II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.«Kunlarimni yoshligimdan ayamadim» degan misrani tushunish va tushuntirishga harakat qiling.
2.Nega yoshlik tarozusining «bir pallasi bahor toshi bilan og'ir» bo'ladi?
3.Usmon Nosirning «Gulzor - chaman...» deb boshlanuvchi she'rida lirik qahramon kimga murojaat qilyapti? U shoirdan nimalarni kutadi?
III. YANGI MAVZU BAYONI.
BOLALIGIMGA
Kapalakning gul emganin ko'rdim,
Eslab ketdim seni, malagim...
Sen berdmgmi, shuncha shirin she'mi,
Ey, barglari ko'm-ko'k palagim?
Badiiy obrazlarga to'la bu mo'jaz she'rda bolalik yashnoq «gul»ga> «barglari ko'm-ko'k palak»ka, go'zal «malak»ka o'xshatilsa, shoir o'zini gul hidini emuvchi, dilbar malak boshi uzra parvona bo'luvchi kapalakka mengzaydi. (Bir narsaga albatta e'tibor bering: shoir o'zini gul nektari - shirasini yig'uvchi asalariga emas, balki aynan gul hidiga oshiq, shundan mast bo'lguvchi kapalakka o'xshatadi!)
Shoir tarjimayi holi to'g'risida gapirganimizda, uning bolalik davri ancha qiyinchilikda o'tganini aytgandik. Shunisi qiziqki, har qancha og'ir, musibatli bo'lmasin, inson o'zining beg'ubor bolaligini bosh- qacha entikish bilan xotirlaydi. Chunki bolalikning ozorlari, tashvish- lari ham vaqt o'tgan sayin kishiga qadrli bo'lib, tansiq bo'lib boradi.
Usmon Nosir talqinidagi lirik qahramon tabiat bilan to'g'ridan to'g'ri muloqotga kirishadi, uni erkalaydi, unga erkalanadi, undan arazlaydi, undan kechirim so'raydi.
Mana qarang, siz har kecha ko'radigan oy va uning nurlari, bahor chog'i gullagan bodomning oydin kechadagi suratini shoir oddiy so'zlar bilan qanday chizadi:
Endi shu tasvirning o'zidan usta musawir qanday surat yaratishi mumkin ekanini o'ylab ko'ring. Shoir esa siz bilan bizga oddiy tuyuladigan so'zlar rangini, ularning ohangini ilg'aydi, bo'yoq bilan emas, so'z bilan go'zal kartina chizadi.
Modomiki, suhbatimiz shoir tasvirida qayta jonlangan oy to'g'risida borar ekan, keling, uning shu mavzudagi bir she'rini o'qiylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |