«adabiyot uchqunlari»
Download 329.61 Kb. Pdf ko'rish
|
@iBooks Bot Xudoyberdi To'xtaboyev Tungi qaroqchilar
Esiz, esiz o'rtog'im,
So'lib qoldingmi? Alloh, og'ir dard berdi, O'lib qoldingmi? Yaxshilik, yaxshi derding, Osonlikcha jon herding. Joying jannatda bo'lsin, Yaxshilarga gul herding. Go'ring to'la nur bo'lsin, Allohdan kelib tursin. Mo'nkarnakr kirganda, «Bismillo» hamrohing bo'lsin. Erta ketib qolding-a? Nega unday qilding-a? Tezda qaytib kelaman, Ko'p yig'lama deding-a? IK K IN C H I BOB Q U L O G ' I M T A G I G A S HAP A L OQ T U S H G A N I Ha, ha, xuddi shunday bo'ldi. Shapaloqni kim urdi deng? Meni eng a'lochi o'quvchi deb, hamisha bosh- qalarga ko'rsatadigan, hamisha eng oldingi partaga o'tqazib qo'yadigan. Bolalar bir narsa bilmay qolsa, Rahmonberdi sen aytgin, deb, ko'nglimni ko'taradi- gan Ermatov domla urdi meni. Urganda ham chaka- na emas, tarsillatib urdi. Hozir ham o'ng qulog'im shang'illab turibdi... Sigirimiz tug'ib, og'zimiz oqarib qoldi. Bu oyi- jonimning har kuni aytadigan gapi. Sigirimiz sersut- 8
gina ekan. Sutining yog'liligini aytmaysizmi! Ana shu sutning yarmini o'zimiz ichib, yarmini qo'shnilarga beramiz. Ikkita uy narida Sultonali, Ortiqali, Yigitali degan bolalar ota-onalari o'lib, yetimxonaga ketgan. Ana shu hovliga Ukrainadan evakuatsiya bo'lib kel- gan o'rislami joylashtirishgan. Ikki oila. Bittasi er-u xotin, bolasi yo'q. Kulibroq qarashadi-yu, hech kim bilan gaplashmaydi. Boshqasining esa ikkita bolasi bor. O'g'lining oti Vova ekan. Qizining oti Zinka. Sut olib, kirib-chiqib, ular bilan tanishib oldim. Ham- madan ham ularning kulimsirab turishi menga yo- qib qoldi. Kirib: - Sut, - deyman. - Moloko? - deydi ular. - Yaxshimisizlar? - deyman. - Xorosho, - deydiular. - Kirsammojno? - deyman. - Zaxodi, davay, - deydiular. MenbilantengVovkabilan judayam yaqinlashib borayapmiz. Uyidagi o'yinchoqlarini, hatto ajoyib kitobni ham ko'rsata boshladi. Men umrimda kitobni ko'rgan emasdim. Kitob qanaqa bo'lishini ham bil- masdim. Kitobning ichida to'la rasmlar, hayvonlar, shoxga qo'nib turgan qushlar bor. Bir-biridan chiroy- li o'sgan daraxtlar bor. Hammasini aytib, ado qilol- mayman. Kitob emas, Allohdan kelgan bir mo'jiza desam, ishonavering. Kitoblaringni olib, singillarim- ga ham ko'rsatib, ularni ham xursand qilsam, may- limi, deb so'radim. Yo'q deyishmadi. Kitobni aka- larim ham, singillarim ham shavq bilan, zavq bilan varaqlashyapti. Varaqlashgan sari mo'jizalar olami- 9
ga kirib borayotgandek zavqlanishyapti. Shu mo'jaz- gina kitobni maktabdagi o'rtoqlarimga bir ko'rsatib, maqtangim kelib qolsa bo'ladimi! Aytgan edim-ku, sinfîmizdagi doska ikkiga bo'lingan. Ermatov dom- la doskaga 4-sinf bolalariga topshiriq yozayotganda, men 3-sinf bolalariga maqtanishni boshlab yubor- dim. Yopirilib kelishdi. Oldin man ko'raman, oldin man ko'raman, yana bir varaq ko'ray, deb janjalla- shib turibdi. Ermatov domla orqasiga o'girilib: - Kitobni yig'ishtir, darsga xalaqit berayapsan, - deb buyurdi. Ermatov doskaga burilishi bilan bolalar yana yopirilib kelishdi. Ermatov qattiqroq ovoz bilan. - Yig'ishtir! - deya komandirlarga o'xshab buyruq berganday bo'ldi, Mening qulog'imga gap kirmadi. Kitobning ustiga oldingidan ko'ra yopirilib kelishdi. Erma tov domla orqasiga o'girilib, qo'lidagi hassasi bilan partani shunday qattiq urdiki, hassa ikkiga bo'linib ketdi. Keyin to'rt hatlab kelib, kitobni qo'limdan tortib oldi-yu, lovullab turgan pechkaga tashladi. Qulog'imning tagiga shunday jahl bilan shapaloq urdiki, gandiraklab borib nariga yiqildim. Jon holat- da o'mimdan turib, ko'chaga yugurdim. Ayvonga chiqib, asta derazadan mo'ralasam, hamma bolalar jim. Ermatov domla ham boshini partaga qo'yib, jim turibdi. Yana chiqib, ushlab olib urmasin, deb uyga qarab qochdim. Bir necha kun tashqariga chiqqani qo'rqdim. Nega qo'rqdim, o'zim ham bilmayman. Oyijonim kirib, o'ris xolaga bo'lgan voqeani aytgan 10
ekan, mayli, boiari bo'pti, sutdan ko'p-ko'p berib tursang bo'ldi, - degan gapni aytibdi. Lekin oyijonim maktabga borasan, albatta, borishing kerak. Kunora bittadan zog'ora beradi. Yarmini yeb, yarmini singil- laringga olib kelasan, deb qistaydi. Yo'q, maktabga borishga botinolmayman. O'rtoqlarim qistashsa ham yo'q, deb ko'nmayman. Bir kun ertalab Ermatov domlaning ukasi kelib, yur, akam seni ko'rmoqchi, intizor bo'lib kutayap- ti, deb qistadi. Domlamizning kasal bo'lib yotganini eshitgan edim. Lekin shunday bo'lsa ham borishga botinolmayman. Xuddi shu paytda o'rtoqlarim kelib, domlamiz seni kutayapti, deb qattiq talab qilishdi. Bordim. Havo sovuq edi. Domlamizga katta ayvon- ga katta kigizni to'shab, ostiga katta ko'rpani yozib berishibdi. Hansirab nafas olayapti. Havo yetish- mayotganga o'xshaydi. - O'g'lim, keldingmi? - sekingina so'radi ustozim. - Yaqinroqqa kel. Yuragimga yana vahima tushdi. Yaqiniga borsam, yana ushlab ursa-ya, deb o'yladim-u, orqamga tisa- rildim. O'rtoqlarim yaqin bor, yaqin bor, deya ilti- mos qila boshladi. Nihoyat, ustozga yaqinlashdim. - O'g'lim, - shunday deb ustozning ko'zlari yumuq, bir nafas jim qoldi. So'ng ko'zlarini katta ochib, men- ga tikilganicha gapira boshladi, - o'g'lim, o'sha kuni nohaq edim. Seni nohaq urdim, kitobingni nohaq yirt- dim. Jon o'g'lim, meni kechir, kechirdim degin. Men nima deyishni bilmasdim. Qarab turgan edim, kechirdim degin, deb yelkamdan turtib, qistay boshlashdi. 11
- Kechirdim, domla. - Qattiqroq ayt, o'g'lim! - dedi ustozim. - Uch marta ayt, - dedi ustozim. - Kechirdim, kechirdim, kechirdim, - dedim. Xuddishupaytdaustozimningko'zlarikattaochil- di-yu,yoshoqibketdi. Men ham beixtiyor yig'lab yubordim... Ertalab bomdod namoziga tursam, Ermatov dom- laning uyi tomonidan yig'i ovozi kelyapti. Oyijonim Ermatov domlang joni uzildi, shekilli, dedi. Shoshilib bordim, go'rkovga odam chiqarishayotgan ekan. Sinfimizdagi o'rtoqlarim ham, men ham bordim. Odat bo'yicha muallim qabriga qo'yilayotganida, uning o'quvchilari hassa ushlab borishi kerak ekan. O'shalar qatori men ham yig'lab, hassa ushlab bor dim. Bir necha kun o'tgach, Ergash ko'chada meni to'xtatib, akam bechora sendan kechirim so'rash uchun uch kungacha ilhaq bo'lib kutdi. Nega chaqir- ganda kelmading, deya menga tanbeh bergan bo'ldi. Uning mana shu gaplari umrbod esimda qoldi. Download 329.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling