«adabiyot uchqunlari»


Download 329.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi329.61 Kb.
#218358
1   2   3   4   5
Bog'liq
@iBooks Bot Xudoyberdi To'xtaboyev Tungi qaroqchilar

U CH IN CH I BOB

K E C H A S I   B O ' L G A N   B O S Q I N C H I L I K

Ehtimol,  yetti  xufton  edi.  Ehtimol,  allaqachon 

yarim kechasi bo'lgandir.  Hammamiz  uxlab  yotgan 

edik.  Bosqinchilar  kirganini,  hovlida  chiroq  yoqil- 

ganini,  g'ovur-g'uvur  gaplar  bo'layotganini  goh 

eshitdik,  goh  eshitmadik.  Ehtimol,  tush  ko'rayo- 

tirmiz, deb o'yladik.

12



-   Abduxalil  G'afurov,  chiq  bu  yoqqa!  -   degan 

dahshatli gaplar hammamizni birdan uyg'otib, o'rni- 

mizdan  qo'zgatib  yubordi.  Vahima  ichida,  qo'rquv 

ichida ketma-ket uyg'ondik. Bechora oyijonim beshik- 

ni shundoqqina  quchoqlagancha uxlab  qolgan ekan, 

«Voy xudoyim-ey,  bosqinchilar kelganga  o'xshaydi, 

tintuv qiladiganga o'xshaydi», deb qorachiroqni yoq- 

di. Tunda bo'ladigan bosqinchiliklar bo'lishini ilgari 

eshitganmiz.  Goh  bu  mahallada,  goh  u  mahallada 

kimnidir  ushlab,  qo'lini  orqasiga  bog'lab  ketganini 

ham  eshitganmiz.  Ko'proq  askarlikka  bormay,  goh 

yoshini  yashirib,  goh berkinib  yurganlarni  ana  shu- 

naqa qilib, kechasi bostirib kelib, ushlab ketishar edi. 

Yaqindagina Parpi buvaning uyida ham ana shuna- 

qa bosqinchilik bo'lgan.  Ikki o'g'li armiyada,  xizmat 

qilayotganiga  qaramay  yana  bitta  o'g'lini  kechasi 

bosqinchilik qilib ushlab ketishgan.

-  Jalil  Qodirov,  chiq  buyoqqa,  -   degan  dahshatli 

ovoz eshitildi, yana.

-   Muncha  qistading,  kiyinayapman,  -   deb  javob 

qaytardi o'gay akam.

-  Hoy  mehmonlar,  to'xtanglar!  Xudo  xayringizni 

bersin.  To'xtanglar,  -   deya  murojaat  qila  boshladi 

oyijonim. -  Abdujalilni so'rayapsizlarmi, u hali yosh- 

ku.  O'n beshga  endi  kirdi.  Askarga  o'n  olti  yoshda 

olishadi-ku.

-  Ha, berkinib yotgan o'g'lingni so'rayapmiz.

-  U hali yosh-ku, deb aytayapman.

-  Yosh-posh  degan  gap  ketmaydi  bugun.  U  yoq- 

da urush ketayapti, bu yoqda tanchaga oyog'ini tiqib 

yotishini  qaranglar.  O'g'lingni  olib  ketamiz.  Ertalab

13



nonushtadan  keyin  ro'yxatdan  o'tkazib  qaytarib 

jo'natamiz. Qodirov, tezroq bo'l. Bilib qo'ying, opa- 

jon,  harbiyda  qattiq  intizom.  Qarshilik  ko'rsatsan- 

giz,  harbiy  sudga  beramiz.  U  yog'i  qamoqda  chi- 

rish,  yo  o'iim.  Qodirov,  issiqroq  kiyimingni  kiyib 

chiq. U yerda senga issiqqina tancha qilib beradigan 

xolang yo'q.

Xuddi  shu  paytda  singilchalarim  uyg'ondi.  Ab- 

duxalil  nega  qo'rqqanirti  bilmayman,  tancha  ichi- 

ga  kirib  ketsa  bo'ladimi!  Bechora  oyijonim  tancha- 

dan  chiqqan  Abduxalilni  bir  quchoqlasa,  meni  ikki 

quchoqlab  yig'laydi.  Uxlamadik.  Uxlayolmadik. 

Tong  paytida  oqsoqlanib  yuradigan  bobom  bilan 

mehribon enajonim kirib kelishdi.

-  Bolalarim, yig'lamanglar.  Elga kelgan to'y, Aka- 

laringni bugun olib ketmasa, ertaga, albatta, olib ketar 

edi,  degan  gaplami  aytishdi.  Yo'q,  yo'q.  Yig'lashdi. 

Oltita bola-ya. Oltita yetimchani och qoldirib, akala- 

rini olib ketishdi-ya. Ozgina pulim bo'lganda, Abdu- 

jalilni  olib  qolar  edim.  Ey  xudoyim-ey,  endi  o'zing 

qutqar.  Jalilginam,  oilamizni  boqib  turgan  o'g'lim, 

degan gaplar bo'layapti.

Robiya  enam  yupata-yupata  oz-oz  yog'  surtib, 

qatlama pishirdi.  Qatlamani yenglar,  deb  oldimizga 

qo'ydi. Qarang, qomimiz och-u, yegimiz kelmaydi.

-   Boraman,  orqasidan  boraman,  -   deb  faryod 

chekishni  to'xtatmayapti  oyijonim.  -   Yolvoraman, 

qaytaringlar.  Bo'lmasa  mana  bu  oltita  bolani  kim 

boqadi?  -   deb  nima  deyotganini  bilmaydi,  nima 

qilayotganini  bilmaydi.  Uyga  kirib,  qalingina  nim- 

chasini kiyadi. Sandiqni ochib, har zamonda bir mar-

14



ta  kiyadigan baxmal  paranjisi  bor  edi,  shuni  boshi- 

ga yopmoqchi bo'ladi.  Ilgari oyijonim yumshoqqina 

gapirardi.  Hozir  yemi  tepib,  qattiq-qattiq  gapiryap- 

ti.Kiyin  hammang,  hammamiz  boramiz,  akangni 

qutqarmaguncha  eshigining  tagiga  yotíb  olamiz,  -  

ana shu gaplami aytib, goh Robiyani, goh Obidaxon

Oyshaxormi kiyintira boshladi.

Tamom,  bormasak  boTmas  ekan.  Jo'nadik.  Oyi­

jonim  eshakka  minib  olib,  oldiga  uyquga  to'ymay 

yig'layotgan  Donoxonni,  Obidaxon  singlimni  Ab- 

duxalil  ikkimiz  galma-galdan  ko'tarib  borayapmiz. 

Oyshaxon yaxshi qiz bo'libdi. Bormayman,  sovqota- 

man,  deb xarxasha  qilmadi. Qo'limdan ushlagancha 

chopib borayapti. Men voyenkomatni ilgari ko'rgan- 

man. Yashirmay qo'yaqolay, xo'jalik bog'idan, aslida, 

o'gay  otamizniki  bo'lgan,  ana  shu  bog'dan  yog'och 

kesib kelib, mana shu voyenkomatga sotganmiz.

«VOYENKOMAT»  degan  so'zni  katta  harflar  bi- 

lan  yozib,  osib  qo'yilganini  ko'rganman.  Hovlisiga 

odam  sig'may  ketibdi.  Yigitlaming  ota-onalari,  bu- 

vilari,  inqillab  yuradigan  bobolari  ham  kelishibdi. 

Ko'plari  o'g'limiz  armiyaga  ketayotgan  bo'lsa,  is- 

siqqina  qatlamani  yeb  ketsin,  deb  ovqatlantirisha- 

yapti.  Ha,  ovqatmi,  kiyim  boshmi,  nima  borligini 

hech  bilmaydi-yu,  qopchalami  ko'tarib  yurishibdi. 

Biroz kutdik. Oyijonim chidamadi.

-  

Hoy  musulmonlar,  emizikli  bolam  bor.  Mana, 



akillab yigTayapti. Meni darvoza ichkarisiga navbat- 

siz qo'yib yuboringlar, -  deya iltimos qila boshladi.

Xayriyat,  navbat  kutayotganlar  musulmon  ekan. 

Ular oyijonimning iltimosini qabul qilishdi.

15



-   Opajon,  navbat  sizniki.  Bechora  onaga  javir 

bo'libdi, degan gaplarni aytishyapti.

Darvoza temir panjara bilan o'raigan ekan.  Ham- 

mamiz  darvozaga  yopishib,  oyijonimga  qo'shilib 

yig'lay boshladik.  Ichkaridan o'gay akam chiqib  ke- 

lib, shu panjaraning narisida to'xtadi.

-  Ukajonlarim, oyijon, yig'lamanglar. Ko'rib turib- 

sizlar,  armiyaga jo'natishsa kerak.  Hammaga kelgan 

to'y,  Abduxalil,  Rahmonberdi ukam,  ahil bo'linglar. 

Oyijonimning  yordamchisi  boTinglar.  Eshakni  sot- 

manglar.  Buzoqcha  sal  katta  bo'lsa,  sotib,  o'rniga 

urg'ochi qo'y olinglar. Oyijonimga yaxshi qaranglar. 

U kishi sog' bo'lsa, hammalaring sog' bo'lasizlar.

O'gay  akaning  gapi  chala  qoldi,  yelkasida  yul- 

duzsiz pogoni bor ikkita askar kelib, yelkasidan tor- 

tib,  hovlining  ichkari  tomoniga olib ketdi.  Oyijonim 

o'sha  katta  harflar  bilan  «VOYENKOM»  deb  yozil- 

gan eshikning yoniga borib.

-  Voyenkomga kiramiz, -  deb ovoz berdi.

-  Voyenkom yo'q, -  degan ovoz keldi ichkaridan.

-  Boshqalar kirib-chiqib yuribdi-ku. Boshlig'ingga 

ayt,  oltita bolasi bilan bir xotin kelgan.  Otalari bata- 

londa  ekan.  Sizlar kechasi ushlab ketgan yigit boqa- 

yotgan ekan, degin.

-  Mumkin emas!

-   Mumkin,  ochasan  dedimmi,  ochasan.  Shunday 

dedi-yu,  oyijonim yigitchaga tashlandi.  Uning  orqa- 

sidan  hammamiz  qiy-chuv  qilib  yopishdik.  Shun- 

aqangi  qiy-chuv  qildikki,  narigi  daraxtdagi  qushlar 

ham guv etib uchgandek bo'ldi.

-  Akajonimni beringlar.

16



-  Akam tuz sotadi. Ketsa ochdan oTamiz.

-   Otamiz  batalonda,  -   degan  so'zlami  aytayap- 

miz. Bu so'zlarni hammamiz to'xtamay aytayapmiz. 

Narigi  odamlar  bizga  achinayotgandek  bo'layapti. 

Xuddi shu paytda askarlardan biri keldi-da,  qoTi bi­

lan ishora qilib, qani, ichkariga kiringlar, dedi.

Yolvorishimiz  qancha  davom  etganini  bilmay- 

man.  Maqsad,  akamizni  uyga  olib  ketish,  akamiz 

ketib  qolsa,  hammamiz  ochimizdan  o'iamiz,  degan 

gapni tushuntirish. To'satdan ichkaridan gavdali bir 

kishi  yelkasidagi  pogonlari  yaltirab  turibdi,  yonida 

yoshgina  bir harbiycha  ham  turibdi.  Shoshilib  chiq- 

ishdi-da,  keyin  yarim  yig'lab  gaplashayotgan  oyi- 

jonim  bilan  o'rtalarida  mana  bunaqangi  past-u  ba- 

land  gaplar  boshlandi.  Demak,  gavdali  odam  «vo- 

yenkom»  ekan-da.  O'rischa  bilan  o'zbekchani  ara- 

lashtirib gapirar ekan.

-  Ha, o'g'il, -  dedi xursandchilik bilan oyijonim.

-  Ota batalonda.

-  Ha, batalonda.

-  Yettita bola bor.

-  Yo'q, oltita bola bor.

-  Jalil hali yosh.

-  Endi o'n to'rtga kirdi, Shokirvoyning to'yi yilida 

tug'ilgan.

-  Savodi bor.

-  Hammamiz savodsizmiz.

Mana shu savol-javoblardan keyin ichkarida «Qo- 

dirov Jalil chaqirilsin, uyga qaytishga ruxsat berilsin. 

Yoshi  o'n  beshga  to'lganda,  armiyaga  chaqirilsin», 

degan  gaplarga  o'xshash  ruscha  so'zlar bo'ldi.  Ko'z

17



ochib-yumguncha  ichkaridan  akam  shoshilib  chiqa 

boshladi.  Shoshilib  chiqdi-yu,  oyijonimni  quchoq- 

ladi.  Keyin  Donoxonni  yupatmoqchi  bo'lib,  qo'lga 

oldi-yu,  qani,  ketdik,  dedi  yuqoridagilarga.  Vo- 

yenkomdan oyijonim o'gay akamni qutqarib kelgani 

ovozasi  butun  qishloqqa yoyilib  ketdi.  Ishonasizmi, 

odamlar  yoshi  yetmagan  o'g'illarini  askarlikka  cha- 

qirsa, jon Sorabibi,o'g'limizni qutqaring,  -  deb kela- 

digani bo'ldi. Shunday qilib, oyijonimning qishloqda 

obro'yi oshdi.




Download 329.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling