Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


Download 0.54 Mb.
bet11/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.Imom al-Buxoriy hayotining so'nggi yillari haqida so'zlab bering. Nega u Samarqand yaqinida dafn qilingan?
2.«Al-jome' as-sahih» kitobi haqida maTumot bering.
3.«Salom berish islom amallaridandir» hadisini o'qib chiqing va payg'ambarimizning eng yaxshi xislatlar haqidagi fikrlarini tushun­tirib bering.


III. YANGI MAVZU BAYONI.
HADISLAR
SALOM BERISH ISLOM AMALLARIDAJVDIR
Sahoba Ammor aytganlar: «Uchta xislatni o'zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo'lg'aydir:

  • insofli va adolatli bo'lmoq;

  • barchaga salom bermoq;

  • kambag'alligida ham sadaqa berib turmoq».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir kishi so'radi: «Islomda eng yaxshi xislatlar qaysidir?» Dedilar: «Ochlarga taom ber- moqlik, tanigan va tanimaganga salom bermoqlik».
G'AZABNI BOSMOQ HAQIDA
Alloh taoloning shu xususdagi qavli: (Alloh) gunohi azimlardan va fahsh ishlardan o'zini olib qochuvchilarni... va g'azablangan taq- dirda ham kechira oluvchilarni... tanglikda ham, mo'lchilikda ham xayr-ehson qiluvchilarni, g'azabini yutuvchilarni, odamlarning gu- nohlarmi o'tuvchilarni... (yaxshi ko'rgaydir). Darhaqiqat, «Alloh yax­shilik qiluvchilarni sevadi».
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasal- lam: «Birovni (kurashib) yiqitgan polvon ermas, balkim g'azablangan vaqtida jahlini yutgan odam polvondir!» - dedilar»... «Bir odam Rasu­lulloh sollallohu alayhi vasallamga: «Menga nasihat qilmgiz!» - deb erdi. Janob Rasululloh: G'azablanmag'il» - deb bir necha bor aytdi- lar».
YETIM BOQQAJV ODAMNING FAZILATI
Sahl ibn Sa'd rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasal- lam: «Men va yetimning kafilini olgan odam ikkimiz jannatda yonma- yon yashaymiz», - deb ko'rsatkich va o'rta barmoqlarini juft qilib ko'rsatdilar».
ILMNING FAZILATI TO'G'RISIDA
Alloh taolo oyati karimasida: «Alloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab, martabasini ulug' qilg'aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir», - deyilgan. Yana boshqa oyati karimada esa: «Yo Rabbiy, ilmimni ziyoda qilg'aysen, deb ayt!» - deyilgan.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling