Testlar
ADABIYOTSHUNOSLIK ASOSLARI FANIDAN UMUMIY TEST SAVOLLARI
1. Adabiyotshunoslik fanining obyekti nimalardan iborat?
a) Buyuk yozuvchilarning fikrlari, adabiy tanqid, adabiyot tarixi.
b) Tarixiy sharoit bilan birlikda olingan adabiy mahsulot va uning yaratilish jarayoni.
c) Yozuvchilarning asarlari, o’tmish adabiy jarayon.
d) So’z san’ati, adabiyotning janrlari.
2. «Adabiyot» atamasining tor ma’nosini aniqlang?
a) Badiiy asarlar.
b) Kitoblar, broshyuralar, maqolalar.
c) Qishloq xo’jaligi, texnika, meditsina, siyosatga doir asarlar jami.
d) «Adabiyotshunoslikka kirish», «Adabiyot nazariyasi»ga o’xshash darsliklar.
3. «Literatura» terminini kim ilmiy asoslagan va maxsus ma’noda qo’llagan?
a) V.Belinskiy.
b) Bualo.
c) Didro.
d) M.Gorkiy.
4. «Movlono Lutfiy o’z zamonaning malikul kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo’q erdi, ammo turkiyda shuhrati ko’proq erdi va turkcha devoni mashhurdir…» mulohazalarini A.Navoiy qanday shaklda aytgan?
a) Adabiy anjumanda, yig’inda og’zaki aytgan.
b) «Xamsa» badiiy asarida aytgan.
c) Tarixiy-memuar asarida aytgan.
d) «Majolisun-nafois» tazkirasida aytgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |