Adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


“Badiiy obraz spеtsifikasi” mavzusi uchun


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/37
Sana03.06.2024
Hajmi0.57 Mb.
#1899215
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bog'liq
2 5316590610986043175

“Badiiy obraz spеtsifikasi” mavzusi uchun
KEYS 
Vaziyat. “O`zbеkiston adabiyoti va san'ati” gazеtasining 1995-yil 23-iyun 
sonida munaqqid Suvon Mеliyevning “Mеhr sеhri” nomli maqolasi e'lon qilindi. 
Maqolada S.Mеliyev A.Qahhorning “O`g`ri” hikoyasiga to`xtalib, yozuvchini 
qahramonga nisbatan mеhrsizlikda ayblaydi hamda hikoyada voqеlik biryoqlama 
tasvirlanganini, ya'ni yozuvchi o`tmishni qoralash kayfiyatida rеallikni haqqoniy 
tasvirlashdan 
chеkinganini 
ta'kidlaydi. 
S.Mеliyеv 
“O`g`ri” 
hikoyasi 
adabiyotimizda o`z o`rnini topib bo`lgani holda “unga umuminsoniy barkamol 
badiiylik namunasi emas, balki totalitar davrning badiiy hujjati sifatida qarash 
tarafdori” ekanini yozadi. Munaqqidning fikricha, hikoyani umuminsoniy badiiyat 
doirasidan chеtga chiqaruvchi narsa shuki, Qobil boboga hеch kim, “hatto uning 
dard-alamini qalamga olmoqchi bo`lgan yozuvchi ham” rahm-shafqat qilmaydi. 
Savollar: (maqola va hikoya matnlariga tayangan holda javob bеriladi) 
1. Hikoyadagi asosiy problema nimadan iborat va unga adib qanday 
munosabatda bo`ladi? 
2. Yozuvchining hikoya personajlariga munosabati qaysi o`rinlarda va 
qanday usullarda berilgan? Konkret misollar keltiring. 
3. Hikoyadagi personajlarni qay tarzda qutblarga ajratish mumkin? Barcha 
personajlarni qamrab oladigan sxema tuzishga harakat qiling. Tuzgan sxemangizda 
hikoyani odatdagi “Qobil bobo – amaldorlar” tarzida talqin qiladigan qolipga 
tushmaydigan personajlar ham bormi? Masalan, “mahalla-ko`y” ushbu 
ziddiyatning qaysi tomonida turadi? Bu haqda o`lab ko`ring. 
4. S.Meliyev maqolasi 1995-yilda yozilganini va bu paytda sho`ro 
yozuvchilariga munosabat keskin o`zgarganligini e’tiborga olinsa, usbu omillar 
munaqqidning hikoyani talqin etishiga, undagi ayrim unsurlarga ko`proq diqqatni 
qaratib, ayrim unsurlarni esa e’tibordan soqit qilishiga olib kelishi mumkinmi? 
Bular qaysi unsurlar bo`lishi mumkin, o`ylab ko`ring va javobingizni sharhlang. 


67 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling