Adabiyotlar 622452 ta videodars 982 ta


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
Sana03.02.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1154880
Bog'liq
amir



 
BOSH SAHIFA
 
KUTUBXONA
 
VIDEODARS
 
AUDIOKITOB
 
TIL O`RGANISH
 
HUJJATLAR
ADABIYOTLAR 622452 TA 
VIDEODARS 982 TA 
AUDIOKITOB 2205 TA 
ABU NASR FOROBIYNING IJTIMOIY 
FALSAFIY QARASHLARI. 
Reja: 
Kirish
1.
Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li.
2.
Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir 
qarashlari.
3.
Forobiyning jamiyat va axloq haqidagi qarashlari
4.Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi ijtimoiy 
qarashlar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Prezidentimiz Islom 
Abdug‘aniyevich Karimov aytganlaridek, “Dunyo tan olgan ko’p ulug’ 
faylasuflarning asarlari hanuzgacha o’zbek tilida nashr etilmaganligi 
tufayli aksariyat ziyolilar, xususan yoshlarimiz ularning g’oyaviy 
qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Suqrot, Platon, Nitsshe va Freyd kabi 
olimlarning, hozirgi zamon faylasuflarining kitoblarini tushunarli qilib, 
izoh va sharhlar bilan o’zbek tilida chop etishimiz kerak[1]”.
Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o‘zgarishlar, yangiliklar, 
ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar 
o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Buning uchun, avvalo, asriy an’analar, tegishli 
shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy–ma’naviy muhit mavjud 
bo‘lmog‘i kerak. “Biz ko’p masalalarda g’arb va sharq faylasuflarining 
fikrlari bilan, ayniqsa, individualism, egoism qarashlarini ilohiylashtirish 
bilan kelishmasligimiz mumkin.Lekin ularni hisobga olishimiz, keraklisini 
e’tirof, 
keraksizini 
inkor 
etishimiz 
zarur[2]”. 
Umuman olganda, Markaziy Osiyo madaniy merosi jahon 
madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas qismini tashkil etadi. 
Demak, Prezidentimiz yuqorida ta’kidlab o’tganlaridek, g’arb va sharq 
faylasuflarining qarashlarini ham yoshlar ongiga ularni sharq faylasuflari 


fikrlari bilan uyg’unlashtirgan holda singdirib borish darkor. Shuning 
uchun hozirda, yangi davr sharq faylasuflarining, xususan Abu Nasr 
Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikrlarini o‘rganish shu bugungi kunning eng 
muhim va dolzarb vazifalaridandir.
Kurs ishi mavzusining maqsadi. O‘zbekiston o‘z davlat 
mustaqilligi – suverenitetini 1991-yil 31-avgustda e’lon qilinishi nafaqat 
xalqimiz ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy taqdirida, balki xalqimiz ma’naviy 
taraqqiyotida, ta’lim–tarbiya tizimida, shu jumladan yuksak malakali 
mutaxassislar tayyorlash tizimida ham tom ma’noda mustaqil 
taraqqiyot, asl milliy va ayni paytda yangi zamonaviy umuminsoniy 
ma’naviy–ilmiy qadriyatlarning qaytadan kashf etilishi xalqimizga 
qaytarilishi, chuqur manbaviy va har tomonlama zamonaviy ilmiy falsafiy 
usul va prinsiplar asosida o‘rganish, tadqiq etish, ayniqsa, qadimgi, va 
hozirgi sharq falsafasi ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash 
imkoniyatlarini ham ochib berdi. “Avvalgi yillarda, - deb ta’kidlaydi 
Prezidentimiz I.A.Karimov, - ta’lim tizimimiz jahon sivilizatsiyasining ilg‘or 
yutuqlaridan va xalqimizning tarixiy ildizidan ajralib qolgan edi. Bu ahvol 
tubdan o‘zgartirilishi lozim. Aslini olganda, xalqimizning aqliy boyliklarini, 
jahon fani va madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o‘ziga singdirib 
oladigan yangi avlodni kamol toptirish … shu asosdagina millatning ongli 
vatanparvar birligi ruhini vujudga keltirish mumkin[3]”. Shuning uchun 
biz bugungi kunda sharq falsafasi vakili Abu Nasr Forobiy qarashlarini 
o’rganishni o’zimizga maqsad qilib oldik.
Umuman olganda jamiyat rivoji uchun falsafa ilmi o’ziga xos 
ravishda xizmat qiladi. Uni shakllantirishda esa g’arb va sharq 
faylasuflarining o’rni beqiyosdir.
“Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan 
birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy 
javoblar topilgan taqdirdagina ma’naviyat olami yangi ma’no – mazmun 
bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan 
kashfiyot – bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, 
ma’naviyatning shakllanishiga o’ziga xos ta’sir o’tkazadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, zaminimizda yashab o’tgan buyuk 
allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, 
bemisl ilmiy – ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga 
solayotganini g’urur bilan ta’kidlash lozim”. [4]


Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li
Abu Nasr Forobiy O'tror shahrida (hozirgi Qozog’istonning Chimkent 
viloyati hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada tug'ildi.Uning 
otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o'tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, 
arab, fors tilarini mukammal darajada o'zlashtirdi. Forobiy sanskrit 
(qadimiy hind tili) tilini o'rgandi va uni yahshi bilardi. O'zi turkiy halqlarga 
mansub bo'lib ona tilini yahshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni 
puhta egallagan edi. U ko'proq Bag'dodda yashagan.Arab tilini juda ham 
yahshi bilar edi. U ko'proq falsafa, mantiq va diniy ilmlarga qiziqar edi.
Forbiy turli ilmlarni yahshi o'zlashtirgan mavsu'iy olim edi. U falsafa, 
mantiq, ilohiyot, ahloq, siyosat, falakiyot, kimiyo, musiqa va boshqa 
ilimlarga oid o'nlab kitoblarni yozgan.
Forbiyning musiqa bo'yicha yozgan kitobi Islom madaniyatida yozilgan 
eng asosiy arabcha kitob bo'lib hozirgacha asosiy manbalardan bo'lib 
kelmoqda.U «Qonun» nomli musiqa asbobini ihtiro qilgan.
Abu Nasr Forobiy 336 hijriy yilda Damashq yaqinidagi 
qishloqlarning birida vafot etdi.
Abu Nasr Forobiy 260dan ziyod ilmiy ish yaratdi. Ulardan ayrimlari 
quyidagilardir:
1. «Risola fi A'za il Inson».
2. «Risola fi A'za al-Hayvon».
3. «Risola fir Raddi ala Jolinus fima Nakaza fiha Aristotelis».
4. «Kitobun fi Aroi ahl il-Madinatil Fazila».
5. «Risola fil Millatil-fazila».


6. «Ta'liqot».
7. «Risola fi Tahsil is Saodat».
8. «Risola uyun ul-Masoil».
9. «Risola al-Mufarraqot».
10. «Risola fi Masnil aql» va hokazo.
Forbiyning kitoblari ikki turga taqsimlanadi. Birinchisi talim tarbiya 
falsafa va boshqa sohalarda yozgan kitoblari. Ikkinchisi Aflotun, Arastu 
va ularga ergashganlarning kitoblariga yozgan sharhlari. Ba'zi 
tadqiqotchilar mazkur kitoblarning soni qirq donaga etganini aytadilar.
Forbiy o'zining talim tarbiya faoliyatida Aflotun va Arastu hamda 
yunon falsafasi va Islom dini orasida muvofiqlashtirishga qattiq uringan. 
Uning o'zi dinini mahkam tutadigan musulmon bo'lgan. Shu bilan birga, 
u Aflotun va Arastu mazhabiga o'hshash falsafiy mazhabga asos solgan 
birinchi musulmon faylasufdir.
O'sha paytda Aflotunning «at-Tosu'ot» nomli kitobi tarjima qilinib hato 
tariqasida Arastuning kitobi deb bilingan edi. Arabchada «Rububiyat» 
nomi bilan mashhur bo'lgan bu kitobni o'qigan Forobiy Arastuning 
fikrlari huddi Aflotunnikiga o'hshar ekanligiga hujjat va dalil topilganidan 
hursand bo'lgan va mazkur ikki faylasfning boshqa kitoblarini ham 
muvofiйlashtish uchun harakat qilgan. Forbiy ham Aflotunni, ham 
Arastuni bir hilda yahshi ko'rar va qadrlar edi.
Shu bilan birga bu ikki shahsning fikrlari bir biriga zid bo'lishini tasavvur 
qila olmas edi. Uning «al-Jam'u bayna ra'yay al-hakimayni Aflotun al-
Ilohiy va Arastutolis» - Ikki hakim - Aflotun ilohiy Arastularning fikrlarni 
jamlash deb atalgan kitob Forbiyning bu borada olib borgan hakatining 
gultoji hisoblanadi.
Forbiy o'zining bu ishi ila birinchi bo'lib Islom olamida Aflotun talim 
tarbiya va axloqiy qarashlari tarqalishiga sabab bo'ldi. Shu bilan birga 
huddi shu ishning o'zi musulmon faylasuflarga yunon falsafasini diniy 
masalalarda tap tortmay ishlatishga yo'l ochib berdi.
Forbiy birinchi bo'lib Alloh taoloning borligiga olamni dalil qilib ketirmay 
U zotning borligini yolg'iz aqliy dalil bilan isbot qilishning yangi uslubini 


keltirdi. U bor narsalarni ikkiga - vujudi mumkin va vujudi vojibga 
taqsimlaydi. Mumkinul vujud dunyodagi mavjudotlar bo'lib ularning 
bo'lishi mumkin bo'lganidek, bo'lmasligi ham mumkin.Ularga qarasak 
ba'zilari yo'qolib, o'rniga boshqalari paydo bo'lib turganini ko'ramiz.
Ana o'shalar o'zidan boshqa narsaning tasiri tufayli o'zgaradi va 
almashadi. Ularning har biriga alohida nazar solsak ham shu holni 
ko'ramiz.Bu silsilaning ohirgi nuqtasi bo'lishi kerak.Ana o'sha ohirgi 
nuqta, hamma mumkinul vujudlarning borib taqaladigan nuqtasi vojibul 
vujud - vujudi vojib bo'lgan, u bo'lmasa boshqa narsalar bo'lmaydigan 
zotdir.
Forbiyning falsafasida va talim to’g’risidagi axloqida Alloh - vojibul 
vujuddir. Mazkur aqliy dalilga binoan vojibul vujud quyidagi sifatlarga 
ega:
1. Alloh taoloni ta'riflash mumkin emas.
2. Alloh taoloning boshqa narsalarga o'hshab mohiyati yo'q.
3. Alloh taolo zarurat yuzasidan yolg'izdir, sherigi yo'qdir.
4. Alloh taolo modda emas. U holis aqldir.U holis yahshilikdir.
Forbiyning Islom aqiydasiga to'g'ri kelmaydigan falsafasidan biri «Alloh 
juz'iy narsalarni bilmaydi» deyishidir.
Shuningdek, Forbiy e'tiqodga tegishli olamning yaratilishi, nafs, aql, 
nubuvvat va boshqa mavzularda ham falsafa yuritgan.
Bilish jarayonini aql va sizgilar orqali yuzaga keladi. Bilish jarayoni 
cheksiz bo’lib, u inson jonli mushohada va tafakkurining noaniq narsani 
bilmaslikdan bilishgacha bo’lgan murakkab yo’lni bosib o’tadi. Bu 
yo’nalish hodislar oqibatini bilishdan ularning sababini anglash, 
aksidensiyaadan substansiyaga yetib borishni maqsad qilib qo’yadi. 
Bilishda aql va mantiq, ilmining maqomi beqiyosdir. Mutafakkur 
talqinida aqliy bilish ikki jihatga ega: birinchidan, u aniqlikdan 
uzoqlashish va undan umumiy tamon va jihatlarni ajratib olishni, ikkinchi 
tamondan esa, ushbu umumiylik ko’magida konkret jihatlarning 
mohiyatiga chuqurlashishni taqozo etadi..aql vositasida inson ilm-fanni 
yaratadi. Fan tufayli hodisal mohiyatini ochib beriladi. Har bir fan 


insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bundan 
tashqari, Forobiy bilish ta’limotining boshqa jihatlarini ham o’rgangan. U 
ilmiy tadqiqotda kuzatuv, bahs-munozara ,bilish metodlari, jonli 
mushohadaning cheklanganligi to’risida qiziqarli g’oyalarni ilgari surgan. 
Forobiy tufayli musulmon Sharqiy talim tarbiya axloqiy va falsafiy 
tafakkurida mantiq ilmi chuqur iz qoldirdi.
Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari
Forobiy fikricha, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib, ular 
ayni bir vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari 
bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. Birinchi bosqich – birinchi sabab (Xudo); 
ikkinchisi – samoviy jismlar borlig‘i; uchinchisi – faol aql, to‘rtinchisi –ruh; 
beshinchisi – shakl; oltinchisi – modda. SHunday qilib, xudo va modda, 
yagona bir butunni tashkil etib, bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan 
sababiy bog‘lanishdadirlar. O‘zlarining sababiy bog‘lanishlari tufayli 
ushbu ibtidolar ikki ko‘rinishga ajratiladilar: «vojibul vujud» - shunday 
narsaki, mavjudligi o‘zidan kelib chiqadi; «mumkinul vujud» - shunday 
narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi. «Mumkinul 
vujud» o‘zining bor bo‘lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va qachonki u 
paydo bo‘lsa, boshqa narsa tufayli, «vojibul vujud» ga aylanadi. 
Forobiyning ibtidolar haqidagi ta’limoti shundan guvohlik beradiki, unga 
yangi aflotunchilikning emanatsiya nazariyasi ta’sir o‘tkazgan bo‘lib, u ilk 
islom e’tiqodidagilarning nuqtai nazarlaridan mohiyatan farq qiladi.
Birinchi sabab (vojibul vujud) abadiylik xususiyatiga ega bo‘lganligidan, 
modda ham, uning oqibati sifatida abadiylikka daxldor bo‘ladi. Erdagi va 
osmondagi doiralarning barchasi jismiylik (moddiylik) xususiyatiga 
egadirlar. Barcha narsalar olti ko‘rinishga bo‘linadilar: samoviy jismlar, 
aqlli hayvon (inson), aqlga ega bo‘lmagan hayvonlar, o‘simliklar, 
minerallar, to‘rt unsur-olov, havo, tuproq va suv. Oxirgilari moddiylikning 
asosi bo‘lib, moddaning eng oddiy ko‘rinishini ifodalaydilar. Qolgan besh 
turdagisi murakkab bo‘lib, ushbu birlamchi unsurlarning turli darajadagi 
qo‘shilishlari natijasida paydo bo‘ladilar. Forobiy fikricha, «barcha 
ashyollarning umumiy turi dunyo» bo‘lib, oddiy jismlardan tashkil topgan 
va «dunyodan tashqarida hech narsa yo‘q»[5]. 


Har qanday jism, avvalo imkoniyatda mavjud bo‘ladi va undan 
keyingina voqeylikka aylanadi. Imkoniyatdan voqeylikka o‘tish 
moddaning muayyan shakl bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladi. 
Forobiyning qarama-qarshiliklar va ularning qarama-qarshi shakllarining 
bir-birlari bilan to‘qnashishi haqidagi fikrlari, tabiatdagi o‘zgarishlarni 
tushunish manbai sifatidagi urinishga qaratilgan bo‘lganligidan, juda 
ham qimmatlidir.
Bilimni Forobiy amaliy (kasb-hunar) va nazariy (fan)ga bo‘ladi. Nazariy 
bilimlar doirasida bosh o‘rinni falsafa egallaydiki, Forobiy uni borliqning 
umumiy xususiyatlari va qonunlari haqidagi fan deb ifodalaydi va uning 
muayyan fanlarga bo‘lgan nisbatini umumning xususiyga bo‘lgan 
munosabati sifatida belgilaydi. Forobiy tizimida falsafa haqidagi «fanlar 
fani» degan qoida o‘z ifodasini topgan.
Forobiy o‘rta asrlar davrida birinchi bo‘lib fanlar tasnifini vujudga 
keltirdiki, u o‘sha vaqtdagi ilmiy bilimlarning ensiklopediyasi hisoblanar 
edi. Barcha fanlarni Forobiy besh guruhga bo‘ladi:
1.
Etti bo‘limdan iborat til haqidagi fan.
2.
Mantiq.
3.
Etti mustaqil fanga bo‘linadigan riyoziyot, ya’ni arifmetika, 
geometriya, optika, yulduzlar haqidagi fan, musiqa haqidagi fan, 
og‘irliklar haqidagi fan va mexanika.
4.
Tabiiy va ilohiy fanlar, yoki metafizika.
5.
Shaharni boshqarish haqidagi fan (yoki siyosiy fan), 
huqukshunoslik va kalom.
O‘zining fanlar tasnifida Forobiy har bir fan o‘rganadigan narsaning 
o‘ziga xosligi, uning qonunlarining xususiyati va ularga xos bo‘lgan bilish 
vositalarini hisobga oladi.
Forobiy fikricha, fan va umuman barcha bilimlar sub’ektiv xohish va 
istakdan emas, balki ularga nisbatan tobora oshib boradigan inson 
ehtiyojlari natijasida kelib chiqadilar. Forobiyning fanlar tasnifi Sharqda 
ham, Evropada ham, kelgusidagi fanlar tasnifiga kuchli ta’sir o‘tkazib, ular 
taraqqiyotida katta o‘rin tutdi.
Tabiat qabul qiluvchidan (sub’ekt) oldin keladi, «his-tuyg‘u orqali 
qabul qilinadigan narsa, uni idrok qilishdan oldin kelganidek, bilib 
olinadigan narsa, unga taluqli bilimdan oldin mavjud bo‘ladi»[6]. Forobiy 


tabiatni bilish jarayonining cheksizligini qayd etib, uni bilmaslikdan bilish 
tomon ko‘tarilishi, oqibatdan sababga, hodisadan mohiyatga, orazdan 
(aksidensiya) javhar (substansiya) tomon boradi, deb hisoblaydi. Forobiy 
bilishning ikki bosqichini – hissiy va fikriyni bir-biridan farqlab ko‘rsatadi. 
Hissiy bilimning o‘rniga to‘xtalib, Forobiy insonni tashqi dunyo bilan 
bog‘laydigan besh xil sezgining har biriga alohida e’tibor qaratadi. 
Forobiy sezgining har bir turini uni muayyan his qiluvchi badan a’zosi 
bilan bog‘liq ravishda ko‘rib chiqadi. Forobiy fikricha, har qanday sezgi 
badanning his qiluvchi a’zolariga hech kimga bog‘liq bo‘lmagan (ob’ektiv) 
holda mavjud bo‘lgan narsalarning muayyan xususiyatlarining tashqi 
jismoniy ta’siri natijasidir. Forobiy xotira, tasavvur va xayolga his qilish va 
fikrlash orasidagi o‘rtalik joyni ajratib, ularni bilishning hissiy bosqichlari 
bilan bog‘laydi. Uning fikricha, ularning jismoniy a’zolari miyaning oldingi 
qismida joylashgan. Ammo inson uchun xos xususiyat ayrim olingan 
alohida hayvonlarda ham uchraydigan sezgi va zehn emas, balki aqldir. 
Hayvonlardan farqli o‘laroq, «inson aql va sezgilar orqali bilim kasb 
etadi»[7].«Aqliy kuch» tashqi buyumlarning fikriy qiyofasini beradi. His-
tuyg‘udan farqli o‘laroq, tafakkur ashyolarni fikrlash jarayonida bilib 
boradi, ya’ni narsalarning hissiy sifatlaridan chalg‘ib, undagi eng umumiy 
va mohiyat jihatdan muhimlarini topib boradi. Bundan tashqari, aqlga, 
his-tuyg‘udan farqli o‘laroq, tushunish xosdir[8]. Mavhum ilmiy 
tushunchalar, jumladan, riyoziyotga doirlari ham, qanchalik tashqi 
dunyodan ajralgan bo‘lib ko‘rinishlaridan qat’iy nazar, muayyan mavjud 
bo‘lgan jismlarning xususiyatlarini aks ettiradilar. Bilimning ikki 
shaklining usul va xususiyati – hissiy va aqliy – ularni ikki xilda bayon 
qilishni belgilaydi: sezish sifatlaridan fikriy mohiyatlarga, ya’ni 
muayyanlikdan majhullikka va jismlarning fikriy tomonlaridan ularning 
hissiy sifatlariga, ya’ni majhullikdan muayyanlikka.
Forobiy aqliy bilishda bir qator bosqichlarni farqlaydiki, bu narsa 
uning bilinayotgan narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borganligidan 
guvohlik beradi. Bu – muayyan narsadan chetlashib, undagi umumiy 
narsani ajratib olish, so‘ngra esa ana shu umumiy narsa yordamida – 
muayyan narsaning mohiyatiga chuqurroq kirib borishida namoyon 
bo‘ladi. Oxir oqibatda aql, barcha erdagi moddiy narsalrni bilib olgandan 
keyin, osmoniy jismlarni bilishga o‘tadi va dunyoviy, koinotdagilar bilan 
qo‘shilib va qorishib ketib, ushbu dunyoviy aqlning ta’sirida aqliy bilim 
amalga oshadi.


Insonni dunyoni bilib olishida faol aql (al-aql al-faol) ishtirok etadi.U 
his-tuyg‘u ma’lumotlarini tafakkur uchun etkazadi. Tafakkur chuqur va 
har tomonlama bilimga olib boradi. Pirovardida, u dunyo to‘g‘risidagi 
barcha bilimlar bilan boyib, abadiylikka olib keladi.Faol aql inson bilan 
birinchi sabab o‘rtasida vositachi sifatida xizmat qiladi.Birinchi sabab 
uning o‘ziga ham taalluqlidir.Faol aql badanda joylashgan ruh bilan 
bog‘langan, va shunday qilib, ilohiy hayotning xususiyati insonga o‘tadiki, 
uning bilimlari aqliy kuch timsolida abadiylikka qadam qo‘yadi.
Forobiy mantiqiy tizim kulliyotning asoschisi bo‘lib, u tufayli alohida 
unvon bo‘lgan «al-Mantiqiy» laqabini olgan. U Arastuning mantik 
sohasidagi barcha asarlariga sharhlar yozgan. Bundan tashqari, uning 
o‘zi ham mantiq bo‘yicha ko‘plab asarlarning muallifidir.
Forobiy mantiqda ilmiy bilimning usulini ko‘rdi. Mantiq fikriy 
jarayonning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlash uchun xizmat qiladi 
va kategoriyalar, ya’ni aql bilan tushuniladigan mohiyatlar bilan ish 
ko‘radi. «Mantiq, - deb yozadi Forobiy, - qachonki falsafaning u yoki bu 
qismlarida qo‘llanilsa, mohiyat jihatidan qurol bo‘lib, uning yordamida 
nazariy san’at nimani qamrab olgan bo‘lsa, o‘shalarning barchasi haqida 
ishonchli bilimlarga erishtiradi»[9].Forobiy mantiqiy istilohlarni 
(atamalarni) ishlab chiqishga ham katta hissa qo‘shdi. U mantik bilan 
grammatika, mantiqiy fikr va uning nutqiy ifodasi o‘rtasida aloqa 
topishga harakat qildi. Masalan, mantiq ob’ektini belgilab, u quyidagilarni 
ko‘rsatadi: 1) Iste’dodga ega bo‘lish va uning yordamida inson 
tushunchalar orqali fikrlaydi, fan va san’atni egallaydi; 2) inson ruhida 
paydo bo‘lgan va ichki nutq deb ataluvchi kategoriyalar; 3) aqlda paydo 
bo‘lgan ifoda – buni tashqi nutq deb ataydilar. Forobiyning mantiq bilan 
grammatikaning o‘zaro aloqasi haqidagi talqini hozirgi kunda ham o‘z 
ahamiyatini saqlab qolgan.
Forobiy tushunchalar, hukmlar va xulosalar kabi mantiqiy shakllarni 
qarab chiqishga katta e’tibor bergan. Tushunchaning mantiqiy tuzilishini 
tekshirib, Forobiy mufassal ravishda tushunchalarning tur va xildagi 
munosabatlari, bo‘linishlari va turli ko‘rinishdagi tavsif va belgilari hamda 
ilmiy tushunchalarning xos xususiyatlari – ularning oddiy 
tushunchalardan farqi, ularning tildagi ifodasi, ya’ni ilmiy istilohlar 
masalasiga to‘xtab o‘tadi. Hukmlarni tadqiq qilib, Forobiy hajm va 
mazmundan kelib chiqib, sub’ekt (ega) va predikat (kesim)ning o‘zaro 


munosabatlarini qarab chiqadi. Forobiyning hukmlarni ularda 
predikatlar sifatida chiqadigan predikabillarga bog‘liq ravishda ajratishga 
urinishi alohida e’tiborga sazovordir.
Biroq Forobiyning eng katta qiziqishi xulosaga nisbatan namoyon 
bo‘ladi. Uning deduktiv ( umumiylikdan juz’iylikka) xulosadan, boshlanish 
payti sifatida kelib chiqish mumkin bo‘lgan, haqiqiy muhokama 
(posыlka)lar haqidagi ta’limoti ajoyibdir. Qiyosning (sillogizm) birinchi 
muhokamasini va dalillardagi isbotlarni tashkil etuvchi bu haqiqatlar 
to‘rtta: maqbulot (aniqlash), mashhurot (umum qabul qilgan), maxsusot 
(xususiy sezish, hissiy bilim), maquloti avval (birlamchi tushunchalar; 
isbotsiz qabul qilinadigan haqiqatlar - aksiomalar). Forobiyning 
asarlarida qiyosning tuzilishi va shakllari, mantiqiy xatolarning kelib 
chiqish sabablari, qarama-qarshiliksiz qonunlar, asosning etarligigi va 
shunga o‘xshash bir qator qimmatli fikrlar mavjud.
Forobiyning Jamiyat va axloq haqidagi qarashlari.
Forobiy o‘rta asr mutafakkirlaridan birinchi bo‘lib jamiyat haqidagi bir 
butun ta’limotni ishlab chiqdi. Uning bu xizmati jahon ilmiy adabiyotida 
hamma tomonidan qabul qilingan. Forobiy o‘z asarlarida sezilarli 
darajada bir qator masalalarni yoritib bergan:
1.
Ijtimoiy fanlarning mavzu va vazifalari.
2.
Ijtimoiy birlashmalarning kelib chiqishi, tarkibi va ko‘rinishlari.
3.
SHahar-davlat, uning vazifalari va boshqaruv shakllari.
4.
Jamiyatda insonning o‘rni va majburiyati, ta’lim-tarbiya masalalari.
5.
Davlat uyushmasining vazifalari va pirovard maqsadi, umumiy 
baxt-saodatga erishishning yo‘llari va vositalari.


Ijtimoiy hayot haqidagi fanlar jumlasiga Forobiy shahar-davlat yoki 
siyosiy fanni (al-madaniyya), huquqshunoslik (fiqh) va musulmon 
ilohiyotini (kalom) kiritdi. Axloq va ta’lim-tarbiya haqidagi fan 
(pedagogika) siyosiy fanlarning bir qismini tashkil etib, umumiy baxt-
saodatga erishish yo‘llarini ko‘rsatib berishi lozim. Axloq fani (etika) – bu 
jamiyat a’zolarining hatti-harakatlari haqidagi bilim bo‘lsa, siyosiy fan – 
umuman barcha jamiyat a’zolarining fe’l-atvori va hatti-harakatlarini 
boshqarish haqidagi bilimdir. Forobiy fikricha, davlatni boshqarish ikki xil 
bo‘ladi: davlat aholisini haqiqiy yoki xayoliy baxt-saodatga etaklab olib 
boruvchi. Boshqarish san’ati idora qilishning nazariyasini ham, 
amaliyotini ham nazarda tutadi. Ularni birga qo‘shib olib borish, ayrim 
olingan har bir muayyan holatda, davlatni to‘g‘ri boshqarish imkoniyatini 
beradi.
Kishilarning jamiyatga birlashishi urushlar va kuch ishlatish natijasida 
hamda odamlarning o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishlari 
tufayli kelib chiqadi. U kishilarning mavjudligi va kamolot topishi uchun 
zarurdir[10]. Jamiyat turli xalqlardan tashkil topadi. Xalqlarning o‘ziga xos 
fe’l-atvorlari va xislatlarini Forobiy u yoki bu xalq yashayotgan jo‘g‘rofiy 
sharoit xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda tushuntiradi. Forobiy shahar-
davlatlarni fozil yoki orzudagi va johilga bo‘ladi. Orzudagisi – bu shunday 
shaharki, u aholisining o‘zaro hamkorligi asosida mavjuddir. SHahar-
davlatning ichki va tashqi vazifalari bor. Tashqi vazifasi – bu shahar 
mudofaasini tashkil qilish va uni tashqi hujumlardan saqlash. Ichki 
vazifasi – uning aholisining baxt-saodatini ta’minlash. Forobiy 
boshqaruvning uch shaklini ko‘rsatib o‘tadi: yakka hokimlik, oz sonli 
kishilar guruhining boshqaruvi, xalq tomonidan saylangan eng loyiq 
shaxsning hokimiyati[11]. Bunda Forobiy uchun hal qiluvchi narsa, 
boshqaruv shakllarining o‘zigina emas, balki uning sog‘lom aqlga to‘g‘ri 
kelishi yoki kelmasligidir.
Kamolotning yuqori cho‘qqisiga erishgan jamiyatlarda kasb-hunarni 
ozodona tanlash imkoniyati bor. Bu erda yakkahokimlik yo‘q bo‘lib, 
haqiqiy ozodlik va tenghuquqlik hukmronlik qiladi. Bunday 
shaharlarning aholisi o‘z boshlig‘ini saylaydi, ammo uni har qachon 
hokimiyatdan mahrum qilishi ham mumkin. Bunday shaharlarning 
boshliqlari o‘z faoliyatlarida adolatlilik, teng huquqlik va umumiy 
farovonlik qoidasidan kelib chiqadilar[12]. Boshliq – bu o‘ziga xos 
muallim bo‘lib, o‘z o‘quvchilarini bilim olishga va baxt-saodatga erishish 


yo‘llarini o‘zlashtirishga o‘rgatadi. Ammo barcha talablarni bir kishida 
mujassamlashtirish qiyin, shuning uchun guruh tomonidan bo‘ladigan 
boshqaruvni tashkil etish mumkin. Bunday holatda jamiyatning har bir 
a’zosi ushbu xususiyatlardan birortasini mujassamlashtirmog‘i lozim 
bo‘ladi.
Davlat va jamiyatning pirovard maqsadi bo‘lgan umumiy baxt-
saodatga erishish muammosi Forobiy ta’limotida muhim o‘rin tutadi. 
Bunga yo‘l – ilm-fan va ta’lim-tarbiyadir. Haqiqiy baxt-saodatga bilimlarni 
egallash yo‘li vositasida erishiladi. Haqiqiy baxtga shundagina 
erishiladiki, qachonki, har kanday yomonlik bartaraf qilinib, kishining 
ruhi va aqli o‘zining mohiyatlarini va barcha xayrli, ezgu ishlarni bilishda 
eng yuqori saviyaga erishib-abadiylikka dahldor bo‘lgan dunyoviy aql 
bilan qo‘shilib ketsa. Inson o‘ladi, ammo uning hayoti davomida erishgan 
baxti ma’naviy ko‘tarinki hodisa bo‘lib, zavol topmaydi, balki undan keyin 
saqlanib qolib, insoniyatga xizmat qilishi mumkin.
Forobiy falsafasining inkor etib bo‘lmaydigan joyi shundaki, u nazariy 
falsafani haqiqiy va asosiy ilm, deb bilib, qolgan barcha fanlarni unga 
tobe bo‘lgan ikkinchi darajali sohalar maqomiga qo‘ydi. Falsafalar 
o‘rtasidagi umumiy dunyoqarashlar bilan kifoyalanmay, din bilan 
falsafani ham ayrim bir qismga joyladi. Uning fikricha, falsafadagi 
masalalar isbotini payg‘ambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar, zero, 
mohiyat jihatidan falsafa bilan din o‘rtasida hech qanday tafovut yo‘q. 
Bunday karash o‘z davrida nihoyat darajada muvaffaqiyat qozonib, 
islomiy falsafaning asosi va usulini belgilab beruvchi fikrlash tarziga 
aylandi.
Forobiyning ta’limoti Sharqda va Evropada ijtimoiy-falsafiy fikrlarning 
bundan keyingi rivojida muhim o‘rin tutdi. U Basradan chiqqan falsafiy 
to‘garak bo‘lgan «Ixvon as-safo» («Sof birodarlar») a’zolari va Abu 
Sulaymon Mantiqiy, Ibn Miskaveyh, Ibn Bajja, Ibn Tufayl, Maymonid 
qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk olim Ibn Sino uni o‘zining ustozi 
deb hisoblar edi.


Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi ijtimoiy qarashlar
Birinchi mavjud boshqa barcha mavjudod borligining birinchi 
sababidir.Bo’lishi mumkin bo’lgan turli tuman kamchiliklarning 
barchasidan ozod-pokdir.Undan boshqa barcha mavjud narsa nuqsonlik 
bo’lishi holatidan holi emas. (Nuqson) bir bo’lishi mumkin va yoki birdan 
ko’p bolishligi mumkin.
Ammo avvaliga kelsak, u barcha nuqsonlardan holidir. Uning borligi 
barcha (borliq)dan afzal va boshqa borliqlar oldin kelur, uning borligidan 
yana ustun bo’lga va undan oldin keladigan boshqa borliqning bo’lishi 
ham mumkin emas. Demak, u borliq ustunligi (fazilati) borasida eng 
yuksak darajadadur, borliq mukammalligi nuqtai nazaridan qarasak, u 
yuqori martabadadur.
Bunday shahar hokimi bo’ladigan odam (Allohdan boshqa) hech 
kimga bo’ysunmasligi kerak. Fozillar shahrining birinchi boshlig’i shu 
shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiatan o’n 
ikkita hislat – fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur. Fozillar shahri 
hokiimi avvalo to’rt muchchali sog’-solim bo’lib, o’ziga yuklangan 


vazifalarni bajarilishida biror a’zosidagi nuqson halal bermasligi lozim, 
aksincha, u sog’ salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim. 
(Ikkinchidan), bunday shahar hokimi tabiatni nozik farosatli bo’lib, 
suhbatdoshini so’zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg’ab olishi lozim, shu 
sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi 
zarur.(Uchinchidan), u anglagan, ko’rgan, eshtgan, idrok etgan narsalarni 
xotirasida to’la-to’kis saqlab qolishi, barcha tavsilotlarni unutmasligi 
lozim. (To’rtinchidan), u zehni o’tkir, zukko bo’lib har qanday narsaning 
bilinar – bilinmas alomatlarini va u alomatlari nimani anglatishini tez 
bilib, sezib olishi zarur. (Beshinchi), u fikrini ravon tushuntira olish 
maqsadida, chiroyli so’zlar bilan ifodalay olishi zarur. (Oltinchi), u 
(ustozlardan) ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga havasli bo’lishi , o’qish, 
o’rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan 
qochmaydigan bo’lishi kerak. (Yettinchi), taom yeyishda, ichimlikda, 
ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o’zini tiya oladigan 
bo’lishi, (qimor yoki boshqa) o’yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq 
bo’lishi zarur.(Sakkizinchi). U haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni 
sevadigan, yolg’onni va yolg’onchilarni yomon ko’radigan bo’lishi zarur. 
(To’qqizinchi), u o’z qadrini biluvchi va nomus oriyatli odam bo’lishi, 
pastkashlardan yuqori turuvchi, tug’ma oliy himmatli bo’lishi, ulug’, oliy 
ishlarga intilishi zarur. (O’ninchi), bu dunyo mollariga, dinor va 
dirhamalarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvimaydigan) bo’lishi 
zarur. (O’n birinchi), tabiatan adolatparvar bo’lib, odil odamlarni 
sevadigan, istebdod va jabr-zulumni, mustabid va zolimlarni yomon 
ko’ruvchi, o’z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, 
barchani haqiqatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, 
barchaga yaxshilikni va o’zi suygan go’zallikni ravo ko’ruvchi bo’lishi 
zarur. O’z haq ish oldida o’jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday 
haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo’lishi zarur. (O’n ikkinchi), o’zi zarur 
deb hisoblagan chora – tadbirlarni amalga oshirishda qat’iyatli, sabotli, 
jur’atli, jasur bo’lishi, qo’rqoqlik va hadiksirashlarga yo’l qo’ymasligi zarur.
Mana shu barcha xislatlarnihg bir odamda jamlanishi amri mahol, 
zero bunday tug’ma fazilatlar sohibi bo’lgan odamlar juda kam uchraydi 
va ular nodir insonlardir. Mobodo fozillar shahrida shunday barkamol 
insonlar topilibqolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan oltitiasi, yoki beshtasi 
kamol topganda ham, u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar 
shahriga rahbarlik qila oladi. Ba’zi mahallarda fozillar shahrida bunday 


odamlar yoq bo’lib qolganda ham (vafot etganda yhud boshqa joyga 
ketgan vaqitda – M.M.) ana shu imom (hokim) yohud uning izdoshlari 
(agar mazkur imomdan so’ng birin – ketin shaharga boshliq bo’lsalar) 
chiqargan qonun va tartiblariga amal qilinadi.
Avvalgi imom o’rniga kelgan keyingi rahbarda ham yuqorida 
aytilgan hislatlar – fazilatlar yoshlidan shakillangan bo’lishi zarur. Ana 
shunda bu keyingi imomda yana oltita fazilat hosil qilinishi zarur:
Birinchi – donishmandlik.
Ikkinchi – avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlar va tartiblarni xotirada 
yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilishi uchun quvvai hofizaga ega 
bo’lishi.
Uchinchi – agar avvalgi imomlar davrida biror (yoki bir qancha) 
sohaga taluqli qonun qolmagan bo’lsa, bunday qonuni o’ylab topishi 
uchun ijod, ixtiro qilishi quvvatiga ega bo’lish.
To’rtinchi – hozirgi haqiqiy ahvolni tez payqab olishi va kelgusida yuz 
beradigan, avvalgi imomlar ko’zda tutmagan voqealarni oldinda ko’ra 
bilishi uchun bashoratgo’ylik hislatiga ega bo’lish. Bu hislat unga xalq 
farovonligini yaxshilashda kerak bo’ladi.
Beshinchi – avvlgi imomlar o’rnatgan qonunlarga, shuningdek, 
avvalgilardan ibrat olib, o’zi to’qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi 
uchun qizg’in so’zlash – notiqlik hislatiga ega bo’lishi.
Oltinchi – zarur hollarda harb ishlariga mohirlik bilan rahbarli qilish 
uchun yetarli jismoniy quvvatga ega bo’lish; ham jang qilishni, ham 
sarkarda sifatida jangu-jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san’atni 
yaxshi bilish.
Mobodo shu hislatlarning barchasini o’zida jamlagan bir odam 
topilmasa, lekin ikki kishi birgalashib, shu hislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni 
biri – donishmand, ikkinchisi – qolgan hislatlar sohibi bo’lsa) shu ikkovini 
fozillar shahriga rahbarlikka qo’yish zarur. Mobodo bir guruh odamlar 
birgalikda ana shu hislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni – birida bu , ikkinchisida 
u, uchinchisida boshqa hislatlar bo’lsa) ana shu fozillar guruhini yurt 
rahbarligiga qo’yish zarur. Shu guruh a’zolari birgalashib, o’zaro kelishib 
harakat qilishsa har biri fozil hokim bo’lishi mumkin.Mobodo biror 


zamonda fozillar shaharda hokimlik qilayotgan bir yoki bir necha kishida 
boshqa zarur hislatlar bo’lsyu, ammo, donishmandlik bo’lmasa, fozillar 
shahri yaxshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz tutadi.
Fozillar shahrining ziddi bo’lgan shahar – johillar shahri, 
benomuslar shahri, ayriboshlovchilar shahri, dashgan, zalolatdagi 
odamlar shahridir.Bu shaharlarning vakillari – ayrim odamlar ham 
fozillarning ziddi bo’lgan odamlardir.
Johillar shahrining aholisi baht – saodatga intilmaydi, baxt - saodat 
nimaligini bilmaydi ham. Chunki jaholatdagi odamlar hech qachon baxt 
topmagan va baxt – saodatga ishonmaydilar. Faravonlikka kelsak, 
jaholatdagi odamlar (haqiqiy obdlikni bilmasdan) ba’zilar nazarida baxtu 
– davla bo’lib ko’rinadigan o‘tkinchi, yuzaki narsalarni, mol – dunyo 
jismoniy lazzatlarni, xirsu – shaxvatni, obro’, amal, shon- shuhratni 
haqiqiy baxt, farovonlik deb o’ylaydilar. Shu ne’matlardan har biri 
jaholatdagi odamlar nazarida hayotdan maqsad baht – saodat bo’lib 
ko’rinadi.
Zotan, (moddiy va ruhiy) ne’matlarning hammasi birgalikda 
uyg’unlashgan chog’dagina haqiqiy baxt-saodatga erishish mumkin. Bu 
ne’matlarning teskarisi – tan kasalliklari, kambag’alchilik, zavq, lazzatlar 
va hurmat, obro’ning yo’qligi – baxtsizlik bo’lib ko’rinadi).
Johillar shahrining bir qancha turlari bor. Shulardan biri zaruriy 
ehtiyojlar shahridir. Bunday shahar aholisi faqat badan uchun zarur 
bo’lgan narsalar: oziq – ovqat , ichimlik, kiyim – kechak, turar joy, jinsiy 
aloqa hamda shularga erishish uchun bir – biriga yordam berish 
bilangina cheklangan odamlardir.
Ayriboshlovchilar shahrining aholisi – to’qchilik va mol –dunyoga 
erishuvda bir –birlariga o’zaro yordam berishni hayotning asosiy 
maqsadi deb biladilar.
Razolat (tubanlik) va badbaxtlik shahri – bunday shahar aholisi faqat 
yeyish, ichishda, jinsiy aloqada, huzur-xalovatga erishishiga, hissiy 
lazzatlar, ishrat , kayf-safoning barcha turlariga intiladilar.
Obro’parastlar shahari. Bunday shahar aholisi o’zaro bir – birlarini 
maqtashni , ko;kka ko’tarishni yaxshi ko’radilar. Ularni o’zga xalqlar 


so’zda ham, ishda ham ulug’lashlarni istaydilar.Bir –birlarining oldida 
yoki o’zgalar ko’ziga ulug’vor, shon – shavkatli bo’lib ko’rinishni 
hohlaydilar. (Bututn dunyoni bosib olishga intilgan Rumo(Rim) 
imperiyasi poytahti shunday shahar namunasidir – M. M. ).
Amalparastlar, hokimiyatparastlar shahri. Bunday shahar aholisi – 
barcha xalqlar ularga bo’ysunishini , o’zlari hech kimga bo’ysunmaslikni 
xohlaydi. Ularning fikru – zikri g’alabalar , futuxatlar nashidasini surishga 
qaratilgan.
Shahvatparastlar shahri. Bunday shahar aholisining har biri 
ehtiroslari tizginini jilovlamay, istalgancha shahvat nafslarini, tuban 
maylarni qondirishga intiladi.
Joholatdagi shaharning hokimi ham huddi shu shaharlar aholisi 
kabidur.Ular o’zlari hukumronlik qilgan shaharlarda yuqorida sanab 
o’tilgan shaxsiy sitaklarini tinimsiz qondirishga intiladilar.
Jahoatdagi shaharlar aholisining mashg’ulotlari ham yuqorida 
aytilgan maqsadlarga xizmat qiladi.
Benomuslar shahrining odamlari fozillar shahri odamlariday baht 
- saodatni, haq-taoloni, u yaratgan hilqatlarni, aqlni va boshqa 
narsalarni biladilar va ularga ishonadilar, ammo ularga amal qilamay, 
yuqorida aytaganimiz jaholatdagi shaharlarning aholisiga o’hshab 
yashaudilar.
Beqaror shahr. Bunday shahar aholisining nazariy qarashalari va 
amaliy ishlari avvalroq fozillar shahri aholisining qarashlari va ishlariga 
ohshsh bo’lgan, amo keyinchalik bu yurtga begona g’oyalar asta kiribolib, 
uning aholisi qarashlarini butunlay o’zgartirib yuborgan.
Adashgan shahar aholisining fikricha, baxt –saodatga faqat 
o’lgandan keyin erishish mumkin. Ammo, bu shahar xalqining Alloh – 
taolo azza va jalla haqida, uning yaratgan hilqatlari va faola aqliga doir 
fikr-mulohazalari, tasavurlari shu qadar chalkashib ketganki, bunday 
ta’savvurlar halol yashash uchun asos bo’la olmaydi, bu (chalkash) 
tasavvurlar Alloh yaratgan hilqatlarning suvratlarini ham aslini aks 
ettirmaydi.


Bunday shaharning birinchi boshlig’i o’zini ilohiy nur qilib ko’rsatadi, 
ammo aslida bunday emas; u o’zining ilohiyligini isbotlsh uchun aldov, 
riyo, kibru – havo bilan ish tutadi.
Bunday shsharning hokimlar fozillar shshari hokimlarining 
teskarisidir.Shaharning boshqarish usullari ham mutlaqo teskaridir.Bu 
fukr shu shahar aholisiga ham taaluqlidir.
Baxtning turli darajalarining bir-biridan afzalligi uch xil alomatga 
qarab belgilanadi. Biz quyida ko’rib chiqilayotgn hunar va san’atlarning 
bir-biridan afzalligi ham xuddi shu alomatlarga qarab aniqlanadi.
Hunar va san’atalar qaysi tur va sohalarga taluqli ekanligiga ko’ra 
bir –biridan afzal ko’rinadi. Masalan, bo’z to’qish, shoyi to’qish, attorlik, 
hovli supurish, raqs san’ati, fiqh ilmi, tabiblik yoki so’z san’ati bir-biridan 
qanchalik afzal bo’lsa bahtga erishuv dararjalari ham shunga 
o’xshashdir.
Bundan tashqari bir turdagi san’at, hunar sohiblari ham malaka 
(miqdori) jihatidan farqlanishi mumkin.Masalan, bir xattot o’z hunarining 
ko’pgina sirlarini bilishi, keng bilim egasi bo’lishi mumkin.Boshqa biri o’z 
hunari sirlarini kamroq bilishi mumkin. Mazkur hunar (xattotlik[13])ni 
yaxshi egallash uchun xattot tilini, so’z san’atini, husnixatni va hisob – 
kitob, riyoziyotni puhta bilishi zarur. Shu hunar egalaridan biri masalan, 
husnixatni va rioziyotni yaxshi biladi, boshqasi tilni, so’z san’ati va 
husnixatning ba’zi jihatlarini yaxshi biladi, uchinchisi – mana shu 
ilmlarning hammasuda mohir.
Xattotlarning sifat jihatdan bir-biridan afzalligi shundaki, masalan, 
husnihat san’atini egallagan ikki xattotdan biri (o’zi tanlagan) shu sohada 
kuchliroq, biri – kuchsizroq bo’lishi mumkin.Bu sifatdagi afzallikdir.
Baxtlilik darajasiga erishuvda ham insonlar yuqoridagiga o’xshash 
bir-biridan afzalroq bo’lishi mumkin.
Boshqa shaharning aholisiga kelsak, bu odamlarnin fe’li yomon 
bolanligi uchun hunarlari ham ularning ko’ngli yomonliklarini 
tuzataolmaydi.Yomon xattot tabiatan badbaxtligi tufayli yozuvi ham 
tobora hunuklashib boraveradi, uning hunari, san’ati tobora orqaga 
ketaveradi.Fazilatsiz shaharning odamlari yomon fellari, tabiatlai tufayli 


ko’ngillari – ruxlari ham yomonlashib boraveradi. Mobodo ular ana shu 
yomon ishlarida izchil sa’y – harakat, tobora kuch-g’yrat ko’rsatsa 
ularning ruhlari yanada ko’proq yomonlashadi va oxiri mayib-majruh 
bo’lib qoladi. Shu tufayli ular o’zlariga yoqadiga yomon ishlarda huzur-
halovat oladilar. Vujudi, jismi kasal bo’lgan odam (masalan, bezgak 
tutayotgan kishi) mijozi buzulganidan, o’ziga yoqmaydigan taomlarni 
yeyisdan huzur qiladi va tabiatan me’dasiga yoqadigan taomlar unga 
yoqimsiz ko’rinadi; ruhan kasal odamlar ham yomon istaklari va odatlari 
tufayli buzulgan tasavvurlariga qarab, yomon, (ahloqsiz) fe’l – 
harakatlaridan huzurlanadilar va go’zala qiliqlarini, ishlarini 
yoqtirmaydilar yoki umuman go’zallikni tasavvur qila olmaydilar. Vujudi 
kasal odamlar o’z kasalligini bilmasdan o’zlarini soppa-sog’ (va 
fazilatli) deb o’ylab , rahbari , muallimi yoki ustozining nasihatlariga 
quloq solmaydilar.
Fozillar shahrining barcha aholisi uchun umumiy bo’lgan 
xususiyatlar quyidagilardir.
Birinchidan, ular asliy sababni va uning barcha sifatlarini bilishi 
zarur. So’ng moddiylikdan tashqarida mavjud narsalarni va ularning 
sifatlarini, shuningdek ularni faol aqlga qadar bo’lgan darajalarini hamda 
ularda har birining sifatlarini bilishi zarur. So’ng ular samoviy hilqatlarni 
va ulardan har birining sifatlarini, so’ng shu hilqatlardan pastdagi tabiy 
jisimlarni, shuningdek, ularni qanday vujudga kelishi va yo’qolishi hamda 
ularda yuz berayotgan barcha hodisalarni mukammaligi, yahlitligi, 
muruvvat, adolat bilan, oqilona ekanligini, bu hodsalarda hech bir 
nuqson, hech bir adolatsizliklar yo’qligini bilishlari zarur. Fozil odamlar 
yana odamzod qanday yaralganini (uning jismiga kirgan) ryhning 
hususiyatlarini , faola qal uning ruhini qanday qilib nurlantirganini, shu 
tufayli insonda dastlabki tushunchalar paydo bo’lganini, u Ollohning 
irodasiga bo’ysunish va nimalarda erkinligini bilishlari zarur. Fozil 
odamlar yana shahar (davlatning) birinchi rahbari u yoki bu vaqt 
mobaynida yo’q bo’lib qolganida (biror yoqqa ketganida), kasalligida va 
hokazo), uning o’rnini bosa oladigan rahbarlarni bilishi zarur. Fozillar 
shahri, uning aholisi, ularning dillari erisha oladigan baht – sodat nima 
ekanligini bilishlari zarur. Ular yana fazilatsiz shaharlar va ularning aholisi 
o’lganidan so’nga ruhlari oxiratda ne kechishini, ba’zilari bahtsizlik, 


falokatga uchrab, ba’zilari yo’q bo’lib ketishini, fozillar shahri aholisi 
ohiratda nelarga erishuvini, nelardan saqlanishlarini bilishlari zarur.
Shularning hammasini ikki yo’l bilan bilib olish mumkin: 
Birinchidan, yuqoridagi hodisalar aslida qanday mavjud bo’lsa, inson 
qalbiga, ko’ngliga o’shandy o’rnashib qolsa, boshqalarning ko’nglida 
(o’shanday o’rnashib qolsa, bu bilimlar qiyos yki taqlid asosida vujudga 
keladi. Ba’zi odamlar o’sha narsalarni o’zlari his etish tufayli ko’ngillarida 
shu bilimlar vujudga keladi ).
Fozillr shahridagi donishmandlar bu narsalarni isbotlash yo’li bilan 
yoki dil sezgisi bilan bilib oladilar.Ba’zilar esa bu narsalarni boshqalarning 
tasavvurich taqlid orqali bilib oladilar. Bunday odamlar tabiatan yoki 
odatlariga ko’ra ruhiy bilimlarini aslida qanday mavjud bo’lsa , shunday 
tushinish qobiliyatiga ega emaslar. Mana shu ikki xil tasavvurlar ham 
bilim manbaidirlar, ammo donishmandlarning bilimlari, albatta eng 
yahshi bilimlardur.Narsa hodisalarning birovlarning tasavvuri orqali 
taqlidan biluvchi odamlar ham turlich darajada biladilar.
Har bir xalqning, yoki har bir shahar aholisining narsa hodisalarga 
doir tasavvurlari o’zlariga tanish tasavvurlardir.Ayrim xalqlarning 
muayyan hilqat haqidagi eng mashhur (keng tarqalgan) tasavvurlarda 
ham ozmi – ko’pmi tafavvut, farqlar bor. Chunki, har bir xalq o’sha narsa, 
hodisani o’zicha anglab, o’zi aks ettiradi.Shu tufayli fazilatli shaharlarning 
turli xalqlari yagona maqsadga (masalan, oxiratda jannatga munosib 
bo’lishga) intilsalarda, ularning dinlari turlicha bo’lishi mumkin.
Mana shu (turli xalqlar uchun umumiy) xilqatlar tegishli dalillar 
bilan bilib olingach, bu hilqatlar haqida hech qanday baxslarga ham, 
narsaning asl tabiatini tushunmay u haqida sohta tushunchalarga ega 
bo’lishdan kelib chiquvchi baxslarga ham o’rinqolmaydi.
Jaholatdagi shaharlar, (aholisini) maqsadlarini ko’zlaydigan (obro’-
izzatga, mol-dunyoga, boylikdan rohatlanishga intiladigan) odamlar 
esaalohida toifadir. Bunday odamlar fozillar shahrida haligi maqsadlar 
bilan yashash taqiqlanganini ko’rib , u yerdagi (adolatli) qonunlarni 
buzishga , haqiqatga aloqador narsalardan uzoqlashishga , (bu qonun-
qoidalar, tasavvurlarini) buzib aks ettirishga urinadila. Ular bu yo’lga ikki 
yo’l bilan erishadilar: U yuqorida aytilgan baxsli o’rinlarni o’zlaricha 
taxmin qiladilar, ikkinchidan, soxta donolik va aldov yo’liga o’tadilar. Ular 


jaholatli va tuban maqsadlariga erishuviga hech kim to’sqinlik qilmasligi 
uchun shunday yo’ldan boradilar. Bunday odamlarni fazilatli shaharlar 
jamoasiga qabul qilmaslik kerak.
Yana bir toifa odamlar ham borki, ular tafakkuri zaifligi tufayli 
haqiqatdan chalg’ib ketadilar va tasavvurlaridan qay biri to’g’riyu, qay biri 
yolg’on ajratolmay qoladilar. Ular hech baxs talab qilmaydigan haqiqiy 
tasvvurni ham yolg’on deb o’ylaydilar. Ular haqiqatni anglash uchun 
yaqinroq borganlarida zehni zaifligi tufayli chalg’ib ketadilar va haqiqatni 
aslidan boshqacha tushunib, yolg’onni o’zlaricha haqiqat deb o’ylaydilar. 
Oqibatda bu odamlar “Umuman haqiqat yo’q , haqiqatga yetishdim 
deganlar o’z-o’zini aldovchilardir, odamlarni haqiqat yo’lidan 
boshlamoqchi bo’lgan yolg’onchi, kazzoblar, ular bunday kattaroq 
mansablarga yoki boylikka erishish maqsadida shunday so’zlarni 
aytmoqdalar ” deb o’ylaydilar. Provard natijada bu toifa odamlarning 
ba’zilari gangib qoladilar, boshqalari narsa va hodisalarni olisdan 
ko’ruvchi yoki tushida (g’ira-shira) ko’ruvchi odamga o’hshab, haqiqat 
bor-ku ammo, uni bilishga odamzodning aqli yetmaydi , deb o’ylaydilar. 
Bunday odamlar o’zlari bilgan narsalarni ham buzib talqin etishga intilib, 
erishgan narsalarini haqiqat emas, balki buzib talqin qilganlarini haqiqat 
deb o’ylaydilar.
Aholilarning diniy e’tiqodlari xurofiy, xato dunyoqarashlarga 
asoslangan shaharlarni jaholatdagi yoki adashgan shaharlar deymiz.
Ularning ba’zilari bunday fikirlashadi: ba’zi mavjudodlar bir-biriga 
qarashidir va bir-birlarini yo’q qilishga intiladilar. Mazkur 
mavjudodlarning har biri yashash sharoitida shunday quvvayi 
maxfuzaga egaki, shu narsa vositasida u qarama-qarshi mavjudoddan 
o’zini himoya qiladi va o’z zotini yo’qolib ketishidan asrab qoladi. U, 
yashash sharoitida yana shunday quvvatga egaki, shu narsa vositasida u 
qarshi narsani yo’qotib , o’rnida o’ziga o’xshash narsani paydo qiladi. Va 
nihoyat , unga shunday bir qobiliyat beriladiki , shuning yordamida u turli 
narsallardan foydalanib, yashash uchun doimiy yaxshi sharoit vujudga 
keltirishga intiladi.
Mazkur mavjudodlarning ko’pchiligi o’zlariga ato etilgan qobiliyat 
tufayli qarshi ish ko’ruvchi (tug’dirgan mashaqqatlarni) yengib o’ta 
oladilar. Shu tarizda olamdagi har bir mavjudod mavjudod o’ziga qarshi 


va umuman boshqa mavjudodlarni yo’qotib, o’z yashash sharoitini 
yaxshilashga intiladi. Bizga shunday ko’rinadiki, olamdagi barcha 
mavjudodlar faqat o’z yashash sharoitlarini yaxshilash uchun, o’ziga 
foyda keltirmay zarar keltiradigan boshqabarcha mavjudodlarni 
yo’qotish uchun, faqat o’zining yaxshiroq yashashini ta’minlash uchun 
dunyoga kelgan. Biz hayotda juda ko’p hayvonlarga tashlanib, o’zlariga 
tuzukroq foyda chiqmasa ham ularga zarar yetkazish va yo’q qilish uchun 
hamla qiladigan juda ko’p hayvonlarni ko’ramiz. Go’yo ularning har biri 
dunyoda faqat o’zi yashash uchun, boshqa mavjudodlarning yashashi 
ularga zarar keltiradiganday, shu hayvon borligining o’zi zararday, tabiat 
boshqalarni yo’q qilishga intiluvchi hayvonlarni uchratamiz. Mabodo, 
biror mavjudod boshqa mavjudodlarni yoq qilishni ko’zlamaganida ham 
, o’z foydasi uchun ularni qiynab ishlatishga intiladi. Ba’zi navdagi 
mavjudodlar boshqa navdagi mavjudodlar bilan huddi shunday 
munosabatdadirlar.Hatto bir navdagi mavjudodlar o’zaro shunday 
munosabatdadirlar.Bu mavjudodlar shunday yaralganki, doimo bir 
biriga qarshi kurashib, bir-birlariga dushmanilik qiladilar.Eng kuchlilari 
boshq alariga nisbatan mukammalroq tuzilgan bo’ladi.G’olib 
kelganlar ham bir-birini yo’qotishga urinadilar, go’yo boshqa 
mavjudodlar nomukammalday, ularning borligi bularga zarar 
keltiradiganday, yoxud boshqalar ularga faqat (qulday) xizmat qilish 
uchun yaralganday, barchasi bir birini ezib ishlatishga urunadi.
Mana shu (sabab)larning hammasi tufayli ko’pchilik shaharlarda 
jaholatdagi shaharlar shaharlarning aholisining qarashlariga xos fikr-
aqidalar kelib chiqadi. Ba’zilar odamlar o’rtasida tabiiy yoki ihtiyoriy 
bog’lanishlar yo’q, har bir odam o’z manfaati uchun boshqalarning 
manfaatiga zarar yetkazishi , biri boshqasiga begona bo’lishi zarur , 
mobodo ular birlashsalar ham zarurat , majburiyat tufayli birlashadilar, 
murosaga kelishsalar ha biri g’olib chiqib , boshqalari mag’lub 
bo’lgandagina kelishadilar, deb o’ylaydilar. Bunda ular tashqaridan ta’sir 
qiluvchi bir kuch taziyqida o’zaro kelishuvga majbur bo’ladilar, agar 
anashu kuch yo’qolsa kelishuv ham yo’qoladi, yana begonalashuv paydo 
bo’ladi va ular tarqalib ketadilar. Insoniyatga xos hayvoniy aqidalardan 
biri mana shu aqidadir.
Xulosa


Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, dunyo fani va madaniyati, 
uyg’onish davrining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri bo’lgan Forobiy 
qadimgi yunon fani va madaniyatining insoniyat sivilizatsiyasida tutgan 
o’rnini yuksak baholab, butun ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga 
suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki kishilik tarixida o’chmas 
iz qoldirgan yunon olimlarining, ko’proq Arastuning asarlarini targ’ib 
qildi, ularning ko’plarini arab tiliga tarjima qildi. Antik dunyo olimlarining 
qoldirgan meroslarini to’la o’rganmasdan turib, fan va madaniyatni 
rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy 
yunon mutafakkirlarining “qul”iga aylanib qolmadi, baliki ko’p qirrali olim 
va ijodkorlarning davomchisi, o’z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi 
alloma sifatida o’zini namoyon qildi.
Forobiy yaratgan tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo’lib, 
o’z davri fanlarining barcha muhum masalalari:

Falsafaning umumiy muammolari

tabiatshunoslikning asosiy falsafiy masalalari

borliqni bilish

mantiqning bahsli muammolari

inson va tabiat o’rtasidagi chambarchas bog’liqlik

ekologik muammolarni ham o’z ichiga oladi.
Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikirlari o’zining keng qamrovli, teran va 
mazmundorligi bilan gumanistik xususiyatga ega. Forobiy ushbu asarda 
Arastu tomonidan ilgari surilgan, inson, eng avvalo, ijtimoiy hodisa deb 
ta’riflagan g’oyani yanada aniqlashtirib, quyidagilarni yozadi: “Har bir 
inson, o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oily darajadagi 
yetuklikka erishish uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi 
bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi va ularga ega bo’lish uchun 
insonlar jamoasiga ehtiyoji tug’uladi… bunday jamoa a’zolarining faoliyati 
bir butun holda, ularning harbiriga yashash va yetuklikka erishuvi uchun 
zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari 
ko’payadilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashadilar, 


natijada inson jamoasi vujudga keladi”. E’tibor bersak bu fikrning 
zamirida falsafaning bosh muammosi bo’lgan bahsli masala – insonning 
paydo bo’lishi, shakillanishi va yetuklikka erishuvi haqida so’z bormoqda. 
Eng muhumi bu jarayonda jamoatning ro’li va ahamiyati to’g’risida aniq 
va lo’nda fikr bildirilmoqda. Darhaqiqat, Forobiy o’z dunyoqarashi bilan 
zamonasidan ancha ilgarilab ketgan yetuk olim, ilm va ma’rifat 
kurashchisi, tabiat va jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini ochib berishga 
intilgan buyuk shaxsdir.U
o’z asarlarida:

komil inson

fozil fuqaro

odil hukmdor

baxt-saodat, unga erishish yo’llari,

davlatning hususiyatlari,

axloqiy va aqliy tarbiya,

ijtimoiy istiqbol tog’risida ilg’or g’oyalarni ilgari surgan.
Forobiy falsafasining inkor etib bo‘lmaydigan joyi shundaki, u 
nazariy falsafani haqiqiy va asosiy ilm, deb bilib, qolgan barcha fanlarni 
unga tobe bo‘lgan ikkinchi darajali sohalar maqomiga qo‘ydi. Falsafalar 
o‘rtasidagi umumiy dunyoqarashlar bilan kifoyalanmay, din bilan 
falsafani ham ayrim bir qismga joyladi. Uning fikricha, falsafadagi 
masalalar isbotini payg‘ambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar, zero, 
mohiyat jihatidan falsafa bilan din o‘rtasida hech qanday tafovut yo‘q. 
Bunday karash o‘z davrida nihoyat darajada muvaffaqiyat qozonib, 
islomiy falsafaning asosi va usulini belgilab beruvchi fikrlash tarziga 
aylandi.
Forobiyning ta’limoti Sharqda va Evropada ijtimoiy-falsafiy 
fikrlarning bundan keyingi rivojida muhim o‘rin tutdi. U Basradan 
chiqqan falsafiy to‘garak bo‘lgan «Ixvon as-safo» («Sof birodarlar») 
a’zolari va Abu Sulaymon Mantiqiy, Ibn Miskaveyh, Ibn Bajja, Ibn Tufayl, 
Maymonid qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk olim Ibn Sino uni 
o‘zining ustozi deb hisoblar edi.


 Forobiy Sharq xalqlari talim tarbiya to’g’risidagi falsafiy tafakkuri 
rivojiga ta’siri sezilarli darajada bo’lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Rasmiy adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T., “O’zbekiston”, 2010.
–42 bet.
2.
Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T., 
“O’zbekiston”, 2011. – 440 bet.
3.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.,“Ma’naviyat”, 2008. 
–175 bet.
4.
Karimov I.A. O'zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi. T., 
O’zbekiston, 2006.–121 bet.
5.
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., O’zbekiston, 1999.
–75 bet.
6.
Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. T., “O’zbekiston”, 1994.–95 bet.
O’zbek tilidagi adabiyotlar:
7.
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. T., “O’zbekiston”, 2000.–267 b.
8.
Abdullayeva M.N., Abdurashidov M. va boshqalar. Falsafa. Qisqacha 
izohli lug’at. –T.: Sharq, 2004. –345 b.
9.
Falsafa Nazarov Taxriri ostida T 2000.
10.
Falsafa ensiklopedik lug’at. –T., “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” 
Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. –344 b.
11.
Fozil odamlar shahri. Abu Nasr Forobiy Toshkent “A.Qodiriy nomidagi 
Xalq merosi”-1993.


12.
Jaxon falsafasi tarixidan lavhalar. 1-kitob T-2004.
Rus tilidagi adabiyotlar:
13.
История философии в кратком изложении. М., «Наука», 1989.
14.
Историяфилософияв кратком изложение. M.,1991.
15.
МапелмонВ. M.,ПенковаЭ.M.Историяфилософия. M.,-1997.
16.
Мирфилософиив 1-2-хтомах. М.: «Мысль», 1989.
17.
Фараби. Комментариии к «Категориям» Аристотеля// В кн.: 
Избранные произведения мыслителей стран Бижнего и 
Среднего Востока.
18.
Философия. Учебник, под.редВ.Д .Губина. M., 1998.
Internet saytlari:
Ziyo net.
Google. Uz


[1]
Karimov I.A. O'zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi.T., 2006.312-bet. 
[2]
O’sha asar.312-bet. 
[3]
Karimov I.A. O'zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi.T., 2006. 304-bet. 
[4]
I.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch, ” Toshkent “Ma’naviyat ” 2009, 44-bet
[5]
Фараби. Существо вопросов// Вкн.: Избранные произведения мыслителей 
стран Ближнего и Среднего Востока. 172-б. 
[6]
Фараби. Существо вопросов// Вкн.: Избранные произведения мыслителей стран 
Ближнего и Среднего Востока.. 191-б. 
[7]
Farobiy ta’limot// «Majmua at-risole al-hukama» («Takimlar risolalarining 
majmuasi »to’plamida ). Toshkent, 1963. 255-b. 
[8]
Qarang: Farobiy Al-masoyil al-falsafiya va ala javob anxa// «Majmul al-
Farobiy»to’plamida .94, 105-106-b. 
[9]
Al-Farabis intraductoty risolah on logic. The Islamic Quarterly, vol III, 3-4, 1957, h/ 
227. 
[10]
Farobiy.Fozilshaharaholisi qarashlari haqidarisola // Vkn.: С.Н.Григорян. Из 
истории Средней и Ирана VII-XII веков. –М., 1960. 136-б. 
[11]
Qarang: Farobiy siyosat al-madaniya. 40-41-б. 
[12]
Qarang:Farobiy Majmut at-rasil al-hukuma.O’z FA Abu Rayhon Beruniy 
nomidagisharqshunoslik institutida arab tilida saqlanayotgan 2385raqamli ostidagi 
qo’lyozma 2a sahifasi. 
[13]
O’.M.Ensklopediyasi T.: “Davlat ilmiy nashriyoti” 2007
Read 6467 times 
Published in
Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar 


More in this category:
« Ахлоқшунослик фани, унинг тадқиқот доираси, мақсади ва 
вазифалари Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari. » 
back to top 
Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019 
Powered by 
ATM
ИКС810

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling