Adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Baholash mеzonlari va ko`rsatkichlari (ball)


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/37
Sana03.06.2024
Hajmi0.57 Mb.
#1899215
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
2 5316590610986043175

Baholash mеzonlari va ko`rsatkichlari (ball) 
 
Guruh 1-topshiriq 2-topshiriq 3-topshiriq 
4-topshiriq 
Ballar 
yig`indisi 
(1,0) 
(1,0) 
(1,0) 
(1,0) 
(4,0) 
 
 “Badiiy obraz spеtsifikasi” mavzusi bo`yicha mustaqil ta’limni tashkil 
etish 
“Badiiy obraz spеtsifikasi” mavzusi bo`yicha ma`ruza va amaliy mashg`ulot 
o`tilgach, talabalarda ushbu mavzu yuzasidan bilim, ko`nikma va malakalar 
shkallanadi va bu o`z navbatida mavzuga oid mustaqil ta`limni tashkil etishga asos 
bo`ladi. 
Mazkur mavzuda mustaqil ta`limni muammoli hamda hamkorlikda o`qitish 
texnologiyasi asosida tashkil etish o`quv materialini samarali va tez o`zlashtirishga 
imkon beradi. “Badiiy obraz spеtsifikasi” mavzusi keys-stadi metodini qo`llash 


64 
uchun qulay. Keys-stadi metodi talabalarning Badiiy obraz spеtsifikasiga oid 
bilimlarini amalda qo`llash bilan birga bu boradagi muammoli masalalarni hal 
etish malakalarini ham shakllantiradi. 
Keys-stadi metodi 
Keys-stadi (
case-study
) aniq vaziyatlar tahlili metodi bo‘lib, real ijtimoiy, 
iqtisodiy, biznes vaziyatlar ta’rifidan foydalanuvchi ta’lim texnikasi hisoblanadi. 
Ta’lim oluvchilardan berilgan vaziyatni tahlil qilish, muammolar mohiyatini 
anglash, ushbu muammolarning muqobil echimlarini izlash va ular orasidan eng 
afzalini tanlash talab etiladi. Keyslar real dalilli materiallarga yoki real vaziyatga 
maksimal ravishda yaqinlashtirilgan ma’lumotlarga asoslanadi. Ushbu metod 
dastlab 1924 yilda Garvard biznes maktabida qo‘llangan.
Keys-stadi ta’lim texnologiyasi – bu ta’limdagi metodik yangilik bo‘libgina 
qolmay, balki uning ta’lim tizimida keng ishlatilishi zamonaviy ta’lim tizimidagi 
vaziyatga ham bog‘liq. Aytish mumkinki, ushbu texnologiya asosan yangi bilim, 
ko‘nikmalarni o‘zlatirishga emas, o‘qituvchi va talabalarning umumiy intellekual 
va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan. 
Keys-stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida talabalar tomonidan eng afzal 
ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Buning sababi sifatida ushbu metod 
talabalarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda hamda amaliy 
ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida 
ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) talabalarning 
professionalizatsiya jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jihatdan 
“ulg‘ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy 
motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi 
o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, 
ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi. 


65 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling