Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab


Download 414.79 Kb.
bet21/51
Sana26.12.2021
Hajmi414.79 Kb.
#182976
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
Bog'liq
Adabiyot so'z san'ati uvchi! - ildan boshlab (1)

ERTAK HAQIDA TUSHUNCHA

Qadrli bolalar, shu kungacha maqollar, ibratli hikoyatlar, hadislar, sharqona hikmatlar bilan oshno bo'ldingiz. Maqol-u hadislar, hikmatlarning kishi hayotidagi tutgan o'rni benihoya muhimligini angladingiz. Xalq og'zaki ijodida yana shunday ajoyib jam mavjudki, u ertak deb ataladi.

Ertak aytuvchilarni qadimda «ertakchi», «mata1chi» deb atashgan. Ertaklaming xarakterli xususiyati shundaki, ularda fantaziyaga keng o'rin beriladi, mubolag' a, giperbola kabi tasviriy vositalardan foydalaniladi. E'tibor bersangiz, ertaklarda ijobiy qahramon albatta yovuzlik, adolatsizlik, zulm ustidan g'alaba qozonadi, yaxshilik tantana qiladi. Chunki ertak qahramonlari xalq orzu-umidlarini, manfaatini ifoda­laydilar. ,.­

Ert,aklar azaldan xalqni, ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik, va­tanga muhabbat, rostgo'ylik va halollik, mehnatsevarlik, xushmuoma­lalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan.

Ertaklar turli mavzularda bo'lishi mumkin. Ular shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga bo'linadi.

Hayvonlar haqidagi ertaklar barcha qiziqadigan fantastik hikoya­lardir. Ulardagi asosiy mazmun majoziy, ya'ni ko'chma ma'noga ega. Masalan, ayyorlik va munofiqlik tulki, qonxo'rlik, laqmalik bo'ri orqali

...
ifoda etiladi. «}io'ri bilan tulki», «Eehkining o'eh olishi», «Oehko'z bo'ri», «Ayiqpolvon» kabi ertaklar ana shunday asarlardir.

Sehrli ertaklar ham Siz sevib va qiziqib o'qiydigan fantastik hikoyalardir. Ularda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan, asar qahramonlari har narsa qo'lidan keladigan mo'jizakor kimsalar «

johillik, ikkiyuzlamaehilikni la' natlash, aql- farosatlilik, tadbirkorlik, jasurlik, rahmdillik, ahillik kabi chin insoniy xislatlarni targ'ib qilishdir.

Xalqimiz yaratgan xayoliy hikoyalar orasida shunday turkum ertaklar borki, ularni biz hayotiy-maishiy ertaklar deb ataymiz. Bunday ertaklardagi voqealaming aksariyati hayotga yaqin, hayotdan olingan. «Zumrad va Qimmat», «Oygul bilan Baxtiyor», «Ziyod botir», «Tohir va Zuhra», «Ozodaehehra», «Farhod va Shirin», «Malikayi Husnobod», «Ueh og'a-ini botirlar» ana shunday ertaklar sirasidandir. Biz yuqorida

tilga olgan hayotiy-maishiy ertaklar kishida jiddiy fikr-mulohazalar'

uyg'otadigan, muayyan tarbiyaviy yo'nalishga ega bo'lganasarlardir. Siz ular bilan tanishgaeh, botirlik, yurtga fidoyilik, odamgarehilik, vafodorlik, himmat va saxovat haqida aniq tasavvurga ega bo'lasiz, o'zingizda ham ertaklar qahramonlaridagi yaxshi fazilatlami bo'lishini xohlab qolasiz, shunga intilasiz.

Ertaklarni ham tinglaymiz, ham o'qiymiz dedik. Tinglaydigan er­taklarimiz professional ertak aytuvehilar, ya'niertakehilar tomonidan qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Ertakehilar shunehaki hikoya qilmaydilar. Har bir ertakehi u yoki bu ertakni qayta yaratadi desak, xato bo'lmaydi. Chunki ularning har biri o'zining hikoya qilish uslubi, didi, dunyoqara­shiga ko'ra ajralib turadi. Bundan tashqari, ertakehi tinglovehilarning saviyasi va talabiga ko'ra ertakni o'zgartirishi mumkin. O'zbek xalq og'zaki ijodi tarixida ertaklaming badiiy asar darajasiga ko'tarilishi va bugungi kungaeha saqlanib qolishida Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi o'g'li, Haydar Bayehi o'g'li, Nurali Nurmat o'g'li, Husanboy Rasul o'g'li kabi ertakehi, matalchilarimiz katta xizmat qilganlar. Ular og'zidan yozib olingan 0' zbek xalq ertaklarining bebaho namunalari bizga hanuzgaeha ma'naviy zavq berib kelyapti. O'zbek adabiyotida xalq ertaklari asosida yaratilgan she'riy, nasriy asarlar teatr va kinoda ham o'z aksini

topgan. Qiziqarli ertaklar sujeti asosida sahna asarlari, kinofilmlar 1".­multfllmlarni sevib tomosha qilmoqdasiz.

Bolalar, ertaklaming yaratilishiga ko'ra yana bir turi - yozma ertaklar ham mavjudki, ujahon adabiyoti, xususan, o'zbek yozma adabiyotining katta qismini tashkil etadi. Keyingi ikki - uch yuz yillikda fransuz ertakchisi Sharl Perro (1628-1703), nemis ertaknavislari Emst Teodor Amadey Gofman (1776-1822), aka-uka Yakob Grimm (1785-1863) va Velgelm­Karl Grimm (l786-1859)lar, Vilgelm Gauf (1802-1877), daniyalik Hans Kristian Andersen (1805-1875), angliyalik Oskar Uayld (1854­1900), rus ertakchilari A. S. Pushkin (1799-1837) ijodining roppa-rosa o'n yilini faqat bolalar uchun hikmatli hikoyalar va ertaklar yaratishga bag'ishlagan L. N. Tolstoy (1828-1910), K. D. Ushinskiy (1824-1870) yozma ertakchilikni rivojlantirishga katta hissa qo'shdilar. O'zbek yozma ertakchiligi ham katta tarixga ega. Jadid bobolarimiz Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Siddiqiy-Ajziy o'zlari tuzgan maktab darsliklari uchun ko'plab ibratli ertaklar yaratdilar. O'tgan asr o'rtalarida Hamid Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg'», Sulton Jo'raning «Zangori gilam», Shukur Sa'duUaning «Ayyor chumchuq», «No'xat polvon», «Laqma it» she'riy ertaklari, «Yoriltosh», «Afsona yaratgan qiz» ertak-pyesalari, «Kachal polvon» ertak-qissasi mashhur bo'ldi. Adiblarimizning ertakchilik sohasidagi an'analarini keyinchalik X. To'xtaboyev, A. Obidjon, T. Adashboyev, 0'. Imon­berdiyev kabi ertaknavis mualliflarimiz davom ettirdilar.

«Ertaklar - yaxshilikka yetaklar» degan naql bar xalqimizda. Ular shunchaki ko'ngil ochish vositasi, ermak emas, balki ajoyib suhbatdosh, bizni faqat ezgulikka undovchi, zavq-shavq bag'ishlovchi ma'naviy manbadir.

XX asr o'zbek she'riyatining yorqin vakillaridan biri Hamid Olimjon bor-yo'g'i 34 yil umr ko'rgan bo'lsa-da, o'zidan juda boy adabiy meros qoldirib ulgurgan. Shoir tomonidan yaratilgan asarlar o'n jild (yirik kitob )ni tashkil qilishi ham uning naqadar sermahsul ijodkor bo'lganidan darak beradi. Hamid Olimjon qobiliyatli rah\Jar va olim ham bo'lgan edi. U o'ttiz yoshga yetar-yetmas O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqardi, o'ttiz uch yoshida akademik unvonini oldi.

Hamid Olimjon 1909-yiI12-dekabrda Jizzax shahrida tug'ildi. Jizzax ham yurtimizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalari singari ko'plab xalq baxshilarining vatani hisoblanadi. Bu yerdagi xalq sayillari, to'ylar, turli yig'inlar hozir ham baxshilar ishtirokisiz o'tmaydi. O'tgan asrning boshlarida, odamlaming uyida radio-televizor tugul oddiygina elektr chirog'i bo'lmagan zamonlarda kishilar sham va qora chiroq yorug'ida kun kechirardilar. Ayniqsa, uzoq qish kechalari xalq kitoblari, turli dostonlar o'qilar, bir uy bolalar ham bu ma'rifat nuridan bahramand bo'lib o'sardilar.

Hamid Olimjonning onasi Komila aya juda ko'p doston va ertak­larni yod bilardi, ularni eshitgan yosh Hamid tasavvurida qadimgi asarlar qahramonlari qayta jonlanardi. Dostonlarning shirali tili, bir­biridan qiziq voqealari uning butun xayolini egallab olardi. Hamid Olimjon bu zavqli tunlarni bir umr yodda saqlab qoldi va o'zi yozgan dostonlardan biri «Oygul bilan Baxtiyor»da bu sehrli tunlarni shunday esga oldi:

Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda Ko'p ertak eshitgandim, So 'ylab berardi buvim. Esimda o'sha damlar: O'zi uchar gilamlar,

, Tohir-Zuhra, Yoriltosh, Oyni uyaltirgan qosh... Buvimning har qissasi, Har bir qilgan hissasi Fikrimni tortar edi, Havasim ortar edi.

Hamid Olimjondagi tug'ma iste'dodning ko'z ochishida, uning keyinchalik mashhur shoir bo'lib yetishuvida mana shu ezgu havas, albatta, katta rol o'ynagan.

Hamid Olimjon Jizzaxdagi Narimonov nomli boshlang'ich mak­tabni tugallab, o'sha davrda (l932-yilga qadat) O'zbekistonning poytaxti bo'lgan Samarqand shahriga bordi. U yerda avval pedagogika bilim yurtida (1923-1926), keyin Pedagogika akademiyasida (1926­

1931) tahsil oldi. Ko'plab ijodkor yoshlar to'plangan bu o'quv dargohlarida Abdulhamid yozgan she'rlar do'stlari tomonidan qizg'in kutib olinardi. Ilk mashqlaridanoq tug'ma iste'dodi yarq etib ko'ringan talaba shoirning dastlabki she'rlari Samarqandda chop etiladigan «Zarafshon» gazetasida 1926-yildanoq chiqa boshlagan bo'lsa, «Ko'klam» nomli birinchi she'rlar to'plami 1929-yilda o'z o'quv­chilarini topdi. Shu tariqa o'zbek adabiyotida yana bir umidli ijodkor dunyoga keldi.

Hamid Olimjon ham zamonaviy, ham tarixiy mavzularda birdek samarali ijod qilardi. Uning «Muqanna» nomli tarixiy, <

Hamid Olimjon onasidan eshitgan dostonlari hamda xalq tarixini

o'rganish jarayonida orttirgan hayotiy tajribalarini umumlashtirib, 1937 - yilda «Oygul bilan Baxtiyof» nomli mashhur dostonini yara­tadi.


Download 414.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling