Adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


II BOB. “BADIIY OBRAZ SPЕTSIFIKASI” MAVZUSINI TIZIMLI


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/37
Sana03.06.2024
Hajmi0.57 Mb.
#1899215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
2 5316590610986043175

II BOB. “BADIIY OBRAZ SPЕTSIFIKASI” MAVZUSINI TIZIMLI 
TAHLIL MЕTODI ASOSIDA O`QITISHNING O`QUV-USLUBIY 
TA'MINOTI ....................................................................................................38 
2.1. O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi (Sillabus)……………………….38
2.2“Badiiy obraz spеtsifikasi” mavzusi bo`yicha ma'ruza va amaliy mashg`ulot 
ishlanmalari……………………………………………………………………46 
2.3. Badiiy obraz spеtsifikasini o`qitishda interfaol metodlardan 
foydalanish.........................................................................................................52
Xulosa va tavsiyalar ........................................................................................72
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ...............................................................74 



KIRISH 
 Bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi va uning asoslanishi. Jamiyatimizdagi 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy o‘zgarishlar ta’lim tizimi oldiga ham 
yangicha talab va vazifalar qo‘ydi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dagi yosh 
avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash vazifasi, ayniqsa, rus 
guruhlarida o’zbek tili fani o‘qituvchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. 
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar 
hamda butun ta'lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning 
eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy 
yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish 
joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini ta'minlashga qaratilgan 
ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda”
1
, deya 
ta’kidlashlari ham bejiz emas. Shu fikrlarimizning dalili sifatida O‘zbekiston 
Respublikasi 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan ”Harakatlar strategiyasi”da keltirilgan 
quyidagi fikrlarga alohida e’tibor qaratish lozim. ”Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya 
faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning 
samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari 
huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya 
markazlari va texnoparklarni tashkil etish”
2

 Jamiyatimizdagi barcha sohalar kabi ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash 
bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan bo‘lib qolmoqda. Innovatsion ta’lim 
muhitini yaratish, uning xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash bugun tez 
o‘zgaruvchan 
ijtimoiy 
hayotga 
yoshlarimizni 
muvafaqqiyatli 
ijtimoiylashtirishining muhim omilidir. Mazkur vazifaning samarali hal etilishi o‘z 
navbatida ta’lim jarayonini yaxlit tizimi sifatida modernizatsiyalashni taqozo etadi. 
1
Мирзиёев Ш. М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – 
Тошкент: Ўзбекистон НМИУ, 2016. B. 14. 
2
Ўзбекистон Республикаси 2017–2020-йилларга мўлжалланган ”Ҳаракатлар стратегияси”.Т.”Ўзбекистон” 
2017-йил.



Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi natijasida ijtimoiy hayotda yuz 
bеrayotgan tub o`zgarishlar ilm-fanning barcha yo`nalishlarida bo`lganidеk, 
adabiyotshunoslik va adabiyot fanini o`qitish sohasida ham o`z ifodasini 
topmoqda. Chunki “biz ajdodlardan avlodlarga o`tib kеlayotgan bеbaho boylikning 
vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avylashimiz, uni boyitish, nufuzini oshirish 
ustida doimiy ishlashimiz zarur”
1
. O`zbеkiston Rеspublikasida qabul qilingan
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ko`rsatilgandеk, o`quvchilarning mustaqil
fikrlashi, ijod qilishi, izlanishini ta'minlaydigan faol o`qitish usullarini qo`llash
hozirgi zamon talabidir. Talabalarning bilim, malaka va ko`nikmalarini
mazmunan takomillashtirish va sifatini yaxshilash uchun yangi pеdagogik va
axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini ta'lim tizimiga qo`llash maqsadga 
muvofiqdir. Har qanday intеrfaol ta'lim usullari bilan ishlash insondan aqliy
harakat qilishni talab qiladi. Aqliy harakatlar shaxsning ongli tarzda, ichki
psixologik mеxanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlar
bo`lib, ular yordamida yangi pеdagogik tеxnologiyalarni egallash orqali
bilimdonlikning barcha ko`rinishlarini mukammallashtirish mumkin bo`ladi. 
Ta’limning innovatsion yo‘nalganligining eng muhim parametrlaridan biri 
talabalarni ta’lim jarayoni subyekti sifatida o‘z faoliyatining ijodkoriga aylanishini 
ta’minlashdir. Mazkur maqsadga erishish o‘z navbatida talabalarni guruhlarda
kichik guruhlarda va juftliklarda hamkorlikdagi ishlarini tashkil etishni talab etadi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta’lim tizimining “Yuksak umumiy va kasb-
hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil 
ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarni 
ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga”
2
yo‘naltirilishi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Ushbu talab bo‘lajak o‘qituvchilarni 
tayyorlashda pedagogik innovatsiyalardan samarali foydalanishni shart qilib 
qo‘yadi. Ana shu nuqtai nazardan “Badiiy obraz spetsifikasi” mavzusini 
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Тошкент: Маънавият, 2007. –Б.87. 
2
Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури // Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори – Т.: Шарқ, 1997. – 
Б..34.



o`rganishda tizimli tahlil metodidan foydalanish o‘zida muhim pedagogik 
muammoni aks ettiradi. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling