Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 5-sinf. 1-qism (2015, S.Ahmedov, B.Qosimov) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan asosiy manba
Sаvоl vа tоpshiriqlаr
1. mаqsud Shаyхzоdаning hаyoti vа ijоdi hаqidа so‘zlаb bеring. 2. Shоirning qаndаy dоstоn vа shе’riy to‘plаmlаrini bilаsiz? 3. mаqsud Shаyхzоdаning drаmаtik аsаrlаridаgi tаriхiy vоqеаlаr vа tаriхiy shахslаr hаqidа so‘zlаb bеring. 4. «iskаndаr Zulqаrnаyn» dostonidagi qahramonlar obrazlari or- qali ijodkor qanday ibratli fikrlarni ifoda etgan? 5. dunyoda hech qanday yomonlikni yashirib bo‘lmasligi dos- tonda qaysi ramz orqali o‘z ifodasini topgan? Foydalanilgan asosiy manba: M. Shayxzoda. Asarlar. 2-jild. – t.: G‘afur G‘ulom nomidagi Ada- biyot va san’at nashriyoti, 1971. 94 jonatan SvIFT (1667–1745) buyuk ingliz adibi Jonatan Svift 1667-yilda irlandiyaning poytaxti dublinda tug‘ildi. otasidan erta ajralgan yosh Jonatan uzoq yillar muhtojlikda kun kechiradi. badavlat qarindoshlarining ba’zan ko‘rsatadigan yordamini hisobga olmaganda uning tirikchi- ligi nochor edi. tabiatan tirishqoq, ilmga tashna Jonatan o‘n to‘rt yoshida maktabni bitirgach, dublin universitetining diniy bilimlar fakultetiga o‘qishga kiradi, uni bitirmay Angliyaga ketadi. U bir necha yil Qirollikning sobiq ministri Vilyam templning saroyida kotib bo‘lib ishlaydi. templning boy kutubxonasidan foydalanish Svift dunyoqarashining kengayishida muhim omil bo‘ladi. ke- yinchalik Svift universitetni bitiradi, dissertatsiya yoqlab, magistr- lik unvonini qo‘lga kiritadi. Svift badiiy ijod bilan shug‘ullana boshlaydi. Uning ilk asarlari tezda xalq o‘rtasida shuhrat qozonadi. Adibning ketma-ket «ki- toblar jangi», «bochka cho‘pchagi», «movutfurush xatlari» kabi hajviy kitoblari nashr etiladi. biroq Sviftga haqiqiy shuhratni uning «Gulliverning sayohatlari» romani olib keldi. Asarning to‘liq nomi «lemyuel Gulliverning jahondagi bir necha olis mamlakatlarga, avvalo, jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari» deb atalib, u 1726-yilda yaratilgan. Roman ajoyib-g‘aroyib voqealarga, kulgili holatlarga boy. Asar bir qarashda shunchaki kulgi uchun bitilgandеk tuyulsa-da, uning 95 zamirida achchiq kinoya, zaharxanda yotibdi. muallif bu asar or- qali Angliya davlatining tartib-qoidalari, urf-odatlari ustidan ku- ladi. «Gulliverning sayohatlari» romani to‘rt qismdan tashkil top- gan. birinchi qismda Gulliverning liliputlar – mitti odamlar mam- lakatidagi sarguzashtlari hikoya qilinadi. mitti odamlarning hayot tarzi, davlat tartiblari Angliyanikiga o‘xshash. mitti odamchalar yashaydigan mamlakatda ham qirol, ministrlar, harbiylar, dengiz floti va turli-tuman qonunlar mavjud. liliputiyada ham Angliya- dagi kabi partiyalar bor. Ular ham Angliyadagidek o‘z manfaat- larini o‘ylab janjallashadilar, bahslashadilar. bu partiyalar baland poshnalilar va past poshnalilar deb ataladi. mazkur partiyalar va- killari qanchalik mitti bo‘lsalar, ularning maqsad va o‘ylari ham o‘zlari kabi arzimas va jo‘n. Ularning siyosatlari orasidagi farq poshnalarining baland yoki past bo‘lganligida. liliputiya davlati- ning qo‘shni blefusku davlati bilan nizolari sababi ham arzimas va kulgili – ular tuxumni qaysi tomonidan chaqishda kelisha ol- maydi. birlari tuxumni uch qismidan sindirish kerak, desa, birlari poynak qismidan sindirish kerakligini uqtiradi. Svift ularning bu kelishmovchiliklari arzimas va bachkana ekanligi ustidan kular ekan, ayni paytda Angliyadagi diniy, siyosiy parokandalik sabab- lari hech qanday ahamiyatga molik bo‘lmagan ixtiloflar ekanini uqtirgandek bo‘ladi. Romanning ikkinchi qismida Gulliverning ulkan odamlar yurti – brobdingnegga sayohati hikoya qilinadi. bu mamlakatda Gulli- ver teskari holatga tushadi – liliputiyadagi odamlardan nafrat- langan bo‘lsa, ushbu mamlakat odamlarining tanti, oliyjanob, ma’rifatparvarligiga qoyil qoladi. Asarning uchinchi qismi Gulliverning olimlar mamlakati – lapu tadagi sayohatlariga bag‘ishlangan. bu yerdagi buyuk aka- demiya bilan tanishib, umri behuda sarflanayotgan olimlar ishi- ni ko‘radi. Ularning real hayotdan ajrab, foydasiz ixtirolar bilan bandligi muallif kulgisini qo‘zg‘aydi. Ayniqsa, bir olimning bod- ringdan quyosh energiyasini ajratib olib, undan yoz sovuq kelgan- 96 da foydalanishga ahd qilganini, yana bir «alloma»ning uyni poy- devoridan emas, tomidan boshlab qurish kashfiyoti haqidagi loyi- hasi – buning isboti sifatida hasharotlar – asalari va o‘rgimchak faoliyati misol qilib keltirilganini ko‘rib kishi o‘zini kulgidan tiya olmaydi. yozuvchi haqiqiy olimlar ustidan emas, soxta fan kishi- lari ustidan kuladi. Romanning to‘rtinchi qismi Gulliverning guigngnmlar mamla- katiga qilgan sayohati haqida. muallif Gulliverning bu sayohatini o‘tkir zaharxanda, nafratli kulgi bilan tasvirlaydi. bu mamlakat- da inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar – yexular va aqlli, dono, halol mehnat bilan kun ko‘ruvchi otlar yashaydilar. yexular jirkanch, hazar qiladigan darajada tuban kimsalar. Ular Sviftning Angliyadagi vatandoshlarini eslatadi. Ular o‘z manfaatlari uchun bir-birlarini halok qilishga tayyor. Asar bilan tanishadigan bo‘lsangiz, romanda Svift tasvirlagan mamlakatlar dunyo xaritasida yo‘q. bu shaharlar badiiy uydirma mahsuli, ularni yozuvchining o‘zi o‘ylab topgan. Adib yashagan jamiyatda tanqidiy fikr bildirish, amaldorlаr kirdikorlarini ochiq aytish juda xavfli edi. Svift o‘zi yashagan Angliya qirolligidagi barcha kamchiliklar ustidan xayoliy mamlakatlar odamlari xatti- harakatlarini fosh qilish orqali kuladi. buni аsаrdаn kеltirilаdigаn quyidаgi pаrchа mаzmunidаn hаm bilib оlsаngiz bo‘lаdi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling