«adabiyot uchqunlari»
ONA SUTI HAQIDA RIVOYAT
Download 329.61 Kb. Pdf ko'rish
|
@iBooks Bot Xudoyberdi To'xtaboyev Tungi qaroqchilar
TO 'RTIN CH I BOB
ONA SUTI HAQIDA RIVOYAT Aytganimdek, voyenkomatdan qaytganimizdan keyin, o'sha kuniyoq uyimizda shunaqangi xur- sandchilik bo'ldiki, Alloh tomonidan yuborilgan xursandchilik farishtalari qanot qoqib, uchib yur- gandek, hatto o'sha kuni sigirimiz ham sutni ko'proq berdi. Bilasizmi, bir yo'la ikki tovoqni to'ldirib sog'ib olsak, bizni qutlash, qutulib kelgan akamni tabriklash uchun kelgan bobojonim bilan enajonim sevinchlarini ichlariga sig'dirolmay goh Obidani, goh Oyshaxonni quchoqlab o'pishadi. Obida qizim, endi ko'proq o'yinga tushib berasan, deyishsa, yo'q, mayizni oz olib kelibsiz. Endi hecham o'yinga tush- mayman. O'yinga tushayotganimda, barmog'imni qirsillatsam sinib qoladi, - deya arazlagan bo'ladi. Oyshaxon singlim bo'Isa, childirmasi yorilib qolgan- dan buyon qo'liga likopcha tushadimi, sopol kosa 18
tushadimi, chalaveradi. Bugun, ayniqsa, goh bobo- jonining, goh enajonining yaqiniga borib chalayapti. Xullas, uyimiz to'la xursandchilik farishtalari uchib yuribdi.
Bobojonimning esa maqtov so'zlari hech to'xta- maydi.
- Barakalla qizim, hamisha ana shunday jaso- ratli bo'lgin, - deydi. Onalar jasoratli, o'z so'zida qat'iy turadigan bo'lsa, bolalari ham ana shunday qat'iyatli boiadi. Onalar bolani himoya qilayotgani- da, odamxo'r devlami ham, badnafs ajdaholarni ham yengadi.... Bir mahal esimda turibdi, yaqinroq kelinglar, ona chumchuq bolalarini ilondan himoya qilganini ko'rganman. Hovlidagi so'rida yonboshlab yotgan edim. Er-xotin chumchuqning chirqillagan dahshatli ovozi eshitilib qoldi. Bunday qarasam, qop-qora bir ilon og'zidan tilini chiqarib, uyasidagi endigina polapon boigan chum- chuqchalami yeyman, deb turibdi. Zahar solaman, deb turibdi. Shunda ona chumchuq chirqillab kelib, ochko'z ilonning ko'zini cho'qib olsa boiadimi! Er- kak chumchuq bo'lsa, faryod qilib, boshqa ko'zini cho'qidi. Ilon dovdirab qoldi. Bog'otdan shalop qilib yerga tushdi. O'shanda onalaming jasorati qanaqa boiishini ko'rganman. Yana bir gap aytay sizlarga. Bir bo'ri yangi tuqqan sigirga hamla qilibdi. Sigirga kuchi yetmagach, endi o'rnidan turmoqchi bo'lgan buzoqchaga tashlanibdi. Shunda ona sigirga Alloh shunday kuch beribdiki, och bo'rini surib borib, devorga qadab, to egasi yetib kelib, bo'rining boshiga boita urib, uni oidirmagun- 19
cha devorga qisib turaveribdi. Bo'ri oiib, yerga yiqil- gach, ona sigir ham yiqilib, jon beribdi. Chunki bor kuchini bo'rini devorga qisish uchun sarflab tamom qilgan ekan... Ana shunaqa, o'g'illarim, qizlarim, ona bolalari uchun himoyaga otlanganda, Alloh ularga yetarlicha kuch, yetarlicha jasorat berar ekan. Shu- ning uchun ham siz bilan biz yashab turgan dunyo bundan keyin ham yashayverar ekan. Undan ko'ra sizlar mana bugun jasorat ko'rsatib kelgan oyijoning- lardan ona haqida, ona sutining xosiyati haqida ri- voyatlar so'ranglar. Robiya enalaring qancha riv- oyatlar bilsa, hammasini oyijoninglarga aytib bergan. Men palovga unnayman. Xursandchilikni quruq gap bilan o'tkazib yubormaylik. Ot sakrasa o'tolmay- digan baland qilib osh damlayman. Qani, Robiya, sabzilami menga keltir-chi. Endi bir xursandchilikka yana bir xursandchilik keldi. Palov degan so'z qalbimizdagi quvonch, shodlik farishtalarini yana ham balandroq uchiring- lar, deb qo'zg'atib yubordi. Abduxalilbirov aytma- sa ham molining ostini tozalashga yugurdi. O'gay akam ikkita chelakni qoiiga olib, Murod buvaning hovuziga chopdi. Oyshaxon singlim bo'lsa, hovlini supurishga tushib ketdi. Oyijonimning qoii baribir shirin-da. Palov damlaydimi, sersut qilib shirguruch pishiradimi, suyuqqina moshxo'rda tayyorlaydimi, hammasini talashib yeymiz va talashib ichamiz. Bugun sakrasa ot ham o'tolmaydigan palovni ham olinglar-olinglar deyishib, maza qilib yedik. Abduxaliloyijonimning o'z onasi haqida ayta- digan har bir gapining birontasini qoldirmay yodi- 20
da saqlab, goho keragi bo'lmasa ham aytib yuradi. Onajonisini sog'inganda, ana shulami aytsa, ko'ngli orom olarkan. Mana, hozir ham oyijonimga bobom aytgan rivoyatni aytib berasiz, deb xarxasha qildi. Oyijonim yo'q, rivoyatni mendan ko'ra buvijonla- ring yaxshi aytadi. Men bilganlarimni aytib boidim. Yaxshisi, buvijonlaringdan foydalanib qolinglar, deb maslahat berdi. Endi Abduxalilbuvijonimga qarab iltimos qila boshladi. Aytmasangiz, ertaga sigimi da- laga olib chiqmayman. O'tin ham tayyorlab kelmay- man, deb o'zicha qo'rqitmoqchi boidi. -
Abduxalilo'g'limning erkalanishini yaxshi ko'ra- man, - deb sekin yumshoqqina erkalovchi ohangda so'z boshladi oyim, - enajonim, mana, bobolaring onalaring jasorati haqida, bolani himoya qilaman desa, Alloh unga kuch, g'ayrat, shijoat berishi haqida so'zlab berdi. Bobolaringda ham mana shunaqa rivo- yatlar ko'p. Men,Abduxalilo'giim, senga ona sutin- ing kuchi haqida bir rivoyat aytib beray. Bu rivoyatni menga katta buvim aytgan. Buvimga uning katta bu- visi aytgan. Ming yillardan buyon mana shu Tagob qishlog'imizning toqqa yaqin joyida turgan «Devte- pa» haqida rivoyatlar aytib berishgan. U zamonlarda qishlog'imiz dov-daraxtlarga, togiardan shovullab keladigan o'ynoqi soylarga, gala boiib uchadigan qushlarga makon ekan. Qishloqda o't axtarib kel- gan kiyiklar ko'chalar da gala bo'lib yurishar ekan. Odamlar bir-biriga ahil, mehrli ekan. Ana shunday paytlar tog'ning orqa tomonidan goho odamxo'r devlar hamla qilib kelar ekan. Qishlog'imizdagi azamat yigitlar bilan janglar boiar ekan. Shunday 21 Download 329.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling