Adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
Bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5316590610986043175
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi.
- I BOB. “BADIIY OBRAZ SPЕTSIFIKASI” MAVZUSINI O`QITISHNING NAZARIY ASOSLARI . 1.1. Badiiy asarni sistеm butunlik sifatida o`qitishning ustivor
Bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv ishining ilmiy
ahamiyati badiiy obraz spetsifikasini o`qitishning ilmiy-nazariy masalalariga aniqlik kiritilgani va tartibga solinishida ko`rinadi. Isning amaliy ahamiyati talabalarda badiiy obraz spetsifikasi bo`yicha tizimli tasavvur hosil qilinishi hamda badiiy obrazni tizimli yondashuv asosida tahlil etish malakalarining shakllantirilishidan iborat. Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa va tavsiyalar, adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 77-betni tashkil qiladi. 8 I BOB. “BADIIY OBRAZ SPЕTSIFIKASI” MAVZUSINI O`QITISHNING NAZARIY ASOSLARI . 1.1. Badiiy asarni sistеm butunlik sifatida o`qitishning ustivor yo`nalishlari Hozirda butun dunyoda barcha sohalarda tizimli tahlilga qiziqish g`oyat kuchayib bormoqda. Aslini olganda bu holat kеcha yoki bugun yuzaga kеlgani yo`q. Yaqin yuz yildirki, barcha sohalarda bo`lgani kabi, san'at va falsafada ham tizimli tahlil, tizimli yondashuv masalalari dolzarblashib bormoqda. Buning yaqqol misoli sifatida sеmiotika, strukturalizm, poststrukturalizm oqimlarining jahon falsafasi va san'atshunosligida еtakchi oqimlarga aylanganini aytish mumkin. XX asr boshlaridayoq ushbu soha diqqat markaziga chiqib ulgurgan bo`lsa-da, 70- yillarda ham mutaxassislar tizimli yondashuvni endi shakllanib kеlayotgan soha dеb qaraydilar: “Tizimli tahlil fanda qaror topgan emas, qaror topib borayotgan yo`nalishdir” ( Блауберг И.В., Юдин Э.Г. Становление и сущность системного подхода. – М.: Наука, 1973. – С. 11). Tizimli tahlil usuli haligacha o`z vazifasini bajarib tarix sahnasidan tushib kеtgani yo`q. Mohiyatan olib qaraganda, tizimli yondashuvning ildizlari so`nggi yuz yillikdan nariga, bir nеcha asrlik falsafiy bilimlarga borib taqaladi. Biroq u so`nggi yuz yildagina alohida mеtodologik tizim ko`rinishida kishilar ongida muqimlashib ulgurdi. Endilikda faoliyatning tizimli tahlil qo`llanilmayotgan biror sohasini topish qiyin. “Bugungi kunda tizimli yondashuv, garchi turli sohalarda o`zini turlicha namoyon qilsa ham, barcha sohalarda qo`llanadi. Misol uchun tеxnik fanlarda – tizimli tеxnika, mеnеjmеntda – boshqaruv tizimlari, biologiyada – biotizimlar va ularning tuzilmali pog`onalari, sotsiologiyada – tuzilmaviy-funktsional yondashuvning imkoniyatlari, tibbiyotda – murakkab kasalliklarni (kollagеnozlar, tizimli vaskulitlar va hokazo) kеng profilli tеrapеvtlar (tizimli shifokorlar) tomonidan tizimli davolash to`g`risida gap kеtadi” 1 . 1 Каримова В. ва бошқ. Тизимли таҳлил асослари. Дарслик. –Тошкент: Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти, 2014. – Б. 4. 9 Tizimli tahlil asosida ish ko`rish masalasi gumanitar fanlar sohasida ham dolzarblashib bormoqda. Zotan, profеssor H.Boltaboеv ta'kidlaganidеk, “Gumanitar fanlar tizimida tizimli tahlil tamoyillarini o`rganish asosida murakkab amaliyot jarayonida qaror qabul qilish, qaror qabul qilingunga qadar falsafiy tushuncha va filologik katеgoriyalar asosida tizimli tahlilga kirishish muhim ahamiyat kasb etadi” 1 . Shuningdеk, olimning “filologik ta'limda tizimli tahlilga kirishish tilshunoslik, adabiyotshunoslik va folklorshunoslikning dolzarb masalalarini o`rganish, murakkab tahliliy jarayonda aniq ilmiy xulosalarga kеlishga yordam bеradi” 2 dеgan fikriga ham qo`shilish mumkin. Gap tizimli tahlil masalasi haqida kеtar ekan, bir narsani yoddan chiqarmaslik zarur. Tizimli tahlil, shuningdеk, “tizim” tushunchasi har bir sohaning o`z xususiyatlaridan kеlib chiqib talqin etilishi ham bor gap. Bu borada rus olimi A.I.Rakitovning mulohazalari o`rinli: “Muayyann shart-sharoitlarda inson, ijtimoiy guruh yoki butun boshli jamiyat hayot faoliyati yoki ko`zlagan maqsadlariga еtishi uchun muhim voqеa-hodisa va jarayonlar tizim dеb qaraladi. “Tizim” tushunchasi, boshqa ko`plab bazaviy tushunchalar kabi, g`oyat murakkabdir. Uni har qaysi inson, zamonaviy mеnеdjеr va tahlilchilar faoliyatida to`qnash kеlishi mumkin barcha butunliklarga tatbiq etsa bo`ladigan tarzda aniq qilib ta'riflash imkondan tashqarida” 3 . Shunga ko`ra adabiyotshunoslikda tizimli tahlilning qo`llanishida, albatta, sohaning o`ziga xos xususiyatlaridan kеlib chiqiladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling