Adabiyotlar va arxiv materiallarini o‘rganish Reja
-MAVZU: SOSIOMETRIK METOD VA PEDAGOGIK EKSPERIMENT
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyotlar va arxiv materiallarini o.pdf 1.5
9-MAVZU: SOSIOMETRIK METOD VA PEDAGOGIK EKSPERIMENT
(2-SOAT) Reja: 1.Sosiometriya metodi. 2.Sosiometrik metodikadan foydalanishda amal qilinadigan qoidalar. 3.Pedagogik eksperimentning mohiyati. 4.Pedagogik eksperiment ob'ektlari. Sosiometriya so'rash yoki xulqini yozib borish asosida o'zaro munosabatlar strukturasini aniqlash uchun xizmat qiladigan ilmiy- tadqiqot metodidir. Sosiometrik metod bolalar jamoaida, oila va guruhda tarkib topgan munosabatlarni aks ettiradi. Munosabat o'z navbatida mazkur o'quvchi faoliyatida mazkur o'quvchi faoliyatining natijasini aks ettiradi. Shuning uchun ham sosiometrik metod intervyu va anketalar kabi an'anaviy metodlardan ham ishonchlirok. Albatta sosiometrik metodning tarkibiy qismi anketa, lekin anketaning o'zigina tadqiqot ma'lumotlarini asoslash uchun etarli bulmaydi. Sosiometrik metodika bir kancha priyomlar kompleksidan iborat: 1. Savol - javob anketasi o'tkazish: “ Sen kim bilan bir partada o'tirishni xohlar eding?”, “Maktabda kim bilan navbatchi bo'lishni xoxlaysan?”, “ Sen kim bilan turistik paxodga borishni mo'ljallaysan? va xokazolar. 2. O'z tengdoshlarini baholovchi varak tuldirish: 3. Bevosita tanlash metodikasi: Masalan, har bir oltinchi sinf o'quvchisi har - xil tasvirli 5 ta otkritkaga ega. U bu otkritkalariga bayram tabriklari yozib pochtalonlar orkali egalariga yuboradi. “Pochtalon” kim kancha va kanaka otkritkalar olganligi kayd qilinadi va shu asosida jamoadagi har xil aloqalar yoktirish va yoktirmaslik, o'zaro munosabat va shu kabilar aniqlanadi. 4. Ko'rsatilgan shaklda sinf buyicha topshiriklarni bo'lib berish: o'z o'rtoqlaringdan quyidagi jamoat topshirikdarini yaxshi bajara oladiganlarini familiyalarini ayt: 1. Sinfkom. 2. O'quvchilar kumitasi raisi ( uchta familya) 3. Devoriy gazeta redkollegiyasi ( uchta familya). 4. Madaniy tashkilotchi. 5. Fizorg. 6.Kichkintoylar etakchisi (kichkintoylarni yoktiradigan bolalardan uchta familya). 7.Sanitarlar(ozoda va talabchan tengdoshlaringdan). 8. To'garak rahbarlari(kaday tugarakka, kim?) Shunday kilb, alohida o'quvchilarning bir-birlari bilan aloqalari grafiklari to'ziladi va bu aloqalarning kamchalik mustahkamligi aniqlanadi. Shu asosda bir-biriga yakinlashadigan alohida o'quvchilar guruxi ajratiladi. Eksperiment davomida bu guruhlar turli topshiriklarni bajarishlari va har xil faoliyat turlari bilan shug'ullanishlari lozim. Asta - sekin keyinchalik aktiv bo'ladigan etakchilar tanila boshlaydi. Ishning bunday tizimsi jamoaning shakllanishini tezlashtiradi va jamoaning shaxsga effektiv ta'sirini ta'minlaydi va boshqalar. Sosiometrik metodikadan quyidagilarni hisobga olgan holda foydalanish lozim: 1. Anketa, suxbat, intervyu va o'z - o'zini baholashlarni qo'llashda qo'yiladigan talablarga to'liq rioya qilish zarur. Tadqiqot ob'ekti haqida etarli ishonchli ma'lumotlar majmuini beradigan priyomlarning o'zaro aloqasini aniq planlashtirish. 2. Sosiometrik metod bilan aloqador bo'lgan va har doim ancha murakkab harakterga ega bo'lgan munosabatlar doirasi, munosabatlar ob'ekti va shunga o'xshashlarning echimlarini tanlash. Masalan, o'quvchilarga faoliyat turlarini tanlash uchun imkoniyat yaratiladi, ya'ni tugarak, guruh yoki brigadalardan qaysi biriga ular ishlashni xoxlasalar tanlashlari mumkin bo'ladi. Tanlash sabablari har xil bo'lishi mumkin: o'rtoqlari bilan birga bo'lish, ishga qiziqish, o'rtoqlari ishonchini kizinish, o'qituvchiga xurmat, yangi ishda kuchini sinash va hakozolar. Xatto o'quvchi kim bilandir bir partada utirsa ham uning tanlash sabablari har xil bo'ladi: urtogiga yordami, undan yordam olish, o'z tengdoshlari bilan ishlashga qiziqish, jamoada nokulay holda bo'lganda o'ziga “kuchli ximoyachi” topish va xokazolar. Sosiometrik metod shunday tashkil qilinishi kerakki, jamoadagi munosabatlar harakterining sabablari ochib berilsin. 3. Olingan ma'lumotlarning sifatini nazorat kiluvchi tizim bo'lishi lozim. Buning uchun birinchi bosqichda /unga katta bulmagan tipik guruhlarda/ tanlangan metod kullaniladi. O'quvchilar o'zlarining javoblari, tanlashlari sabablarini tushuntiradigan maxsus suxbat va intervyular yordamida sosiometrik metod tekshiriladi, olingan ma'lumotlar boshqa tadqiqot metodlari yordamida tekshiriladi. Har xil faktning ob'ektivligi, material sifrining to'g'riligi ta'minlash uchun sosiometrik tekshirishda bolalar va jamoaning umumiy rivojlanish darajasi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lish muhim. Psixologo - pedagogik tadqiqotlarda biografiyalarni o'rganish tajribasi ancha vaktdan beri kullaniladi /1875 y./ Galtonning irsiyat va talant haqidagi ishi biografik materiallarga asoslangan. Shuningdek biografik metodaning bush tomonlari ham bu ishda aniqlangan, avtorning sub'ektiv pozisiyasi shunga olib keladiki, biografk material tadqiqotchining ma'lum bir konsepsiyasiga asoslanadi va talkin qilinadi. Galton Darkinning mashxur turlari geneologiyasiga murojaat etib , Erazm Darvin, insonning paydo bo'lish nazariyasining asoschisi Charlz Darvinning bobosi, tabiatshunos olim va shoirlik kobiliyatiga ega bo'lgan. Charlz Darvin ongning ilmiy zapasini bobosidan “olgan” deb hisoblaydi. Galton o'zining poetik belgilarni taniqli karimdoshimdan olganman deydi. Atokli kishilar biografiyasi va doimo ko'plab /kichkina farqlar/ va deyarli har vakt u yoki bu konsepsiyaningtasdigni topish mumkin. 1920 yilda N.Rbnikovaning “Biografiyalar va ularni o'rganish” degan qiziqarli kitobi chikdi. Avtor shaxsning shakllanishini tadkiki qilishda biografik metod qanday ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatdi. Buyuk shaxslar shakllanishidagi o'xshashlik va farqlarni taqqoslash asosida inson individualligi va talanti vujudga kelishining umumiy tendensiyalarini topish mumkin. Biografik metod bir shaxsning tugulishidan umrining oxirigacha kadar shakllanishi haqida maksimal katta xajmdagi informasiyalarni beradi. Biografik metodda ba'zan kamchiliklar ham uchraydi. Ko'pincha biografiyalar atokli kishilar hayotini ancha sub'ektiv holda bayon etadilar, tadqiqotchilar aniq faktlar urniga ba'zan estaliklar va afsonalardan, zamondoshlarining tekshirilmagan xikoyalari va boshqalardan foydalanadilar. Shuning uchun ham har qanday biografiya maxsus tekshirilishi arxiv fondlari bilan biografik material solishtirilishi lozim. Biografiyani o'rganishdan oldin material analizining konsepsiyasini ishlab chiqish zarur. Ya'ni biografiyadan nimani olish,nima uchun va uni qanday yaxshi bajarish mumkin kabi. Biografiyaning ilmiy analizi quyidagi usullardan foydalanganda chukurrok bo'ladi: 1. Dunyodagi bulib utgan voqea va hodisalarni atokli kishilar hayoti bilan bog'lash, uning axlokidagi ichki motivlari va tashqi stimullarini kurish. 2. Hamma muvaffaqiyatsizliklarni faqat tashqi nokulay sharoitga tunkamasdan, balki shaxsiy nomukammallik elementlari va kamchiliklardan izlash. 3. Shu vaktning o'zida atokli kishilarning muvaffaqiyatini ularning o'zlarida hosil qilgan ijobiy sifatlari bilan tushuntirish, ayniksa bunday sifatlar kiyinchiliklar va qarshiliklarga qarshi ko'rashda aniq namoyon bo'ladi va shakllanadi. Atokli kishilar hayotini ularning zamondoshlari hayoti bilan taqqoslash, yoki bu davr, sinf namoyondalarining biografiyalari va axloklari bilan taqqoslash. 4. Biografik materiallarni arxiv materiallari, xujjatlari bilan tekshirish, atokli kishilar hayotidan olingan bir voqea yoki hodisaning o'zini bir kancha shaxslarning esdaliklari bilan solishtirish, biografiyani oxiriga kadar xujjatlashtirish. 5. Atokli kishi hayotini qarama - qarshiliklar ko'rashida ko'rsatish, qiziqishlar tuknashuvida, atvori va o'z - o'zi bilan konfliktda ko'rsatish ya'ni, biografiyani hamma plyus va minusiga kadar ob'ektiv analiz qilish. Shunday kilmasa biografiyadan aniq , ilmiy, ishonchli material olish kiyin. Biografik metoddan bolalarga psihologik - pedagogik harakteristikalar yozishda foydalanadi. Ular har - xil tiplardan iborat: Monografik harakteristika bola ma'naviy dunyosining umumiy kurinishi, uning asosiy sifatlari, shaxsning yo'nalishlari bilan qiziqishlari, extiyoji va motivlari o'rtasidagi o'zaro aloqa-lar va xokazolar. Maxsus harakteristika ( shakllanish tarixi, u yoki bu sifatlarning tarbiyalanishi va boshqalar) turli faoliyat turlariga, kattalarga, tengdoshlariga, o'z-o'ziga harakteristikaning bu turlari har bir konkret pedagogik tadqiqotda tadqiqot muammosi va predmetiga karab kullaniladi. Eksperiment ( lotincha - sinab kurish, tajriba)tadqiqotining etakchi metodi hisoblanadi.Eksperimentning maqsadi maxsustashkil qilingan sharoitda, tadqiqotchining kontrolligida pedagogik prosess, hodisa, pedagogik munosabat va boshqalarni o'rganish.Eksperiment natijasida faqat pedpgogikaning eng murakkab muammolari o'rganilib kolmasdan, balki yangi didaktik va tarbiyaviy tizimlar yaratiladi. Eksperimentning mohiyati shundan iboratki, tadqiqotchi sharoitni, tarbiyaviy prosess mazmuni va metodlarini turli kurinishda o'zgartiradi va bu bilan qaysi variant to'g'riligini tekshiradi. Keyin u olingan faktlarni umumlashtirib, analiz qilib. takkoslab, bosh va ikkinchi darajali belgi, komponent va boshqalarni ko'rsatib tushuntiradi. Shunday asosda, o'rganilayotgan hodisaning mohiyatini ochib beruvchi nazariya yaratiladi. Eksperiment nazariyasi, uning ilmiy asoslari L.F. Lazurskiy tomonidan ishlab chiqilgan edi, keyin bu nazariya bir kancha olimlarning ishlarida aks etdi. ( N. K. Bauman, V. I. Gmurman, M.N.Skatkin, S.G. Shapavalenko, G.I.Shukina va boshqalar). Eksperimentda tadqiqot ob'ektini ilmiy aniqlash muhim ahamiyatga ega. Pedagogik eksperiment ob'ektlari quyidagilar bo'lishi mumkin. Pedagogning ma'lum sharoit va yo'nalishdagi faoliyati va axloqiy qoidalar shakllanishining yangi usullaridan foydalanish jarayoniga rahbarlik qilishi. O'quvchilar faoliyatining har- xil turlari va xususiyatlari uning yo'nalishi, harakteri va darajasi. 3. Bola shaxsi, uning tarbiya tizimi, pedagogik ta'sirlarga munosabati, bilim va axloqiy normalarini egallash yo'llari. 4. O'quvchilar jamoasi, uning tarkibi, yo'nalishi, alohida shaxsga ta'sir kuchi, jamoaviy faoliyat, shaxslararo munosabatlar va boshqalar. Pedagogik eksperiment ob'ekti bolaga oilada, maktabda, kuchada va maktabdan tashqari muassasalar jamoalari tomonidan bo'ladigan ta'sirlar ham bo'lishi mumkin. Eksperimentga tayyorgarlik va uni ishlab chiqish, tadqiqot yo'nalishida uning urni va maqsadini aniqlashni talab etadi. Eksperiment ikki qismdan iborat bo'ladi: ob'ekt bilan maxsus ish olib borish ( ta'lim - tarbiya mazmuni, metodi va shaklini o'zgartirish, maxsus sharoit yaratish, tarbiyalovchi munosabatlar tashkil qilish va boshqalar). Maxsus tashkil qilingan faoliyat natijalarini ro'yxatga oluvchi ma'lumotlarni tuplash ( kuzatish, anketa va oldin aytilgan tadqiqot metodlari ham kullaniladi).Eksperimental ishning birinchi bo'limi - bolalarga ma'lum tarbiyaviy maqsadlarga ta'sir metodlari va stimullari orkali tashkil qilingan sharoitlar asosida amalga oshiriladi ( rejim, an'ana, jamoa hayotining zavkli tomoni va boshqalar). Tadqiqotchi hamma tashqi sharoitlar, boshqa tarbiyaviy ta'sirlarni nazorat ostiga olishi lozim, keyin bolaning ma'naviy dunyosiga ta'sir qiladigan , bir maqsadga ko'rsatilgan tashqi ta'sirlarni tashkil qilish lozim. Shunday sharoitlar yaratish lozimki, bu sharoit tekshirilayotgan jarayon, voqea va hodisalarni istalgan yo'nalishda rivojlanishiga xizmat kilsin. Buning uchun esa eksperiment o'tkazishdan oldin puxta tayyorgarlik kurish, pedagogik vaziyatni o'rganish lozim. Pedagogik munosabatlar pedagogik etika normalariga rioya qilingan holda tashkil qilinadi.Tadqiqotchi o'quvchilar, o'qituvchilar va tarbiyachilar bilan mustahkam aloqada bo'lishi, ular bilan birga “ yashashi” lozimki, xech kim o'zining tekshirilayotganligini, tajriba-daligini sezmasin.Tayyorgarlik davomida eksperimental ishni boshlashdan oldin zarur ma'lumotlar tuplanadi: eksperimentining texnikasi va metodikasi ishlab chiqiladi va shunday ishlab chiqiladiki, tashkil qilingan pedagogik faoliyat tashqi faktorlar ta'siriga yo'l kuymaydigan tarbiyaviy faktor bulsin. Eksperimentning mazmuni hozirgi zamon fanining tayanch g'oyalari va shu bilan bir vaktda tadqiqot faraziga asoslanadi. Sh.I.Ganelin farazni tadqiqotning o'zagi va yuragi deb atagan edi. Unda tadqiqotning nazariy asosi taxminiy bayon etiladi. Faraz faktlarni tuplash va olingan materiallarni analiz qilishga ma'lum yo'nalish beradi. Faraz tadqiqotning borishi va natijasini oldindan biladi va undan muammoni echilish loyixasi belgilanadi. Faraz tekshirilmagan g'oya bo'lganligi sababli ham unga ma'lum tavakkal bo'ladi va ba'zi xatolar, muvaffaqiyatsizliklar ham bo'lishi mumkin. Xato va muvaffaqiyat-sizliklarni turli yo'llar bilan kamaytirish mumkin: Birinchidan, fanning eng kiyingi yutuqlariga asoslanish lozim. Eksperiment ishimizda fanning yangi Qonun qoidalari etakchilik rolini o'ynashi lozim. Bu fanning etakchi g'oyalarini chukurlashtirsh va aniqlashtirishga yordam beradi, shuningdek, muhimi eksperimentni muvaffaqiyatli o'tkazishni ta'minlaydi. O'quv - tarbiyaviy jarayon kanchalik ilmiy tashkil qilingan bo'lsa, u shunchalik samarali bo'ladi va eksperimental ishlarni shunchalik, kurkmasdan dadillik bilan o'tkazish mumkin bo'ladi. Fanda yangini izlash hozirgi zamon pedagogika va psihologiya fani yutuqlariga tayangan holdagina mumkin bo'ladi. Esperimentda uchraydigan muvaffaqiyatsizliklarni oldina olishning ikkinchi yo'li - ilmiy izlanshni asta - sekin murakkablashtirib borish. O'quv - tarbiyaviy jarayonni birdaniga tamoman o'zgartirish mumkin emas. Bolalar bilan ishlashning yangi mazmuni va metodikasi maktab, sinf hayotiga asta- sekin kirib boradi. Tadqiqotchi o'zining namunasi, o'qituvchiga o'rtoqlik yordami orkali tarbiyaning yangicha turini o'rganishga yordam beradi, amaliy tajribada yangi metodikaning katta samarasiga ularni ishontiradi. Shuning bilan birga eksperimentda o'zini qiziqarli g'oya vaniyatlardan voz kecha bilish ham lozim.Bunda har bir muvaffaqiyatsizlik sabablarini izlash, ularni izlaganda faqat o'qituvchi kamchiliklari yoki o'qituvchining tarbiyalanganlik darajalaridan emas, balki farazlarning, gepotezalarning noto'g'riligidan izlash, muvaffaqiyatsiz-liklar va xatolarning sabablarini, ilmiy tushuntirish yo'llarini izlash lozim. Ekspermentdagi uchraydigan noto'g'ri voqea, hodisalarning oldini olishning uchinchi yo'li - uni muxokama qilish, ishni boshlashdan oldin, har bir etap oxirida va eksperiment oxirida uni ilmiy va pedagogik jamoada keng muxokama qilish. Jamoa muxokama natija-larini olingan faktlarni aniq va chukurrok tahlilqilishga yordam beradi. Tadqiqotchilik faoliyatini takomillashtirish yo'llarini ko'rsatadi. Eksperment samarasini oshirish va kamchiliklarning oldini olishning turtinchi yo'li - ilmiy tadqiqot guruxini tashkil qilish (ilmiy jamoa, ilmiy laboratoriya) Ekspermentda bir kancha har-xil hayotiy tajribaga, yoshga, kvalifikasiya va boshqalarga ega bo'lishgan shaxslarning qatnashuvi eksperimental ishni faqat ob'ektiv va har tomonlama baholash uchun foydali bulib qolmay, balki eksperiment metodikasini ishlab chiqish, xatolar va muvaffaqiyatsizliklarni tez va samarali yo'qotish, tadqiqotchi-lik faoliyatida tajriba almashish uchun juda foydalidir. Shuning uchun ham keyingi yillarda bir o'qituvchi rahbarligidagi student - tadqiqotchilar guruxi tashkil qilinayapti, bir yirik olim tevaragida o'qituvchi va aspirantlar jamoasi birgalikdagi kompleks mavzularni ishlab chikmokda. Eksperiment solishtirish va taqqoslash asosida olib boriladi. Shuning uchun tadqiqotni shunday tashkil qilish kerakki, natijada solishtirish va taqqoslash imkoniyati bulsin( faktlar, sonlar). Olingan eksperiment ma'lumotlarini taqqoslashda turli usullar kullaniladi: 1. Eksperiment sinflardan faktlar nazorat sinflar bilan takkoslagan holda olinadi.Bunda bir guruxdagi tarbiyalanganlik darajasi taxminan bir xil bolalar bilan bir guruxda maxsus ish va boshqasida odatdagidek, tipik ish olib boriladi. 2. 3 - 4 ta tarbiyalanganlik darajasi bir xil bo'lgan bolalardan tashkil topgan eksperiment sinflarga o'rganilayotgan xususiyat turli yo'llar bilan tarbiyalanadi. 3. Eksperiment ishlari bir xil stilda olib boriladi, lekin umumiy tarbiyalanganlik darajasiga ega bo'lgan har - xil guruxdagi o'quvchilar takkoslanadi: Masalan: bilishga qiziqish yaxshi, o'rta yoki kuchsiz o'zlashtiruvchi o'quvchilarda qanday shakllanadi, o'qituvchining talabiga jamoadagilar va egoistlar qanday munosabatda bo'ladi. 4. Yoshiga yoki jinsiga karab ijtimoiy axvoli yashash joyiga karab bolalarning tarbiyasi, o'z - o'zini tarbiyalash xususiyatlari takkoslanadi. Shuning uchun ham eksperimentda solishtirish, taqqoslash muhim bo'lgan faktlarni qanday metodlar bilan, qaysi vaktda va o'quvchilarning qaysi guruxlaridan olish, qaysi o'quvchilar guruxlarini o'rganish taqqoslashning ob'ekti qilib olish lozimligini eng avval aniqlash lozim. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling