«adabiyot uchqunlari»
Download 329.61 Kb. Pdf ko'rish
|
@iBooks Bot Xudoyberdi To'xtaboyev Tungi qaroqchilar
- Bu sahifa navigatsiya:
- QISHLOQ OCH LIK D AN OLYAPTI
Xadoyjberdi loxíaboyev TTJNGI TOSHKENT
2018
B IR IN C H I BOB QISHLOQ OCH LIK D AN O'LYAPTI Qishloq ochlikdan o'lyapti, degan gapni, mayli, qa- sam ich desangiz, qasam ichay, lekin men aytganim yo'q. Sogiigi anchagina yaxshi bo'lib, hovlilami o'zi supurib, jajjigina Donoxormi ko'tarib, qo'shnilami- kiga chiqib kelayotgan oyijonim ham aytgani yo'q. Bu gaplami vahimachi qo'shnimiz O'g'il xolam ayta- yapti. Har kuni chiqib, qadam yetdi, balo yetmasin, deb yuziga fotiha tortadi-da, hasratli ohangda: - Uf, Sora, eshitdingmi, qibla mahalladan у ana o'lik chiqibdi-ku, - deydi. Ana shu gaplardan keyin O'g'il xolam o'lganlar sha'niga qayta-qayta fotiha o'qiydilar. Ha, Sorabibi «Hammamiz ham dunyo- ga mehmonmiz. Bugun bormiz, ertaga yo'qmiz», - deydi. - Ha endi, xolajon, vahimali gaplardan aytaver- mang, - deb e'tiroz bildiradi oyijonim. - Sorabibi shulami aytmasam, mening ham ichim to'lib ketadi... Men senga faqat ochidan o'lganlami aytmoqchi edim. Biri shishib o'lyapti, biri ozib-to'zib o'lyapti. Ayniqsa, bolalarga qiron kelyapti, Sora bibi... Xudoga shukr qil, Abduxalil o'g'ling kechasi xo'jalikning bog'idan yog'och o'g'irlab kelib sotsa 3
ham senlarni to'ydirayapti. Sora boyvachcha qizim, iloji bo'lsa bittagina noningdan berib tur. Rahim och o'tiribdi. To'g'ri, ocharchilik avj olganini biz ham allaqa- chon bilib olganmiz. Oyijonim nonushtaga non taqsimlab olayotganda, har bitta nondan bir bur- dadan olib qoladi. Bunisini tushda yeysizlar, deb tayinlaydi. Ochidan o'lganlar ichida, ayniqsa, meni yaxshi ko'radigan, qachon borsam, boyvachcha o'g'lim, deb yelkalarimni silaydigan Jo'ra tog'amga juda achin- dim. Aytgan edim-ku oyijonimning tog'asi bo'lsa, demak, mening ham tog'am bo'ladi-da. Mana shu tog'am polvon, gavdasi ham katta, yer chopganda, uning yonida o'nta dev ham yer chopayotgandek bo'lar ekan. Ko'z yumib-ochguncha bir o'zi o'nta odamning ishini qilib qo'yarkan. Shuning uchun ham devli tog'a deyisharkan. Bechora tog'amga juda achindim. Bir o'zi yashardi. Ikki marta xotin oigan ekan. Xotinlari odamlarga o'xshab, sen ham yegulik topib kelsang-chi, deb unga kun bermas ekan. Oxirgi xotini Toshbibi xolam ham ovqat yo'qligida nima qi- laman, avvalgi erim kaltaklasa ham, harqalay ovqat berardi, deb ketib qolgan ekan... Bechora tog'am ochlikda uzoq o'tiribdi. Qo'sh- nilardan ham hech narsa chiqmay qolibdi. Oxiri eski etigi qo'yning terisidan ekan. Shu terini qay- natib sho'rva qilib ichibdi. Yo'q, shunda ham och- lik ezaveribdi, qiynayveribdi. Oxiri Mirza devona tegirmoniga borsa, uning huzurida och qolganlarga beriladigan doshqozonda atala qaynab turadi-ku, 4
deb o'y lab, tegirmonga jo'nabdi. Lekin sharqirab suv oqayotgan ariqdan o'ta turib, quvvati yo'q ekan, shalop etib yiqilibdi. Shu zahotiyoq uning joni jan- natga ketibdi. Yig'lashib, dod-voy qilishib, qishloqqa olib kelishganda, ko'mishayotganda Abdujalil akam- ga qo'shilib, men ham borganman. Qarindoshimiz bo'lgani uchun hassa ushlaganman. O'shanda ichim- dan she'rlar ham chiqib ketgan. Download 329.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling