuritmoqda. Mustaqillikka qadar yurtimizda atigi 9 ta nashriyot bo‘lganini e’tiborga olsak, istiqlol yillarida bu soha qanchalik jadal taraqqiy etayotgani, aholining kitobga bo‘lgan e’tibori yildan-yilga oshib borayotganini anglash qiyin emas. Shu bilan birga, matbaachilik sohasi ham izchil rivojlanib borayotir. Bundan 20 yillar muqaddam respublikamizda 149 matbaa korxonasi ish yuritgan bo‘lsa, bugun ularning umumiy soni bir yarim mingdan oshadi. Nashriyotlarimiz tomonidan har yili ikki mingdan ortiq nomdagi adabiyotlar nashr etilayapti. Bir qator nashriyotlarimiz Xitoy, Germaniya, Rossiya, Eron, Turkmaniston kabi mamlakatlarda o‘tgan xalqaro kitob yarmarkalarida sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘ldi. Kitob bayramida respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan 100 dan ziyod nashriyotlar, matbaa korxonalari, kitob savdosi tashkilotlari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishi, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi anjuman mehmonlari — o‘quvchilar, talaba-yoshlar, ularning ota-onalari, umuman, keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirda “Namunaviy kitob do‘koni” respublika ko‘rik-tanlovining g‘oliblari taqdirlandi. Shuningdek, nashriyotlarning yangi kitoblari, xalqaro kitob ko‘rgazmalarida e’tirof etilgan kitoblar taqdimoti, “Eng yaxshi kitobxon”, “Kitobxon oila” kabi mavzularda sovrinli intellektual o‘yin va viktorinalar o‘tkazilganligi ham ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Bog‘ sahnasida madaniy dastur doirasida taniqli san’atkorlar, yosh ijrochilarning chiqishlari namoyish etilib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari va yosh ijodkorlarning mushoiralari o‘tkazildi. Navqiron avlodni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda kitobning o'rni va ahamiyatini yanada kengaytirish maqsadida "Adabiyotga e'tibor — ma'naviyatga, kelajakka e'tibor" shiori ostida o'tgan respublika "Kitob bayrami" yurtimizning boshqa hududlarida bo'lgani kabi vohamiz yoshlarini ham qamrab oldi. Viloyat hokimligi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi, Yozuvchilar uyushmasi hududiy bo'limlari hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan Buxoro davlat universitetida o'tkazilgan ushbu tadbirda taniqli ijodkorlar, olimlar, madaniyat namoyandalari, shuningdek, maktab, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Bayramning ochilish marosimida Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari, shoir Shodmon Sulaymon so'zga chiqib, uch yildan buyon butun mamlakatimiz bo'ylab keng sur'atda o'tkazib kelinayotgan bunday ayyomning kelajagimiz egalari orasida ma'naviyat targ'ibotini yuksak darajada olib borish, ularni ona Vatanga, xalqimizga, milliy o'zligimizga sadoqat ruhida kamol toptirish, o'g'il-qizlarni ilm-fanga, badiiy adabiyotga oshno qilishdagi beqiyos ahamiyati xususida o'z mulohazalarini o'rtoq¬lashdi. Shundan so'ng kitob ko'rgazmasi hamda savdosi doirasida yoshlar respublikamizning nufuzli ¬nashriyotlarida yangi chop etilgan badiiy, ilmiy, ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa yo'nalishdagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishishdi. — Qo'limdagi mana bu ikki kitob ulug' adibimiz Abdulla Qodiriy qalamiga mansub "O'tkan kunlar" hamda "Mehrobdan chayon" romanlarining eng yangi nashrlari, — deydi Buxoro tibbiyot kolleji o'quvchisi Zahro Qurbonova. — Eng sara ma'naviy xazinalarimiz sirasiga kiruvchi ushbu asarlar ilgari ham ko'p bora chop qilingan esa-da, ularni turlicha ko'rinishdagi kitoblar holida kitobxonlarga qayta-qayta taqdim etishga bo'lgan ehtiyoj sira pasaygan emas. Umuman olganda, bunday tadbirlarning tez-tez o'tkazilayotgani davlatimiz tomonidan biz, yoshlarga berilayotgan e'tibor, ko'rsatilayotgan g'amxo'rlikning bir namunasi deb o'ylayman. Bayram mobaynida Buxoro adabiy harakatchiligining ko'zga ko'ringan vakillari bilan uchrashuv ham bo'lib o'tdi. Unda viloyatimizda yashab, faol ijod qilayotgan yozuvchi, shoir, dramaturglar so'z olib, insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri sanalgan kitobning bashariyat tamaddunida tutgan o'rni hamda uning jahon bo'ylab o'ta murakkab jarayonlar kechayotgan ho¬zirgi kunimizda kasb etayotgan ahamiyati borasida to'xtalib o'tishdi. — Butun dunyoda hech qanday qurol-yaroqsiz, faqatgina buzg'unchi g'oyalar yordamida inson ma'naviyati, o'zligini g'orat qilishga, "olomon madaniyati" vositasida kishilarni ma'¬naviy halokatga etak¬lashga urinishlar g'oyatda ¬xavfli tus olgan bir paytda yurtimizda mana bunday ¬madaniy-ma'rifiy ayyomlarning keng miqyosda tashkil etilayotgani ¬be¬jiz emas, — deydi taniqli yozuvchi Abdunabi Hamro. — Chunki Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan kurashish mumkin. "Kitob bayrami" doirasida, ¬shuningdek, "Tengdosh — tengdoshga", "Mening birinchi kitobim" singari loyihalar ham o'tkazildi. Ularda yosh qalamkashlar o'z ijod namunalarini yig'ilganlar e'tiboriga havola etishdi. Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daхldor boʻlgan dolzarb masalalar, ayniqsa uyushmagan yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganligidan dalolat bermoqda.
Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fiklaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, хalq manfaati yoʻlida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularni intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi. 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bogʻliq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganligini alohida qayd etish joiz. Download 24.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling