Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor. Reja
Globallashuv davri o`zbek adabiyoti
Download 112.15 Kb.
|
Globallashuv davri o`zbek adabiyoti
Reja Mustaqillik davrida yaratilgan badiiy asarlar. Yangilanishlar jarayonida inson mohiyati masalasi. Ommaviy madaniyatning kitobxon ma’naviyatiga ta’siri muammosi. Badiiy adabiyotda janrlar sinkretizmi masalasi. San’atlararo aloqadorlik. Adabiyotlar 1.U. Normatov. Tafakkur yog`dusi. Toshkent. 2005. 2. U. Hamdamov. Badiiy tafakkur tadriji. Toshkent. Yangi asr avlodi.2002. 3. Mustaqillik davri o`zbek adabiyoti. Toshkent. G`. G`ulom nomidagi nashriyot.2002. 4. Q. Yo`ldoshev. Yoniq so`z. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2006. 5. H. Karimov. Istiqlol davri adabiyoti. Toshkent. Yangi nashr. 2010. 6. XXasr o`zbek she’riyati antalogiyasi. Toshkent. Milliy entsiklopediya nashriyoti. 2007. XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi o`zbek adabiyoti ushbu davrda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi o`zgarishlarni aks ettiradi. Bugungi kun adabiyotshunos olimlari va tanqidchilari O`zbek adabiyoti rivojida yuz berayotgan o`zgarishlarni anglab yetishga va ularga munosib baho berishga urinmoqdalar. “Sharq Yulduzi”, “Yoshlik”, “Tafakkur”, “Guliston”, “O`zbek tili va adabiyoti” kabi adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy ruhdagi yetakchi jurnallar, “Kitob dunyosi” gazetasi sahifalarida e’lon qilinayotgan zamonaviy adabiy jarayonga bag`ishlangan bahs va munozaralar, chop etilayotgan qator maqolalar shundan dalolat beradi. Lekin shuni qayd etish kerakki, o`zbek adabiy tanqidchiligida adabiyotning o`z-o`zini shakllantirishga urinish iborasida yakdil fikrlar yo`q. Masalan, Hakimjon Karimov ilgari surgan paradigma in’ikos nazariyasiga va ijtimoiy-madaniy hamda adabiy tafakkurning rivojlanishida ong kategoriyasining roliga asoslanadi. Tadqiqotchi yozish uslubi rivojlanishining asosiy yo`nalishlarini nasrning janr printsipiga asosan bo`linishidan kelib chiqqan holda ko`rsatib o`tadi: 1) adabiyotda g`oya va mavzu maydonining kengayishi; 2) ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy, oilaviy masalalarga e’tiborning kuchayishi; 3) insonparvarlik mazmuni va psixologizmning chuqurlashuvi; 4) O`zbek xalqining o`zligini tanishi va mentaliteti masalalariga murojaat etilishi; 5) hayot mazmunini falsafiy mushohada etish. N. Karimovning fikricha, mazkur yo`nalishlarning barchasi yozish uslubining realistic va modernistic turiga asoslanadi. Adabiyotshunos olim voqealikning modernistic printsipda aks ettirilishini o`zbek adabiyotidagi sifat jihatdan yangi hodisa deya ta’kidlaydi. U “totalitar sharoitda mazkur estetik qarashlarni qo`llash imkonsiz edi”, deya ob’ektiv sabablarni ham, “adabiyotda modernizmning barcha printsiplari va uslublarini to`la qo`llay oladigan ijodkorlar hali yetishib chiqmagan edi”, deya, sub’ektiv sabablarni ham ko`rsatib o`tadi. N. Karimov zamonaviy so`z ijodkorlarining eng muvaffaqiyatli tajribalariramiz va majozlarga tayanganini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, u o`zbek adabiyotida “detektiv yo`nalish” paydo bo`lganini va bu ham yangilik ekanini qayd etadi. Adabiyotshunos olim “Zamonaviy o`zbek adabiyoti uchun muallifning dunyoni his etish kontseptsiyalaridagi xilma-xillik, voqelikni anglashning yangicha shakllari paydo bo`lishi hamda adabiy obrazlarni milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan qayta anglash xosdir”, deya xulosa qiladi. Yo`ldosh Solijonov ham o`zining zamonaviy adabiy jarayonlar kontseptsiyasini adabiy janrlarning bo`linish printsipiga asoslangan holda tuzadi. Olimning ta’kidlashicha, zamonaviy o`zbek adabiyoti “… Sharq adabiy an’analarini boyitgan holda jahon adabiyoti tendentsiyalarini o`zlashtira boshladi”. Lekin, deya ta’kidlaydi.Y.Solijonov, jahon adabiyoti an’analari o`zbek badiiy asarlarini yaratishda mustahkam poydevorga aylanib ulgurmadi. Qator adiblar ijodida “bozor sharoitidagi inson taqdiri” mavzusi ustuvor muammo sifatida ajralib ko`rinadi. Ularning asarlaridagi bosh qahramon bozor munosabatlariga moslashib olgan yoki “ortiqcha odam”ga aylangan kishidir. Y. Solijonovning fikricha, “har bir adib yolg`izlik fojiasini o`zicha ochib beradi”. Olim Tohir Malik, Xurshid Do`stmuhammad, Zulfiya Qurolboy qizi va boshqa bir qator adiblarni sanab o`tar ekan, quyidagi belgilariga ko`ra, zamonaviy badiiy asar yaratishda o`zbek adabiyoti uchun yangilik bo`lgan o`ziga xos tendentsiyalarni keltirib o`tadi. Bular: 1) nasihatgo`ylikdan qochish; 2) zamonaviy jamiyatda ayol rolining o`zgarganligiga urg`u berish, ikki yo`l o`rtasida turgan ayolning ruhiy kechinmalarini yaratish; 3) ijtimoiy-madaniy, g`oyaviy-axloqiy tiplarning yonma-yon, bir-birlariga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko`rsatib yashashi; 4) O`zbek xalqining sobiq sho`rolar davridagi hayotini mushohada qilishga urinish; 5) jo`shqin syujetlarga intilish (“bozor adiblari” va “bozor adabiyoti”ni yaratgan salbiy tendentsiya sifatida); 6) tasviriylik va publitsistikaga moyillik. Albatta, mazkur ikki nuqtai nazar zamonaviy o`zbek adabiy jarayonini to`la qamrab ololmaydi. Biroq zamonaviy adabiyot rivojlanishiga doir ushbu yangilik va tendentsiyalar o`zbek adabiyoti taraqqiy etib borayotganini ko`rsatadi. Gulchira Garipova o`zining kontseptsiyasini ilgari surar ekan, O`zbekistonda “madaniyat rivojining barcha sohalarida milliy tarix va an’analarga qiziqish ortib borayotgani” kuzatilayotganini qayd etadi. G. Garipova XXI asr adabiy jarayonini “adabiy jarayon taraqqiyotining yangi bosqichi bo`lib, u milliy adabiyot tarixining barcha davrlarini qamrab oldi” deb ta’riflaydi. Biroq XX-XXI asrlar bo`sag`asida “XX asr (adabiy jarayon 20-80-yillar oxirini “sho`ro” davri deya belgilagan) milliy badiiyati bilan mumtoz adabiyot an’analari, asr boshidagi o`zbek badiiy “yangiligi” va jahon badiiy an’analari hamda amaliyoti o`rtasidagi uzilish yengib o`tildi”, degan mulohazasi bilan tadqiqotchi o`z fikriga o`zi qarshi chiqadi. Tadqiqotchi XX asr oxiri – XXI asr boshi o`zbek adabiy jarayoni rivojlanishining quyidagi tendentsiyalarini ko`rsatib o`tadi: 1) realistic va modernistic poetikaning yagona badiiy maydonga birlashishi; 2) ijtimoiy-shaxsiy muammolardan shaxsiy-maishiy muammolarga ko`chish; 3) yangicha mifologik yozish uslubini yaratgan ramzlardan foydalanish (bu ramzlar Sharqning o`ziga xos xususiyatlari va milliy an’analariga (masalan, zardushtiylik obrazlari, xalq asotirlari va shu kabilar) asoslangan); 4) “mo`’jizaviy realizm” tendentsiyalariga moyillik; 5) real voqelikning sun’iy in’ikosi bo`lgan, “abadiy olam” yaralishi haqidagi diniy-afsonaviy model elementlari syujetdan tashqari unsurlar sifatida “purkab qo`yilgan” asarlar, shuningdek, reallik va afsonaviylik o`rtasidagi syujet chegaralari bo`lmagan, syujet liniyasi turli xil afsonaviy tuzilmalar (afsona, rivoyat, hikoyat) bilan uyg`unlashgan asarlarning yaratilishi; 6) “… O`zgacha ko`rinishdagi tahliliy psixologizm”ni vujudga keltirgan chuqur majozlashtirish tendentsiyasi. G. Garipova xulosa o`rnida “O`zbek ijodkorlari o`z asarlariga modernism va neorealism elementlarini olib kirishdi” va “adabiy jarayon rivojlanishidagi yetakchi yo`nalishlardan biri realism oqimidir” degan ikki g`oyani ilgari suradi. Zamonaviy adabiy jarayonda turlicha uslublar, janrlar va bugungi voqelikni haqqoniy aks ettira oladigan tasviriy-ifoda vositalarining yangilanishi bilan ifodalanuvchi g`oyaviy-estetik tendentsiyalarning paydo bo`lishi shu bilan izohlanadi. Mazkur tendentsiya o`zining axloqiy-g`oyaviy tayanchlarini o`zbek xalqining shonli o`tmishidan izlaydi. Fikrimizcha, o`zbek adabiyoti bugungi kunda murakkab va individual taraqqiyot yo`lini bosib o`tmoqda. Nazarimizda, bu bosqichda uchta davrni ajratib ko`rsatish mumkin: 2. “O`tish” davri (XX asrning 80-yillar oxiri – 90-yillar). Bu davr qator omillar bilan belgilanadi: – mumtoz merosning (XII-XIX asrlar adabiyoti) tiklanishi, o`z vaqtida ta’qiqlangan ijodkorlar (Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy va jaded adabiyoti vakillari) asarlarining chop etilishi munosabati bilan o`zbek adabiyoti tarixidagi “oq dog`”larning yo`q bo`lishi; – diniy va ma’naviy qadriyatlar hamda tasavvuf adabiyotiga qiziqishning ortishi (Yugnakiy, Bolasog`uniy, Yassaviy asarlarining e’lon qilinishi); – O`zbek xalqi tarixiga nisbatan to`g`ri munosabatning tiklanishi va tarixiy-biografik janr ulushining ko`payishi (Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Bobur va shu kabi siymolar haqida qator asarlarning yaratilishi);– rus klassik adabiyoti an’analariga qiziqishning susayishi, O`rta yer dengizi va Amerika adabiyotiga (xususan, Eujenio Montale, Salvatore Kvazimodo, Kamilo Xose Sela, Garsia Markes kabi adiblarning ijodiga) qiziqishning ortishi; – “g`oyaviy bo`shliq”qa barham berilishi va o`zbek madaniyati hamda adabiyotida milliy g`oyaning shakllanishi. O`zbek adabiyotidagi “O`tish” davri vatanparvarlik ruhi yorqin aks etgan ko`plab asarlarning (xususan, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Shavkat Rahmon she’riyati, Shukur Xolmirzayev va Omon Muxtorning qator nasriy asarlari) vujudga kelishi hamda tarixiy siymolar va xalq qahramonlari obrazi yaratilishida ko`rinadi. Bunga Maqsud Qoriyevning “Ibn Sino”, “Beruniy”, Muhammad Alining “Sarbadorlar”, Sa’dulla Siyoyevning “Yassaviyning so`nggi safari”, Asad Dilmurodning “Mahmud Torobiy” kabi asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Bu hodisaning mohiyati shundaki, xalqimizning o`z-o`zini anglashi, o`zining millat sifatida noyob ekanligini idrok etishi, mustaqil hayot qurish uchun ilhomlanish manbalarini topishi zarur edi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur davr ijodkorlari adabiy pozitsiyalarining turlicha ekanligiga qaramay, boshqa-boshqa qutblarga ajralib ketmadilar. Bundan tashqari, sobiq sho`rolar davrini qayta baholaydigan, siyosiy qatag`onlar va “shaxsga sig`inish”, sho`rolar davriga tegishli bo`lgan “xususiyatlar” – milliy an’analar va urf-odatlarni mensimaslik natijasida kelib chiqqan oqibatlar haqida hikoya qiluvchi asarlar yaratildi. Masalan, shu davrda yaratilgan Odil Yoqubovning “Adolat manzili”, “Oqqushlar, oppoq qushlar” romanlari “paxta ishi” va Orol muammolariga bag`ishlanadi; Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” qissasida jahon urushi olis qishloq odamlari hayotiga keltirgan kulfatlar, “Maymun yetaklagan odam” hikoyasida esa kommunizm ideallariga ishongan inson taqdiri fojiasi aks etadi; Tohir Malikning “Murdalar gapirmaydilar” asarida “shaxsga sig`inish” davri qatag`onlari haqida so`z borsa, Tog`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida millatning uch avlod vakillari taqdiri qalamga olinadi. Bu tipdagi asarlarda fojiaviy ruh va millat dardini chuqur his etish ustuvorlik qiladi. Realistik ifodadan foydalanish, zamon va makon tushunchalarining o`zgacha idrok etilishi va buning natijasida dunyo manzarasining o`zgarishi, tarixiy siymolar obrazining birinchi planga chiqishi va tarixiy o`tmishni qayta anglash, badiiy ijoddagi ichki izlanishlar hamda nasihatgo`ylikdan voz kechish ham bu davrda yaratilgan ko`plab asarlarga xos bo`lgan xususiyatlardan sanaladi. 3. “Manzillar o`zgarishi va tahlillar” davri (1990–2000 yillar). Bu davrda o`zbek adabiyoti “milliy o`zlik – globallashuv”, “estetik qadriyatlar–bozor iqtisodiyoti” kabi bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar bilan tavsiflanuvchi vaziyatga tushib qoldi. Bu hol adabiy maydonga sezilarli ta’sir o`tkazdi. Adabiyotning estetik printsiplar va shakily eksperimentlarga ko`ra turli qatlamlarga ajralishi kuzatildi. Masalan, mavjud voqelikni Sharq mumtoz an’analari, xalq og`zaki ijodi va “oltmishinchi yillar” avlodi badiiy tajribalari bilan birgalikda o`zlashtirgan an’anaviy realism ruhida yaratilgan asarlar bilan bir qatorda ko`plab adiblar ijodida modernistic va postmodernistik tendentsiyaga ergashish paydo bo`lganini ham qayd etish lozim. O`zbek adabiyotidagi o`ziga xos bu jarayonga adabiyotshunos olimlar va tanqidchilar o`z vaqtida e’tibor qaratishdi. Adiblar modernism ko`magida olamning bebaqoligi haqidagi o`ylarni tasvirlashga inson hayotining o`tkinchiligi mavzularini yoritishga intiladilar. Albatta, modernism adabiyotimizda badiiy uslub sifatida to`la shakllanmadi. Shu bois modernistic ruhdagi tajribalar va izlanishlar to`g`risida so`z borgani to`g`riroq bo`ladi. Biz realistic adabiyotga xos bo`lmagan, adiblarning borliq, bugungi kun voqeligini anglashga bo`lgan intilishlarini yangi, o`ziga xos bir tarzda ifodalashga imkon beradigan printsiplar, usul va vositalarni, shuningdek, hayotning mavjud yoki o`ylab topilgan modelini yoki ko`pyoqlama vazifaga ega bo`lgan mifo syujetlarni yaratishga bo`lgan urinishlarni nazarda tutmoqdamiz. Ta’kidlash kerakki, o`zbek ijodkorlari G`arb adabiyotidagi hodisalardan nusxa ko`chirmay yoki ularga taqlid qilmay, milliy an’analar va zamonaviy o`zbek adabiy jarayoni taraqqiyotining ichki qonuniyatlariga tayangan holda ularni o`zlashtirmoqdalar. Masalan, Nazar Eshonqul o`zining “Muolaja”, “Bevaqt chalingan bong”, “Istilo”, “Tobut” kabi asarlarida arxitiplarga, motiv-obrazlar, topos-obrazlarga murojaat etadi, o`zbek millatining o`ziga xos xususiyatlari va Sharq psixologiyasini aks ettirarkan, montaj usulidan foydalanib, alohida mavjud bo`lgan hodisalarni yaxlit voqelikka aylantiradi; Omon Muxtor “Maydon” romanida adabiy uslub va tasvir predmeti sifatida “dialog o`yini”dan va muallif majozlaridan foydalanadi; Erkin A’zam o`zining “Chapaklar va chalpaklar mamlakati” qissasida shartli-fantastik usulni, asarni rivoyat janriga yaqinlashtiruvchi ramz va majozlarni tanlaydi; Xurshid Do`stmuhammad “Bozor” romanida inson ongining turfa shakli – falsafiy mushohadaga, xalq donishmandligiga murojaat qiladi. Modernistik ruhdagi asarlar yo`qotish, qayg`u, chorasizlik, qo`rquv, ruhiyatning o`zgarishi, fojia motivlarining yuzaga kelishi bilan belgilanadi. Shu ma’noda o`zbek adabiyotidagi modernizmga xos unsurlar shaxs va borliq, o`lim va hayot, ruh va tana, din va osiylik kabi muammolarni talqin etishga qaratilgan bo`lib, uning A. Shopengauer, M. Shtirner, S. Kerkogor, F. Nitsshe, A. Bergson falsafasi bilan o`zaro uyg`un ekanligini ko`rsatadi. Modernistik tendentsiyalarda bitilgan asarlarda yo`qotish, g`am, chorasizlik, qo`rquv, fojia motivlari paydo bo`la boshlaydi, lekin asar mualliflari, dunyo modernizmidan farqli o`laroq, ruhiy inqirozdan chiqish yo`llarini izlaydilar va yorug` vaqtlar kelishiga umid bog`laydilar. Bu davrda omma adabiyoti ham faollasha boshladi (sarguzasht qissa va ishqiy romanlar ko`payib ketdi). Nabijon Hakimovning bozori chaqqon bo`lgan sentimental ruhdagi asarlarini, Tohir Malikning “Shaytanat” romanini, Hojiakbar Shayxovning “Olis sayyora”, “Kelgindilar” kabi ilmiy-fantastik romanlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Bugungi adabiyot mumtoz adabiyot va realism an’analari, modernizm, postmodernism tendentsiyalarining yonma-yon yashayotgani bilan tavsiflanadi. Zamonaviy o`zbek adabiy jarayonida realism pozitsiyasi ancha kuchli. Misol tariqasida Abduqayum Yo`ldoshning “Bankir”, “Puankare”, Hakim Sattoriyning “Sog`inch”, Zulfiya Mizbaxning “So`fito`rg`ay”, Shodmon Otabekning “Agar oshiqligim aytsam…” kabi jamoatchilik e’tiboriga hamda tanqidchilar e’tirofiga sazovor bo`lgan asarlarini keltirish mumkin. Fikrimizcha, realism badiiy metod sifatida kelajakda ham asosiy yo`nalishlardan biri bo`lib qoladi. Binobarin, adiblarimiz hali bu metodning ko`plab usul va vositalarini o`zlashtirishlari lozim. Turgan gapki, bu yangilangan realism bo`ladi, deb aytishga asosimiz bor. Chunki hayotiylik badiiyati mavjud voqelik tasvirini zamonaviy vositalar majmuida berilishini talab etadi. Ehtimol, bugun o`zbek adabiyotida ildiz otgan boshqa tendentsiya neorealizmning vujudga kelishidan nishonadir. Biz bugungi qator asarlarda kuzatilayotgan hodisa– realism va modernism uslubining simbiozini nazarda tutmoqdamiz. O`zbek adabiyotidagi postmodernism unsurlari haqida so`z borar ekan, aytish joizki, bu hodisa o`zbek adabiyotidagi milliy chizgilar va o`zbekona matn qurilishidagi azaliy ohangdorlik xususiyatlarini o`zlashtirgan bo`lib, poetik-uslubiy yo`nalishi nuqtai nazaridan g`arb va rus postmodernizmidan tubdan farq qiladi. Ushbu yo`nalishga Omon Muxtorning “Ikki qiyofa”, Isajon Sultonning “Munojot”, No`mon Rahimjonovning “Jimjit jolalar” qissalarini misol qilib keltirish mumkin. Zamonaviy adiblarning jahon adabiyotida allaqachon urfdan chiqqan postmodernizmga moyilligini oqlaydigan yana bir ijobiy belgilardan biri postmodernchilar bosh printsip deb hisoblangan printsip – “asardan muallif shaxsini olib tashlash” printsipini pisand qilmaslikdir. Download 112.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling