Adabiyotlar sharhi
Download 0.96 Mb.
|
dilshod ergashev yangi12345 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning amaliy ahamiyati.
Tadqiqot usullari. Tadqiqotlarni o’tkazish jarayonida fiziologik, biokimyoviy va statistik sarhisob usullaridan foydalanildi.
Ishning yangiligi: Zamonaviy ilmiy adabiyotlar manbalaridagi D3 vitaminiga oid eng yangi ma'lumotlarning tahliliy muhokamasi, bu vitaminning tovuq tuxumining miqdoriy ko’rsatkichlarini mavsumiy o’zgarishlarini aniqlanishi, hamda bu ma'lumotlardan odam ratsionini muvofiqlashtirishda foydalanish imkoyatining mavjudligi hisoblanadi. Ishning amaliy ahamiyati. Olingan natijalar va ilmiy manbalarga asoslanib, respublikamizda tovuqchilikni rivojlantirish, olinadigan mahsulotning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini oshirishda foydalanish mumkin bo’ladi Magistrlik dissertasiya ishining tuzilishi 1. Vitaminlar, ularning kimyoviy tuzilishi, xossalari, tabiiy manbalari, tasniflanishi va ularga boʻlgan ehtiyoj. Vitaminlar- juda yuqori biologik faollikka ega, oziq-ovqat tarkibida oz miqdorida uchraydigan, ammo ko’p fermentlarning tarkibiga koferment sifatida kirganligi tufayli organizmda kechadigan hayotiy jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan kimyoviy reaksiayalarni yuz berishi muhum ahamiyatga ega. Boshqa biologik faol moddalardan farklı oʻlaroq vitaminlarning sintezi organizmda sodir boʻlmaydi, shu bois kundalik ozuqa tarkibida bo’lishi shart bo’lgan organik birikmalar hisoblanadi. Shu bilan birgalikda aytish mumkinki, baʼzi vitaminlar oshqozon - ichak yo’lida simbiotik mikroflora tomonidan ham qisman sintezlanib, organizmning ularga bo’lgan ehtiyojini qisman qoplanishini taminlaydi. Vitaminlar inson va hayvon organizmi uchun eng zarur organik birikmalar hisoblanib, ular o’ta yuqori biologik va kimyoviy faollikka ega. Vitaminlarning asosiy xususiyatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: - ular oziq ovqat mahsulotlarida oz miqdorda boladi; -organizmga ovqat mahsuloti bilan kirib keladi va qisman simbiotik mikroflora tomonidan sintezlanadi; -hujayraning tarkibiy qismlarini shakilanishida ishtirok etmaydi; -hujayrani energiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirishga ishtirok etmaydi; - qator fermentativ tizimlarning kofaktorlari sifatidagi vazifalarni bajaradi, ularning ishtirokisiz fermentlar katalitik funksiyalarni bajara olmaydi; - kichik konsentratsiyasi ham biologik taʼsir koʻrsatadi, organizmda barcha metabolitik jarayonlarga taʼsir qiladi, organizmning unga bo’lgan ehtiyoji juda oz miqdorni tashkil qiladi. Organizmning vitaminlar bilan ta’minlanishi uning fizologik jihatdan– me’yor (fiziologik norma) gipo-, a- va gipretvitaminoz holatlarini farqlash mumkin. Bu holatlar organizmda u yoki bu vitaminlarning yetarli darajada ozuqa mahsuloti tarkibida bo’lmasligi yoki ortiqcha miqdorda bo’lishi tufayli paydo bo’ladi. Bu holatlarni yuzaga chikishi ekzogenitik va endogenetik omillar bilan bog’liq. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling