Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma
Download 0.54 Mb.
|
5 adabiyot dars konspektlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- DARSNING BORISHI
- III. YANGI MAVZU BAYONI. ULOQDA (Hikoya)
Mashg’ulot turi: Amaliy, og`zaki
Mashg’ulot jihozi: 2. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari 3. Doska, bo’r, daftar, ruchka Mashg’ulot jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut 2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut 3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut 4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut 5.O’quvchilarni baholash 3 minut 6. Uyga vazifa 2 minut DARSNING BORISHI: I.Tashkiliy qism: A)Salomlashish. B) Davomatni aniqlash. V) o`quvchilarni darsga tayyorlash II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH 1.Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi haqida o'z bilganlaringizni gapirib bering. 2.XX asrgacha bo'lgan o'zbek adabiyoti bilan yangi davr o'zbek adabiy otining farqini aytib bering. 3.Ma'rifatparvarlik harakati haqida nimalarni bilasiz? 4.Yangi o'zbek adabiyotining asoschilari kimlar? III. YANGI MAVZU BAYONI. ULOQDA (Hikoya) Kecha dadamdan so'rag'anim uchun bu kun akam ham: «Kerak emas, borma!» degan so'zini qilmadi. Choyni naridan beri ichib, otxonag'a yugurdim. Orqamdan: «Oyog'ing olti, qo'ling yetti bo Tub qoldi-a!» deb dadam bilan oyim kulishub qolishdilar. Qashlog'ichni oldim-da, qora qashqamni qashlay boshladim. Jonivor tipir-tipir qiladi, bosh chayqaydir, yer tepinadir, dum silkitadir. Shuning ila manim ko'nglimg'a: «Xudo xohlasa, kelar yilga biror uloqlar chopayki, hamma mani «Turg'un chavandoz» deb yurutsunlar, degan tilaklar tushadir. Endi toycham juda ham gijinglar, xuddi to'ralarnikidak bo'lib ketkan edi. U yoq-bu yog'ini tozalab, ustunga qantarib qo'ydim. Endi qoldi: oq jujuncha kamzulni, o'ruscha shimni, amirkon etukni, duxoba to'ppini kiyish... Ana shundan keyin otqa minsak, chin to'racha bo'lamiz. Xizmatchidan otni olub mindim. To'nimning etaklarini yig'ishtirub, bir-iki berib edim, qashqacham shatoloq otub ketdi. Xizmatchining: «Xab barakalla, chavandoz!» degan so'zini eshitib, qattiqroq qamchilab edim, qashqacham tushkur ko'tarib ketayozdi. Chuqur ariqdan toyimni sug'orib chiqayotib edim, bir to'da uloqchi chavandozlar kelib qo'shildilar. Ularning ba'zisi akamning oshnalari bo'lg'ani uchun man bilan so'rashdilar. Ulardan biri akamni so'rab edi, men: - Ertalab uloqg'a ketdi, - dedim. U1 kulub oshnalarig'a: Bizning Mahkamboy uloqg'a juda ham ishqiboz-da! - dedi. Yana biravi mandan: YoT bo'lsun, boyvaeheha? - deb so'rag'an edi, men uyolinqirab: Uloqg'a! - dedim. Besh-oltisi birdan: «Barakalla, chavandoz, barakalla, Turg'un ehavandoz!» dedilar. Ularning «ehavandoz» degan so'zlari menim juda hushimga kelib, ichimdan «Otangg'a rahmat», deb qo'ydim. Biz, bir durkum otliq, boramiz. Ular o'tkan-ketkandan so'zlashib boradilar. So'z urunib, yana Mahkam akam to'g'risig'a taqaldi. Shu choqg'acha ko'b uloqchi ko'rdum, lekin Mahkamdan uloqg'a serzavqini ko'rmadim. Sobir tegirmonehining o'g'li To'g'onboy: Mahkam boyvachchaning ota-bobosi uloqchi bo Tub kelgan-da! (Meni ko'rsatib.) Axir, o'n ikki yashar ukasini ko'rmaysizmi, halitdan uloq chopmoqchi! - dedi. Bu so'zga manim butun tanam jimirlashib ketdi va kulayozdim. Yana bir mo'ylabi shopdak yigit: Dadam Mahkamning bobosining uloq chopishini gapura bersa, kishi hayron qoladir: yuz-ikki yuz chavandoz ichidan yoppa-yolg'uz uloqni ajratub chiqar ekan! Yana birisi: U1 vaqtning odamini uloqning piri desangiz-chi! - dedi. Man bo'lsam, bobom maqtovini eshitib, g'ururlanub boraman. Orqadan ot shatolog'ini eshitib, ortg'a qayrilub edik, oldig'a bir ola echkini o'ngargan, ko'kragi ochiq, yaxtakchan, saman otliq bir yigitni ko'rduk. U1 bizga yetib, to'xtadi. To'g'on aka kulumsirab: Bu hafta ko'maklashasiz-da, karvon, - degan edi, u: Sizdek og'aynilarga ko'maklashmasdan bo'ladimi! Qani, to'xta- manglar, - dedi. Yurub ketdik. Biroz yo'l borg'ach, haligi yigit tuzimsizlana boshlab otig'a qamchi berdi. «Man tezroq boray», deb otini choptira ketdi. Endi so'z haligi oldig'a uloq o'ngarganning oti to'g'risida boshlandi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling