Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


Download 0.54 Mb.
bet165/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.Qasidada xalq va Vatan tarixi bir-birini qay darajada toTdirib boradi, bu haqda nimalar deya olasiz?
2.XX asrning 60- yillarida o'zbek adabiyotida yaratilgan ham- da mazkur qasidani esga soladigan yana qanday asarni bilasiz?
3.Ularning o'xshash va farqli tomonlari haqida nimalar deya olasiz?
4.Qasidaning o'zingizga yoqqan bandlarini yod oling va «0'zbe- kiston, Vatanim manim!» mavzusida uy inshosi tayyorlang.


III. YANGI MAVZU BAYONI.


Nodar Dumbadze
1928-1984

Gruzin xalqining ardoqli adibi Nodar Dumbadze asarlarida ifoda etilgan ezgulik, insonparvarlik, adolatsevarlik, xalqqa muhabbat tuy- g'ulari uni boshqa xalqlar o'quvchilari uchun ham suyukli yozuv- chiga aylantirgan. Jumladan, Nodar Dumbadzening o'nlab hikoyalari, «Kukaracha» qissasi, «Oq bayroqlar», «Abadiyat qonuni» singari romanlari mohir taijimon Nizom Komil tomonidan ona tilimizga o'girilgan. «Abadiyat qonuni» asari asosida o'zbek san'atkorlari tomo­nidan yaratilgan ko'p qismli videofilm namoyish etilgach esa, adib ijodiga qiziqish bizning yurtimizda yanada kuchaygan.


Nodar Vladimirovich Dumbadze 1928- yilning 14- iyulida Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tug'ilgan. Yozuvchining ilk hikoyalar to'plami «Qishloq bolalari» nomi bilan 1958- yilda chop etilgan. Uning dastlabki yirik asarlari «Men, buvim, Iliko va Illarion» qissasi 1960- yilda, «Quyoshni ko'ryapman» nomli romani esa 1962- yilda yaratilgan. Yozuvchining bu asarlarida Ikkinchi jahon urushi yillari- dagi gruzin qishloqlaridagi og'ir va mashaqqatli hayot manzaralari, bir-biriga o'xshamaydigan taqdir egalari obrazi yorqin aks ettirilgan.
Adib zamonaviy mavzulardagi asarlarida insonlarning bir-biriga munosabatidagi odamiylik, oqibat singari fazilatlarni ulug'laydi. Uning 1967- yilda yozilgan «Quyosh kechasi», 1972- yilda chop etil­gan «Oq bayroqlar» romanlari bunga misoldir.
Nodar Dumbadzening 1978- yilda yaratilgan «Abadiyat qonuni» asari nafaqat Gruziyaning o'zida, balki ko'plab boshqa yurtlarda ham izlab topib o'qiladigan asarlar qatoridan joy oldi. Bu romanda insonning hayotdagi o'rni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik xususiyatlari to'g'risida keng mushohada yuritilgan. Adibning aksariyat asarlaridagi voqea-hodisalar, insonlar taqdiri o'zining o'tkir dramatizmi bilan birga samimiy yumori bilan ham o'quvchi yodida uzoq saqlanib qoladi.
Nodar Dumbadze asarlaridagi g'oya va ma'nolar bizning ko'ng- limizdan joy olishining yana qator sabablari bor, albatta. Awalo, gruzinlar ham xuddi o'zbek xalqidek o'z ona diyorlarini behad sevadilar. Qadim an'analarga sodiqlik, har qanday qiyin ahvolda ham Vatanni tashlab ketmaslik, yoshi ulug'larni e'zozlash singari insoniy ko'nikmalar har ikki xalqqa birdek xosdir.
Endi yozuvchining mashhur hukoyalaridan birini biroz qisqartiril- gan holda o'qib chiqaylik.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling