Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma
FK-fanga oid kompetensiyalar
Download 0.54 Mb.
|
5 adabiyot dars konspektlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot jarayoni
- DARSNING BORISHI
- III. YANGI MAVZU BAYONI. ZULMAT ICHRA NUR (Tarixiy qissa) YOSHLIK AYYOMINING ILK BAHORI
FK-fanga oid kompetensiyalar
FK1- Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish) FK2- Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi Mashg’ulot turi: Amaliy, og`zaki Mashg’ulot jihozi: 2. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari 3. Doska, bo’r, daftar, ruchka Mashg’ulot jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut 2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut 3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut 4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut 5.O’quvchilarni baholash 3 minut 6. Uyga vazifa 2 minut DARSNING BORISHI: I.Tashkiliy qism: A)Salomlashish. B) Davomatni aniqlash. V) o`quvchilarni darsga tayyorlash II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH 1..Kitobingizda berilgan parchadan Alisherning tashqi ko'rinishi, o'zini tutishi aks etgan o'rinlarni topib o'qing va har birini izohlashga urining. 2..Asarning qaysi o'rinlarida Alisherning onasi bolasini juda avay- lashi, jonidan ortiq yaxshi ko'rishi tasvirlangan? 3.Alisherning «osmonda parvoz qiluvchi katta, tumshug'i qon, xunuk o'limtik burgutlarni tasawur qilib, seskanib» ketishiga sabab bo'lgan voqealarni topib o'qing va o'qituvchingiz yordamida izohlashga harakat qiling. III. YANGI MAVZU BAYONI. ZULMAT ICHRA NUR (Tarixiy qissa) YOSHLIK AYYOMINING ILK BAHORI Husayn Temurning avarasi Mansur binni Boyqaroning o'g'li edi. Husaynning bobosi Mirza Boyqaro zamon podshosi Shohruxga qarshi isyon qilgani sababli qatl ettirilgan, uning o'g'li Mansur ham keyinchalik nazardan qolib, davlat ishlariga aralashmay qo'ygan edi. Lekin Husayn g'ayratli va zehnli ekanini ko'rib, otasi qo'lidan ketgan davlat qushini qaytarib olishni umid qila boshladi. Mansurning o'g'li haqiqatan ham yurakli, kattalardan ko'p tortinmaydigan, sog'lom, shijoatli bola edi. O'g'lingiz axir bir kun yurtg'a bosh bo'ladur, ko'zlaridin ma'lum, - der edilar Mansurning yaqinlari, xipcha bel, yag'rini keng, qirg'iz qovoq Husaynga qarab. Iloyo, aytganingiz kelsin, yaxshi niyat - yorti mol, - derdi otasi. Alisher arab harflari yozilgan taxtani qo'ltiqlab, o'zidan ikki yosh katta Husayn bilan birga maktabga borib-kelib yurdi. Tez orada harflarni yod olvoldi. Maktabdan ozod bo'lgandan keyin, ba'zan Husaynning uyiga borib o'ynab kelardi. Hirotliklar Boyqarolarning Xiyobon mahallasidagi ikki qavatli uyini, negadir, «Davlatxona» deb atar edilar, holbuki, uy egasi Hirotda xususiy kishilar qatorida yashar edi. Alisher ba'zan Husaynga ergashib, shahar tashqarisidagi Gozur- gohga chiqardi. Tog' etagida bir talay bolalar tizilib, baravariga o'q otar edilar. Alisher bu manzarani ko'rib, kitobda ko'rgan suratlarni eslardi. Qayerda bo'lmasin uning es-hushi kitoblarda edi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling