Adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
Baholash mеzonlari va ko`rsatkichlari (ball)
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5316590610986043175
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys-stadi metodi
Baholash mеzonlari va ko`rsatkichlari (ball)
Guruh 1-topshiriq 2-topshiriq 3-topshiriq 4-topshiriq Ballar yig`indisi (1,0) (1,0) (1,0) (1,0) (4,0) “Badiiy obraz spеtsifikasi” mavzusi bo`yicha mustaqil ta’limni tashkil etish “Badiiy obraz spеtsifikasi” mavzusi bo`yicha ma`ruza va amaliy mashg`ulot o`tilgach, talabalarda ushbu mavzu yuzasidan bilim, ko`nikma va malakalar shkallanadi va bu o`z navbatida mavzuga oid mustaqil ta`limni tashkil etishga asos bo`ladi. Mazkur mavzuda mustaqil ta`limni muammoli hamda hamkorlikda o`qitish texnologiyasi asosida tashkil etish o`quv materialini samarali va tez o`zlashtirishga imkon beradi. “Badiiy obraz spеtsifikasi” mavzusi keys-stadi metodini qo`llash 64 uchun qulay. Keys-stadi metodi talabalarning Badiiy obraz spеtsifikasiga oid bilimlarini amalda qo`llash bilan birga bu boradagi muammoli masalalarni hal etish malakalarini ham shakllantiradi. Keys-stadi metodi Keys-stadi ( case-study ) aniq vaziyatlar tahlili metodi bo‘lib, real ijtimoiy, iqtisodiy, biznes vaziyatlar ta’rifidan foydalanuvchi ta’lim texnikasi hisoblanadi. Ta’lim oluvchilardan berilgan vaziyatni tahlil qilish, muammolar mohiyatini anglash, ushbu muammolarning muqobil echimlarini izlash va ular orasidan eng afzalini tanlash talab etiladi. Keyslar real dalilli materiallarga yoki real vaziyatga maksimal ravishda yaqinlashtirilgan ma’lumotlarga asoslanadi. Ushbu metod dastlab 1924 yilda Garvard biznes maktabida qo‘llangan. Keys-stadi ta’lim texnologiyasi – bu ta’limdagi metodik yangilik bo‘libgina qolmay, balki uning ta’lim tizimida keng ishlatilishi zamonaviy ta’lim tizimidagi vaziyatga ham bog‘liq. Aytish mumkinki, ushbu texnologiya asosan yangi bilim, ko‘nikmalarni o‘zlatirishga emas, o‘qituvchi va talabalarning umumiy intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan. Keys-stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida talabalar tomonidan eng afzal ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Buning sababi sifatida ushbu metod talabalarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) talabalarning professionalizatsiya jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jihatdan “ulg‘ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling