«adabiyot uchqunlari»


Download 329.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana05.01.2022
Hajmi329.61 Kb.
#218358
1   2   3   4   5
Bog'liq
@iBooks Bot Xudoyberdi To'xtaboyev Tungi qaroqchilar

Polvon  tog'am ketdi olamdan,

Hamma xafa, ushbu ahvoldan.

Ketmasdi, ketdi и ochlikdan,

G'am-g'ussa-yu alamdan.

Endi  men  sizga  Mamatjon  o'rtog'im  haqida 

yig'lab  gapirib  beraman.  O'rtog'im  dum-duma- 

loq  lo'ppi  yuzli.  Endi  shu  o'rtog'im  o'lyapti.  Goh 

ko'zlari  yumiladi,  goh  yana  katta  ochilib  ketadi. 

Menga tikilib turib:

-   Rahmonberdi,  o'rtoqjon,  shu  yerdamisan?  -  

deya xavotirlanib so'raydi.

-   Shu yerdaman, o'rtoq, -  deyman tinchlatish uchun 

yumshoq ohangda.

-  Duolar o'qiyapsanmi?

-  O'qiyapman, o'rtoq.

-  Men o'lmayman-a?

-  Yo'q, o'lmaysan, o'rtoq.

-  O'lsam jannatga boramanmi?

-  O'lmaysan deyapman-ku, o'lmaysan, o'lmaysan.

-  O'lsam xaltamda  o'n ikkita yangi  daftarim bor. 

O'sha  daftarlarni  sen  olgin.  Rohila  singlim  maktab-

5



dan qaytayotganda, bolalar urishsa, sen ulami urish- 

gin, singlim hech ham yig'lamasin...

-  

Esingdami,  xo'jalikning  suvidan  bog'imizni 



sug'organimizda, 

ikkovimiz  supachaga  chiqib 

o'tirib,  oyni  tomosha  qilardik...  O'shanda  oy  juda 

chiroyli  chiqar  edi.  Esingdami,  Xolmat  boboning 

bog'iga kirib, behi o'g'irlaganimizda, behi xom ekan, 

yeganimizda tomog'imizga tiqilib qolganida,  sening 

onang yelkamga rosa mushtlagan edi.

Mana  shunaqangi  suhbatlarga  berilib,  o'tgan 

kunlarimizni  eslab,  xursand  bo'lib  o'tirgan  edik, 

o'rtog'imni  hiqichoq  tutib  qoldi.  Xuddi  tomog'iga 

bir  narsa  tiqilgandek,  bir  to'lg'andi-yu,  jim  bo'ldi. 

Qaltirab  turgan  qo'llarini  ushlab,  jim  qoldim.  Mana 

shu  mahalladagi  odamlarda  yoppasiga  zaharlanish 

bo'lgan. Odamlar sholini ko'p ekishar ekan-da.  Kur- 

mak  bosib  ketganda,  o'tashga  tushishsa,  tovonlar- 

ning  izi  sholi  poyada  qolar  ekan.  Kuzda  sholidan 

oldin  kurmak  pishib,  uning  donlari  ana  shu  to- 

vonlarning  iziga  to'kilar  ekan.  Hozir  ocharchilik 

boshlanganda,  tovon  izidagi  kurmaklami  yig'ib, 

qozonga  solib  qo'yib,  asta-sekin  kelida  tuyib,  ovqat 

qilib ichishibdi, non qilib ham yeyishibdi. Ana shun- 

da shu kurmakdan kim ovqat yegan bo'lsa, hammasi 

birdan zaharlanibdi. Bu yerga katta do'xtirlar kelgan. 

Qishlog'imizdagi  yarmi  o'rischa  gapiradigan  Anya 

opa  ham  kelgan.  Ming  xil  dori-darmon  qilishgan. 

Faqat  qorinlarini  g'ijimlab,  voy-voylab  sakrab-sak- 

rab  qo'yishgan.  Mamajon  o'rtog'im  ham  o'sha  to­

von izidagi,  sichqonlar uyidan topilgan sholilardan, 

kurmaklardan  anchasini  yig'ib,  terib  kelib,  yelpib,

6



qozonga  solib  rosa  shirin  ovqatlar  ham  qilishgan 

ekan. Mana shu odamlar hammasi kasal bo'lib qolib- 

di. Ko'chaga chiqsangiz, ko'cha to'la gap. Bolalar ham, 

chollar ham, buvilar ham to'xtamasdan gapirishyapti.

-  Bu dushmanning ishi.

-  Gitleming samolyoti dori sepib o'tganini odam­

lar ko'rgan ekan. O'tgan yili kalamushlarni o'ldirish 

uchun uyasiga dori sepishgan edi.

-  Shokir amaki  o'lgan ekan,  o'lish oldidan qussa, 

bir sichqonning o'ligi chiqib kelibdi.

Mana  shunaqa  gaplar,  ishonsangiz,  Xo'jaxon 

ustamning ishxonasida ham, bizning uyimizda ham, 

yashirincha  namoz  o'qiladigan  machitimizda  ham 

ko'paygani-ko'paygan.

Ana  endi  men  o'zidan  ketayotgan  o'rtog'imning 

yonida  o'tiribman.  Ermatov  domlamiz  kasal  yotgan 

oilalaming uyiga bizni tez-tez jo'natib turardi...

O'rtog'im  o7sha  hiqillab  bir  silkinganicha  o'ziga 

kelmadi.  Oyisi  chiqib,  o'rtog'ing  uxladi.  Bor  uying- 

ga,  uyg'onsa,  yana  chaqiraman,  dedi.  Yo'q,  yo'q, 

chaqirmadi.  Tong  paytida  o'sha  tomondan  yig'i 

ovozi  eshitildi.  Hovliqib  borsam...  O'rtog'imning 

joni jannatga ketibdi.

Ermatov domla allaqachon sinfimizga xabar bergan- 

ga o'xshaydi. O'rtoqlarimdan ba'zilari kelib, yig'lab tu- 

rishibdi. Biz o'rtog'im orqasidan hassa tayanib yig'lab 

bordik. Qabrga qo'yguncha yig'idan to'xtamadik.

Ayniqsa, tuproqni tortayotganimizda, butun qab- 

ristonni  yig'i  ovoz  qoplab  ketgandek  bo'ldi.  Uyga 

qaytib  kelguncha,  ichimdan  kelayotgan  she'r  hech 

to'xtamadi.

7




Download 329.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling