Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


YURGANMISIZ BIRGA OY BILAJV


Download 0.54 Mb.
bet87/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

YURGANMISIZ BIRGA OY BILAJV
Yurganmisiz birga oy bilan Oqshom payti ko'm-ko'k o'rmonda? Maysalarga shabnam qo'nganda Shunday yaxshi, tinch bo'lar ekan!
Sh.itir-sh.itir o'ynar shabada, Barglar musiqasi bir shirin... Havo go'yo tiniq, sof boda, Ko'ngil sezar hayotning sirin.
Men mast bo'lib qoldim bir kecha, Sil o'pkamni ancha yayratdim. Uxlamasdan to tong otguncha, Dilginamni rosa sayratdim.
She'rning birinchi misrasidanoq ko'kda go'yo jim turgandek tuyuladigan oy harakatga tushadi. U shoirga hamroh tutinib, ko'm- ko'k o'rmon oralab birga kezadi. Bu holat shoirga hozirga qadar iz- lab yurgan tanqis muhitni - sokinlik, tinchlikni hadya etadi.
Xo'sh, nega shoir ko'ngli tinchlikni bu qadar qo'msaydi, undan najot izlaydi?
Gap shundaki, ushbu she'r 1935- yilda, Usmon Nosir davolanish uchun shimolga - Boltiq va Oq dengiz bo'ylariga safar qilgan davrda yozilgan. Bu paytda sobiq sho'ro davlatida mafkuraviy talvasalar juda kuchaygan edi. Xalq orasidan yetishib chiqqan ko'plab ziyolilarni ta'qib etish avj ola boshlagandi. Gazeta va jurnallar, tez-tez chaqirib turiladigan majlislarda, ayniqsa, shoir-yozuvchilar haqida ko'pdan ko'p tuhmat gaplar aytilardi. Usmon Nosir o'ziga ustoz deb bilgan Cho'lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy singari ijodkorlarga tinimsiz hujumlar uyushtirilardi. Yurtidan uzoqda bo'lsa-da, shoirning navqiron ko'ngli bularning baridan ozor chekmasligi mumkin emas edi. Shu tufayli ham shoir o'zining ayni kunlardagi kayfiyatini ifodalab:
Men mast bo'lib qoldim bir kecha, Sil o'pkamni ancha yayratdim. Uxlamasdan to tong otguncha, Dilginamni rosa sayratdim, -
deydi. Bu yerda shoir «sil o'pkam» deya faqat o'zining jismoniy xas- taligi to'g'risida gapirmaydi. Balki, yuqorida aytib o'tganimiz - bi- qiq, tuhmat-u razolatga to'la muhitda siqilgan ko'nglini - ruhini nazarda tutadi. Bunday muhitda esa dilning sayrashi - emin-erkin ijod qilish to'g'risida gapirmasa ham bo'ladi. Zamondosh shoirimiz Xurshid Davron bir she'rida «Eng dahshatli sukunat - shoir jim yursa!» deydi. Shundan kelib chiqilsa, Usmon Nosirning o'ziga oy hamrohlik qilgan, yalangoyoqlarini shabnamlar chaygan kimsasiz kechada dilginasini rosa sayratganini - to tong otguncha uxlamay erkin qo'shiqlar kuylaganini tushunsa bo'ladi!
Ko'ryapsizki, Usmon Nosir o'zidagi kuchli hayotiy dardlarni ham tabiat lirikasi qatlariga singdirib, qalb sirlarini shu orqali o'quv- chisiga yetkaza olgan.
Shoirning xuddi shu yili yozilgan boshqa bir she'rida asl hayot va yosh ko'ngilning undan olgan taassurotlari o'zaro muqoyasa qilinadi. Bu she'rda go'yo hali bolalik zavqidan voz kechishni istamagan shoir ko'ngli bilan shafqatsiz hayotning achchiq-chuchugini totib, sergak torta boshlagan shoir aqli o'zaro muloqotga kirishadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling