«adabiyot uchqunlari»


Download 329.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi329.61 Kb.
#218358
1   2   3   4   5
Bog'liq
@iBooks Bot Xudoyberdi To'xtaboyev Tungi qaroqchilar

Esiz, esiz o'rtog'im,

So'lib qoldingmi?

Alloh, og'ir dard berdi,

O'lib qoldingmi?

Yaxshilik, yaxshi derding,

Osonlikcha jon herding.

Joying jannatda bo'lsin,

Yaxshilarga gul herding.

Go'ring to'la nur bo'lsin,

Allohdan kelib tursin.

Mo'nkarnakr kirganda,

«Bismillo» hamrohing bo'lsin.

Erta ketib qolding-a?

Nega unday qilding-a?

Tezda qaytib kelaman,

Ko'p yig'lama deding-a?

IK K IN C H I BOB

Q U L O G ' I M   T A G I G A  

S HAP A L OQ   T U S H G A N I

Ha, ha, xuddi shunday bo'ldi. Shapaloqni kim urdi 

deng? Meni eng a'lochi o'quvchi deb, hamisha bosh- 

qalarga  ko'rsatadigan,  hamisha  eng  oldingi  partaga 

o'tqazib  qo'yadigan.  Bolalar bir narsa  bilmay  qolsa, 

Rahmonberdi  sen aytgin,  deb,  ko'nglimni ko'taradi- 

gan Ermatov domla urdi meni. Urganda ham chaka- 

na  emas,  tarsillatib  urdi.  Hozir  ham  o'ng  qulog'im 

shang'illab turibdi...

Sigirimiz  tug'ib,  og'zimiz  oqarib  qoldi.  Bu  oyi- 

jonimning har kuni aytadigan gapi. Sigirimiz sersut-

8



gina ekan. Sutining yog'liligini aytmaysizmi! Ana shu 

sutning  yarmini  o'zimiz  ichib,  yarmini  qo'shnilarga 

beramiz. Ikkita uy narida Sultonali, Ortiqali, Yigitali 

degan bolalar ota-onalari o'lib, yetimxonaga ketgan. 

Ana shu hovliga Ukrainadan evakuatsiya bo'lib kel- 

gan  o'rislami joylashtirishgan.  Ikki  oila.  Bittasi  er-u 

xotin,  bolasi  yo'q.  Kulibroq  qarashadi-yu,  hech  kim 

bilan  gaplashmaydi.  Boshqasining  esa  ikkita  bolasi 

bor. O'g'lining oti Vova ekan. Qizining oti Zinka. Sut 

olib,  kirib-chiqib,  ular  bilan  tanishib  oldim.  Ham- 

madan  ham  ularning  kulimsirab  turishi  menga  yo- 

qib qoldi. Kirib:

-  Sut, -  deyman.

-  Moloko? -  deydi ular.

-  Yaxshimisizlar? -  deyman.

-  Xorosho, -  deydiular.

-  Kirsammojno? -  deyman.

-  Zaxodi, davay, -  deydiular.

MenbilantengVovkabilan  judayam  yaqinlashib

borayapmiz.  Uyidagi  o'yinchoqlarini,  hatto  ajoyib 

kitobni ham ko'rsata boshladi. Men umrimda kitobni 

ko'rgan  emasdim.  Kitob  qanaqa  bo'lishini  ham  bil- 

masdim.  Kitobning  ichida  to'la  rasmlar,  hayvonlar, 

shoxga qo'nib turgan qushlar bor. Bir-biridan chiroy- 

li  o'sgan  daraxtlar bor.  Hammasini  aytib,  ado  qilol- 

mayman.  Kitob  emas,  Allohdan  kelgan  bir  mo'jiza 

desam, ishonavering. Kitoblaringni olib, singillarim- 

ga  ham  ko'rsatib,  ularni  ham  xursand  qilsam,  may- 

limi,  deb  so'radim.  Yo'q  deyishmadi.  Kitobni  aka- 

larim  ham,  singillarim  ham  shavq  bilan,  zavq bilan 

varaqlashyapti.  Varaqlashgan  sari  mo'jizalar  olami-

9



ga kirib borayotgandek zavqlanishyapti. Shu mo'jaz- 

gina kitobni maktabdagi o'rtoqlarimga bir ko'rsatib, 

maqtangim  kelib  qolsa  bo'ladimi!  Aytgan  edim-ku, 

sinfîmizdagi  doska  ikkiga  bo'lingan.  Ermatov  dom- 

la doskaga 4-sinf bolalariga topshiriq yozayotganda

men  3-sinf  bolalariga  maqtanishni  boshlab  yubor- 

dim.  Yopirilib  kelishdi.  Oldin  man  ko'raman,  oldin 

man  ko'raman,  yana  bir  varaq  ko'ray,  deb  janjalla- 

shib turibdi.

Ermatov domla orqasiga o'girilib:

-   Kitobni  yig'ishtir,  darsga  xalaqit  berayapsan,  -  

deb buyurdi.

Ermatov  doskaga  burilishi  bilan  bolalar  yana 

yopirilib kelishdi. Ermatov qattiqroq ovoz bilan.

-  Yig'ishtir! -  deya komandirlarga o'xshab buyruq 

berganday bo'ldi,

Mening  qulog'imga  gap  kirmadi.  Kitobning 

ustiga  oldingidan  ko'ra  yopirilib  kelishdi.  Erma­

tov  domla  orqasiga  o'girilib,  qo'lidagi  hassasi  bilan 

partani  shunday  qattiq urdiki,  hassa  ikkiga  bo'linib 

ketdi.  Keyin  to'rt  hatlab  kelib,  kitobni  qo'limdan 

tortib  oldi-yu,  lovullab  turgan  pechkaga  tashladi. 

Qulog'imning  tagiga  shunday  jahl  bilan  shapaloq 

urdiki, gandiraklab borib nariga yiqildim. Jon holat- 

da  o'mimdan  turib,  ko'chaga  yugurdim.  Ayvonga 

chiqib,  asta  derazadan  mo'ralasam,  hamma  bolalar 

jim.  Ermatov domla ham boshini partaga qo'yib, jim 

turibdi.  Yana  chiqib,  ushlab  olib urmasin,  deb  uyga 

qarab  qochdim.  Bir  necha  kun  tashqariga  chiqqani 

qo'rqdim.  Nega  qo'rqdim,  o'zim  ham  bilmayman. 

Oyijonim  kirib,  o'ris  xolaga bo'lgan  voqeani  aytgan

10



ekan,  mayli,  boiari  bo'pti,  sutdan  ko'p-ko'p  berib 

tursang bo'ldi, -  degan gapni aytibdi. Lekin oyijonim 

maktabga borasan,  albatta,  borishing  kerak.  Kunora 

bittadan zog'ora beradi. Yarmini yeb, yarmini singil- 

laringga  olib  kelasan,  deb  qistaydi.  Yo'q,  maktabga 

borishga botinolmayman. O'rtoqlarim qistashsa ham 

yo'q, deb ko'nmayman.

Bir  kun  ertalab  Ermatov  domlaning  ukasi  kelib, 

yur,  akam  seni  ko'rmoqchi,  intizor  bo'lib  kutayap- 

ti,  deb qistadi. Domlamizning kasal bo'lib yotganini 

eshitgan  edim.  Lekin  shunday  bo'lsa  ham  borishga 

botinolmayman. Xuddi shu paytda o'rtoqlarim kelib, 

domlamiz  seni  kutayapti,  deb  qattiq  talab  qilishdi. 

Bordim.  Havo  sovuq edi.  Domlamizga  katta  ayvon- 

ga  katta  kigizni  to'shab,  ostiga  katta  ko'rpani  yozib 

berishibdi.  Hansirab  nafas  olayapti.  Havo  yetish- 

mayotganga o'xshaydi.

-  O'g'lim, keldingmi? -  sekingina so'radi ustozim.

-  Yaqinroqqa kel.

Yuragimga yana vahima tushdi. Yaqiniga borsam, 

yana ushlab  ursa-ya,  deb  o'yladim-u,  orqamga  tisa- 

rildim.  O'rtoqlarim  yaqin  bor,  yaqin  bor,  deya  ilti- 

mos qila boshladi. Nihoyat, ustozga yaqinlashdim.

-  O'g'lim, -  shunday deb ustozning ko'zlari yumuq, 

bir nafas jim qoldi. So'ng ko'zlarini katta ochib, men- 

ga tikilganicha  gapira boshladi, -  o'g'lim,  o'sha kuni 

nohaq edim. Seni nohaq urdim, kitobingni nohaq yirt- 

dim. Jon o'g'lim, meni kechir, kechirdim degin.

Men  nima  deyishni  bilmasdim.  Qarab  turgan 

edim, kechirdim degin, deb yelkamdan turtib, qistay 

boshlashdi.

11



-  Kechirdim, domla.

-   Qattiqroq  ayt,  o'g'lim!  -   dedi  ustozim.  -   Uch 

marta ayt, -  dedi ustozim.

-  Kechirdim, kechirdim, kechirdim, -  dedim.

Xuddishupaytdaustozimningko'zlarikattaochil-

di-yu,yoshoqibketdi.  Men  ham  beixtiyor  yig'lab 

yubordim...

Ertalab bomdod namoziga tursam, Ermatov dom- 

laning uyi tomonidan yig'i ovozi kelyapti.  Oyijonim 

Ermatov domlang joni uzildi, shekilli, dedi. Shoshilib 

bordim,  go'rkovga  odam  chiqarishayotgan  ekan. 

Sinfimizdagi  o'rtoqlarim  ham,  men  ham  bordim. 

Odat  bo'yicha  muallim  qabriga  qo'yilayotganida, 

uning o'quvchilari hassa  ushlab  borishi  kerak  ekan. 

O'shalar  qatori  men ham  yig'lab,  hassa  ushlab  bor­

dim.  Bir  necha  kun  o'tgach,  Ergash  ko'chada  meni 

to'xtatib,  akam  bechora  sendan  kechirim  so'rash 

uchun uch kungacha ilhaq bo'lib kutdi. Nega chaqir- 

ganda kelmading, deya menga tanbeh bergan bo'ldi. 

Uning mana shu gaplari umrbod esimda qoldi.




Download 329.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling