«adabiyot uchqunlari»
Download 329.61 Kb. Pdf ko'rish
|
@iBooks Bot Xudoyberdi To'xtaboyev Tungi qaroqchilar
U CH IN CH I BOB
K E C H A S I B O ' L G A N B O S Q I N C H I L I K Ehtimol, yetti xufton edi. Ehtimol, allaqachon yarim kechasi bo'lgandir. Hammamiz uxlab yotgan edik. Bosqinchilar kirganini, hovlida chiroq yoqil- ganini, g'ovur-g'uvur gaplar bo'layotganini goh eshitdik, goh eshitmadik. Ehtimol, tush ko'rayo- tirmiz, deb o'yladik. 12
- Abduxalil G'afurov, chiq bu yoqqa! - degan dahshatli gaplar hammamizni birdan uyg'otib, o'rni- mizdan qo'zgatib yubordi. Vahima ichida, qo'rquv ichida ketma-ket uyg'ondik. Bechora oyijonim beshik- ni shundoqqina quchoqlagancha uxlab qolgan ekan, «Voy xudoyim-ey, bosqinchilar kelganga o'xshaydi, tintuv qiladiganga o'xshaydi», deb qorachiroqni yoq- di. Tunda bo'ladigan bosqinchiliklar bo'lishini ilgari eshitganmiz. Goh bu mahallada, goh u mahallada kimnidir ushlab, qo'lini orqasiga bog'lab ketganini ham eshitganmiz. Ko'proq askarlikka bormay, goh yoshini yashirib, goh berkinib yurganlarni ana shu- naqa qilib, kechasi bostirib kelib, ushlab ketishar edi. Yaqindagina Parpi buvaning uyida ham ana shuna- qa bosqinchilik bo'lgan. Ikki o'g'li armiyada, xizmat qilayotganiga qaramay yana bitta o'g'lini kechasi bosqinchilik qilib ushlab ketishgan. - Jalil Qodirov, chiq buyoqqa, - degan dahshatli ovoz eshitildi, yana. - Muncha qistading, kiyinayapman, - deb javob qaytardi o'gay akam. - Hoy mehmonlar, to'xtanglar! Xudo xayringizni bersin. To'xtanglar, - deya murojaat qila boshladi oyijonim. - Abdujalilni so'rayapsizlarmi, u hali yosh- ku. O'n beshga endi kirdi. Askarga o'n olti yoshda olishadi-ku. - Ha, berkinib yotgan o'g'lingni so'rayapmiz. - U hali yosh-ku, deb aytayapman. - Yosh-posh degan gap ketmaydi bugun. U yoq- da urush ketayapti, bu yoqda tanchaga oyog'ini tiqib yotishini qaranglar. O'g'lingni olib ketamiz. Ertalab 13
nonushtadan keyin ro'yxatdan o'tkazib qaytarib jo'natamiz. Qodirov, tezroq bo'l. Bilib qo'ying, opa- jon, harbiyda qattiq intizom. Qarshilik ko'rsatsan- giz, harbiy sudga beramiz. U yog'i qamoqda chi- rish, yo o'iim. Qodirov, issiqroq kiyimingni kiyib chiq. U yerda senga issiqqina tancha qilib beradigan xolang yo'q. Xuddi shu paytda singilchalarim uyg'ondi. Ab- duxalil nega qo'rqqanirti bilmayman, tancha ichi- ga kirib ketsa bo'ladimi! Bechora oyijonim tancha- dan chiqqan Abduxalilni bir quchoqlasa, meni ikki quchoqlab yig'laydi. Uxlamadik. Uxlayolmadik. Tong paytida oqsoqlanib yuradigan bobom bilan mehribon enajonim kirib kelishdi. - Bolalarim, yig'lamanglar. Elga kelgan to'y, Aka- laringni bugun olib ketmasa, ertaga, albatta, olib ketar edi, degan gaplami aytishdi. Yo'q, yo'q. Yig'lashdi. Oltita bola-ya. Oltita yetimchani och qoldirib, akala- rini olib ketishdi-ya. Ozgina pulim bo'lganda, Abdu- jalilni olib qolar edim. Ey xudoyim-ey, endi o'zing qutqar. Jalilginam, oilamizni boqib turgan o'g'lim, degan gaplar bo'layapti. Robiya enam yupata-yupata oz-oz yog' surtib, qatlama pishirdi. Qatlamani yenglar, deb oldimizga qo'ydi. Qarang, qomimiz och-u, yegimiz kelmaydi. - Boraman, orqasidan boraman, - deb faryod chekishni to'xtatmayapti oyijonim. - Yolvoraman, qaytaringlar. Bo'lmasa mana bu oltita bolani kim boqadi? - deb nima deyotganini bilmaydi, nima qilayotganini bilmaydi. Uyga kirib, qalingina nim- chasini kiyadi. Sandiqni ochib, har zamonda bir mar- 14
ta kiyadigan baxmal paranjisi bor edi, shuni boshi- ga yopmoqchi bo'ladi. Ilgari oyijonim yumshoqqina gapirardi. Hozir yemi tepib, qattiq-qattiq gapiryap- ti.Kiyin hammang, hammamiz boramiz, akangni qutqarmaguncha eshigining tagiga yotíb olamiz, - ana shu gaplami aytib, goh Robiyani, goh Obidaxon, Oyshaxormi kiyintira boshladi. Tamom, bormasak boTmas ekan. Jo'nadik. Oyi jonim eshakka minib olib, oldiga uyquga to'ymay yig'layotgan Donoxonni, Obidaxon singlimni Ab- duxalil ikkimiz galma-galdan ko'tarib borayapmiz. Oyshaxon yaxshi qiz bo'libdi. Bormayman, sovqota- man, deb xarxasha qilmadi. Qo'limdan ushlagancha chopib borayapti. Men voyenkomatni ilgari ko'rgan- man. Yashirmay qo'yaqolay, xo'jalik bog'idan, aslida, o'gay otamizniki bo'lgan, ana shu bog'dan yog'och kesib kelib, mana shu voyenkomatga sotganmiz. «VOYENKOMAT» degan so'zni katta harflar bi- lan yozib, osib qo'yilganini ko'rganman. Hovlisiga odam sig'may ketibdi. Yigitlaming ota-onalari, bu- vilari, inqillab yuradigan bobolari ham kelishibdi. Ko'plari o'g'limiz armiyaga ketayotgan bo'lsa, is- siqqina qatlamani yeb ketsin, deb ovqatlantirisha- yapti. Ha, ovqatmi, kiyim boshmi, nima borligini hech bilmaydi-yu, qopchalami ko'tarib yurishibdi. Biroz kutdik. Oyijonim chidamadi. - Hoy musulmonlar, emizikli bolam bor. Mana, akillab yigTayapti. Meni darvoza ichkarisiga navbat- siz qo'yib yuboringlar, - deya iltimos qila boshladi. Xayriyat, navbat kutayotganlar musulmon ekan. Ular oyijonimning iltimosini qabul qilishdi. 15
- Opajon, navbat sizniki. Bechora onaga javir bo'libdi, degan gaplarni aytishyapti. Darvoza temir panjara bilan o'raigan ekan. Ham- mamiz darvozaga yopishib, oyijonimga qo'shilib yig'lay boshladik. Ichkaridan o'gay akam chiqib ke- lib, shu panjaraning narisida to'xtadi. - Ukajonlarim, oyijon, yig'lamanglar. Ko'rib turib- sizlar, armiyaga jo'natishsa kerak. Hammaga kelgan to'y, Abduxalil, Rahmonberdi ukam, ahil bo'linglar. Oyijonimning yordamchisi boTinglar. Eshakni sot- manglar. Buzoqcha sal katta bo'lsa, sotib, o'rniga urg'ochi qo'y olinglar. Oyijonimga yaxshi qaranglar. U kishi sog' bo'lsa, hammalaring sog' bo'lasizlar. O'gay akaning gapi chala qoldi, yelkasida yul- duzsiz pogoni bor ikkita askar kelib, yelkasidan tor- tib, hovlining ichkari tomoniga olib ketdi. Oyijonim o'sha katta harflar bilan «VOYENKOM» deb yozil- gan eshikning yoniga borib. - Voyenkomga kiramiz, - deb ovoz berdi. - Voyenkom yo'q, - degan ovoz keldi ichkaridan. - Boshqalar kirib-chiqib yuribdi-ku. Boshlig'ingga ayt, oltita bolasi bilan bir xotin kelgan. Otalari bata- londa ekan. Sizlar kechasi ushlab ketgan yigit boqa- yotgan ekan, degin. - Mumkin emas! - Mumkin, ochasan dedimmi, ochasan. Shunday dedi-yu, oyijonim yigitchaga tashlandi. Uning orqa- sidan hammamiz qiy-chuv qilib yopishdik. Shun- aqangi qiy-chuv qildikki, narigi daraxtdagi qushlar ham guv etib uchgandek bo'ldi. - Akajonimni beringlar. 16
- Akam tuz sotadi. Ketsa ochdan oTamiz. - Otamiz batalonda, - degan so'zlami aytayap- miz. Bu so'zlarni hammamiz to'xtamay aytayapmiz. Narigi odamlar bizga achinayotgandek bo'layapti. Xuddi shu paytda askarlardan biri keldi-da, qoTi bi lan ishora qilib, qani, ichkariga kiringlar, dedi. Yolvorishimiz qancha davom etganini bilmay- man. Maqsad, akamizni uyga olib ketish, akamiz ketib qolsa, hammamiz ochimizdan o'iamiz, degan gapni tushuntirish. To'satdan ichkaridan gavdali bir kishi yelkasidagi pogonlari yaltirab turibdi, yonida yoshgina bir harbiycha ham turibdi. Shoshilib chiq- ishdi-da, keyin yarim yig'lab gaplashayotgan oyi- jonim bilan o'rtalarida mana bunaqangi past-u ba- land gaplar boshlandi. Demak, gavdali odam «vo- yenkom» ekan-da. O'rischa bilan o'zbekchani ara- lashtirib gapirar ekan. - Ha, o'g'il, - dedi xursandchilik bilan oyijonim. - Ota batalonda. - Ha, batalonda. - Yettita bola bor. - Yo'q, oltita bola bor. - Jalil hali yosh. - Endi o'n to'rtga kirdi, Shokirvoyning to'yi yilida tug'ilgan. - Savodi bor. - Hammamiz savodsizmiz. Mana shu savol-javoblardan keyin ichkarida «Qo- dirov Jalil chaqirilsin, uyga qaytishga ruxsat berilsin. Yoshi o'n beshga to'lganda, armiyaga chaqirilsin», degan gaplarga o'xshash ruscha so'zlar bo'ldi. Ko'z 17
ochib-yumguncha ichkaridan akam shoshilib chiqa boshladi. Shoshilib chiqdi-yu, oyijonimni quchoq- ladi. Keyin Donoxonni yupatmoqchi bo'lib, qo'lga oldi-yu, qani, ketdik, dedi yuqoridagilarga. Vo- yenkomdan oyijonim o'gay akamni qutqarib kelgani ovozasi butun qishloqqa yoyilib ketdi. Ishonasizmi, odamlar yoshi yetmagan o'g'illarini askarlikka cha- qirsa, jon Sorabibi,o'g'limizni qutqaring, - deb kela- digani bo'ldi. Shunday qilib, oyijonimning qishloqda obro'yi oshdi. Download 329.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling