Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma
Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi
Download 0.54 Mb.
|
5 adabiyot dars konspektlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- FK-fanga oid kompetensiyalar
- Mashg’ulot jarayoni
- DARSNING BORISHI
Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi:
mavjud axborot manbalari (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), kompyuter, elektron pochta va boshq.)dan o‘quv maqsadlari doirasida foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o‘z faoliyatida qo‘llash; FK-fanga oid kompetensiyalar FK1- Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish) FK2- Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi Mashg’ulot turi: Amaliy, og`zaki Mashg’ulot jihozi: 2. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari 3. Doska, bo’r, daftar, ruchka Mashg’ulot jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut 2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut 3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut 4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut 5.O’quvchilarni baholash 3 minut 6. Uyga vazifa 2 minut DARSNING BORISHI: I.Tashkiliy qism: A)Salomlashish. B) Davomatni aniqlash. V) o`quvchilarni darsga tayyorlash II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH III. YANGI MAVZU BAYONI. MIRKARIM OSIM 1907-1984 T aniqli yozuvchi Mirkarim Osim 1907- yilda Toshkentda ziyoli oilasida tug'ilgan. Dastlab eski maktabda, 1917-1920- yillar oralig'ida esa «Shams ul-urfon» nomli boshlang'ich maktabda o'qigan. 1921- 1924- yillarda shahardagi ta'lim va tarbiya texnikumida tahsil olgan. Do'stlari Oybek va Homil Yoqubov bilan shu texnikumda adabiyot va san'at sirlarini o'rgangan. 1926- yili Moskvadagi pedagogika institu- tining tarix fakultetiga o'qishga kirib, uni 1930- yilda muvaffaqiyatli bitirgan. Yurtimizga qaytib kelgach, Samarqanddagi o'qituvchilar tayyorlash kursida dars bergan. 1932-1949- yillarda esa, awal Toshkent Pedagogika ilmiy-tekshirish institutida, keyin Maorif xalq komissar- ligi (vazirligi) qoshidagi ilmiy muassasada ilmiy xodim bo'lib ishlagan. Shu paytlarda she'rlar, tarix fanidan qo'llanma va darsliklar yaratgan. Mirkarim Osim o'tgan asrning 50- yillarida sobiq sho'ro davlatining qatag'on siyosatidan cheksiz azob-uqubatlar tortdi. Uning xalqimiz shonli tarixidan hikoya qiluvchi, vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida yozilgan asarlari qoralanib, yozuvchining o'zi 1950- yil 15- yanvarda qamoqqa olindi. O'n oy davom etgan tergov azoblaridan so'ng, adib «sovetlarga qarshi targ'ibot qilgan»likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. 1955- yilga kelibgina qatag'on siyosatidan omon qutulgan adib, 1959- yildan to 1972- yilgacha Toshkentdagi G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida muharrir vazifasida xizmat qilgan. Mirkarim Osimning «Yangi ariq» nomli dastlabki qissasi 1925- yilda yaratilgan bo'lsa-da, sho'ro hukumati uning o'z vaqtida e'lon qili- nishiga yo'l qo'ymagan. Vatanimiz o'tmishiga, xalqimizdan yetishib chiqqan ulug' insonlar taqdiriga nihoyatda qiziqqan yozuvchi ijodi davomida ana shu mavzularda o'nlab asarlar yaratishga muvaffaq bo'ldi. Adibning tarixga oid dastlabki yirik asari - «Astrobod» qissasi bo'lib, u buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hayotiga bag'ishlangan edi. Umuman, 1937-1940- yillar ichida adib Navoiyning hayot va ijod yo'llarini keng aks ettiruvchi «Alisher Navoiy va Darvishali», «Badarg'a», «Navoiyning xislatlari», «Ulug'bek va Navoiy» singari qissa va hikoyalar yozdi. Mirkarim Osimning tarixiy mavzudagi «To'maris», «Shiroq», «Iskandar va Spitamen», «Aljabrning tug'ilishi», «Ibn Sino qissasi», «Jayhun ustida bulutlar», «0'tror», «Temur Malik», «Mahmud Tarobiy», «Karvon yo'llarida», «Singan setor», «Mohlaroyim va Xonposhsha» singari asarlari o'zbek xalqining o'z o'tmishini yaqindan bilishi va undan faxrlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvchi tarjimonlik faoliyati bilan ham elimiz ma'naviyati yuksalishi yo'lida katta xizmatlar qilgan. U rus yozuvchisi M. Sholo- xovning «Tinch oqar Don», S. Borodinning «Yeldirim Boyazid» nomli romanlarini, L. Batning «Hayot bo'stoni» qissasini va boshqa ko'plab asarlarni ona tilimizga mahorat bilan o'girgan. Mirkarim Osim 1984- yilda vafot etdi. Uning adabiyotimiz rav- naqi yo'lida qilgan ulkan mehnatlari mustaqillik tufayligina o'zining chinakam qadr-qimmatini topdi. Adib 2002- yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi. Yozuvchining tarixiy asarlari ichida Alisher Navoiy hayotiga bag'ishlangan kitoblari, ayniqsa, «Zulmat ichra nur» qissasi alohida o'rin tutadi. Bu asar o'tgan asrning 60- yillarida, Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan edi. Quyida shu asarning dastlabki ikki bobidan parchani mutolaa qilamiz. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling