Adabiyotshunoslik nazariyasi


Download 87.12 Kb.
bet6/9
Sana09.10.2023
Hajmi87.12 Kb.
#1695582
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Adabiyotshunoslik nazariyasi-hozir.org

(H. Yoqubov).
    1. Badiiy adabiyotning adabiy-estetik tabiatining ahamiyati


Inson o‘z umri davomida hayotni, tabiat, jamiyat va insonni bilishga


intiladi, ularning mohiyati, qonuniyatlari va xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Ayni paytda inson dunyoni va o‘zini bilish bilan cheklanmaydi, balki to'plagan
bilimlariga suyanib u jamiyatni, 0‘zining ruhiy-ma’naviy dunyosini boyitib,
o‘zgartirib boradi. Ong — borliqning inson miyasidagi oliy in’ikos (aks
etish) shakli ekan, u ijtimoiylik kasb etadi. Inson ongi (ruhiy va aqliy
qobiliyati) jamiyatdagi hayoti davomida tarkib topadi, ijtimoiy muhit ta’sirida
reallashadi, faollashadi, ijod qiladi.
Ijtimoiy ong shakllari (siyosat, huquq, ahloq, din, fan, san’at, faisafa,

riyoziyot, tibbiyot va h.)ning barchasi-hayotni organadi, biroq har bin o'ziga


xos predmetiga asosan obyektiv borliqni in’ikos etadi, o‘rganadi va o‘rgatadi.
Jumladan, ilmiy ijod insonning tabiat, jamiyat va o‘z tafakkurida amal
qiladigan qonun va qonuniyatlarni kashf etish, bilish va o‘rganish bilan
shug‘ullansa, badiiy ijod tabiat, jamiyat va insonning nafosat qonunlari va
tamoyillari asosida badiiy ifodalash sirlarini ochadi. Boshqacha aytsak, ilmiy tafakkur barcha fanlami, badiiy tafakkur san’at va uning shakllarini o‘zida
birlashtiradi. Ikkalasi ham real borliq (hayot)ni, bizdan tashqaridagi olamni
o ‘rganadi. Bin hayot (tabiat, jamiyat, inson tafakkuri)ning obyektiv qonunlarini ochish, tushuntirish bilan shug‘ullansa, ikkinchisi hayot (tabiat,
jamiyat, inson)ning badiiy (obrazli) kashfini tahlil va tadqiq qiladi. Ilmiy
tafakkur borliqni ilmiy tushunchalar, g oyalar, kategoriyalar, prinsiplar,
muammolar, gipotezalar, hukmlar, xulosalar, nazariyalar, qonunlarda ifodalasa, badiiy tafakkur borliqni obrazlarda aks ettiradi. Ha, shuning uchun
ham «agar fanlar va san’atlar bo'lmaganda, inson va inson hayoti ham
boimasdi» (L.N. Tolstoy).
«Filosof sillogizmlar orqali fikr yuritsa, shoir obrazlar va kartinalar vositasida gapiradi va ularning ikkalasi ham ayni bir narsani aytadi. Siyosiy
iqtisodchi statistik raqamlar bilan qurollanib, o‘z o'quvchi yoxud tinglovchilarining zehniga ta’sir etib, jamiyatdagi falon sinfning ahvoli falon-falon
sabablarga ko‘ra ko‘p yaxshilangani yoxud ko‘p yomonlashganini isbotlaydi.
Shoir voqelikningjonli va yorqin tasviri bilan qurollanib, o‘z o'quvchilarining
fantaziyasiga ta’sir etib jamiyatdagi falon sinfning ahvoli falon-falon sabablarga binoan haqiqatan ham ko‘p yaxshilangani yoxud yomonlashganini
haqiqiy kartinalarda ko‘rsatadi. Biri isbotlaydi, ikkinchisi ko‘rsatadi —
ikkalasi ham ishontiradi, bunga faqat ularning biri mantiqli asoslash,
boshqasi kartinalarda namoyon etish bilan erishadi» ( V.G.Belinskiy; Та ’kidlar
bizniki. — H.U).
Yuqoridagi «Humoyunnoma» (Gulbadan begim) asaridan keltirilgan
parchaga e’tibor qilsangiz, unda mantiqiy fikrlash, mushohada, xabar ustunlik qiladi, hamm a so'zlar aniqlik, obyektivlik, «quruq qayd» etishga
bo‘ysundiriladi va haqiqatan bo'lgan voqea haqida tushuncha beradi.
«Yulduzli tunlar» romanidan keltirilgan lavha esa Bobur, Mohim begim, Shayxulislom (Ko‘hinurolmosi ham) jonli gavdalanadi, ularning o‘zaro
muloqotlaridan har birining qalbidagi tuyg‘u va hislarni (jumladan, «Mohim begim yum-yum yig‘laydi», «Boburga qo‘rquv aralash hayrat bilan
tikiladi». «Bobur suyukli o‘g‘lini hadeb o‘tga-suvga solib, shu kasallikka o‘zi
ham sababchi boiganday o‘rtanadi», Humoyunga «Sening shu og‘ir dardingni xudo sendan olib menga bersin!» — deya iltijo qiladi. Munkaygan

Shayxulislom qiymati ulkan oltin xazinalariga barobar keladigan Ko‘hinur


olmosini sandig‘iga tushirishga yo‘l topganday — Humoyun betobligidan
foydalanishga intiladi, «ota-bolaga baqrayib qaraydi», sarosimaga tushadi...)
to‘laligicha aniq nuqtalari bilan ko‘ramiz,jonli his etamiz. Shunday bo‘lishi
mumkin bo'lgan voqea bilan tanishamiz. Xotirada voqea aniq va «quruq»
bayon etiladi, lavhada esa tasvirlanadi. Birida mantiqiy mushohada, ikkinchisida korsatish ustunlik qiiadi.
San’at (arxitektura, haykaltaroshiik, rassomlik, musiqa, teatr, xoreografiya, kino va sh.k.) fanlar (ilmiy tafakkur)ning yutuqlariga suyangan
holda hayotni obrazlar vositasida ifoda etadi. Obrazlilik san’atning hamma k o ‘rin ish larin i b irlash tirad ig an , um um iyligini, o'xshashligini
ta ’minlaydigan universal vositadir.
«Obrazli formadan tashqarida san’at yo‘q» (Oybek). Lekin ravshanlik,
ta’sirdorlik, noziklilik, go'zallik kabi obrazlilikning atributlari (ajralmas belgilari, xususiyatlari) san’atning har bir shaklida o‘ziga xos bo‘ladi:
«Skulptura...inson tanasi shakllarining go‘zalligini ifodalaydi, inson yuzidagi fikming bir paytini, tanadagi (attitude) bir vaziyatnigina tutib oladi. Shu
bilan birga skulpturaning ijodiy faoliyati insonning butun siymosini qamray
olmaydi, balki inson tanasining tashqi shakllari bilangina chegaralanadi, erkak
kishilarda faqat mardlik, ulug‘vorlik va kuchni, xotinlarda go'zallik va noziklikni ifoda qiladi. Rassomlik san’ati butun insonni, hatto uning ichki ruhiy
dunyosini ham o'z ichiga oladi, ammo rassomlik ham hodisaning faqat bir
paytini qamrash bilan chegaralanadi. Muzika esa, eng ko‘p, ruhning ichki
dunyosini ifoda etuvchidir, lekin muzika ifoda qilgan g‘oyalar tovushlar
(sadolar)dan ayrilmaydi, tovushlar ruhga ko‘p narsa bersa ham, aqlga hech
nimani ochiq va aniq qilib aytmaydi. Poeziya erkin inson so‘zida ifodalanadi,
so‘z esa ham tovush, ham kartina, ham aniq va ravshan aytilgan tasawurdir...»1.
Tinib-tinchimas rus tanqidchisi V.G.Belinskiy tomonidan «Poeziyaning
xil va turlarga bo‘linishi» maqolasida aytilgan bu nozik kuzatish va xulosalar san’atning har bir ko‘rinishi «o‘z tili»ga, «o'z us!ubi»ga-«ozligi»ga
ega ekanligini ravshan isbotlaydi.
San’atning ba’zi ko‘rinishi (masalan, V.G.Belinskiy aytgan skulptura)
muayyan cheklangan jihatlari boiishidan qat’i nazar, dilni quvontiradigan,his-hayajonlarni yondiradigan, jonliligi va go‘zalligi bilan, latofati va nafisligi bilan beadad quvonch baxsh etadi:
«Haykaltarosh Skopas marmardan Vakx qizini yaratdi: qiz jonli ko'rinadi,
tosh o‘sha toshligicha qolgani holda, go‘yo jonsiz tabiat qonunlarini buzganday edi... 0 ‘z tabiatiga ko‘ra qattiq bo‘lgan tosh ayol naflsligiga taqlid
qilib, go‘yo o‘zi ham nafis bo‘lib qolganday, ayollik tabiatiga ko‘ra keskin,
nozik harakatlar qilayotgan ayol qiyofasiga kirgan edi. Tabiatan harakatdan
mahrum bo‘lgan tosh san’atkor qo‘lining sehri, qudrati bilan Vakx qizlari
raqsida charx urib aylanayotganday edi. Garchi ehtiros toshga xos bo‘lmasa
ham, Vakx qizining yuzida es-hushidan ayrilgan ayol shavqi ravshan sezilardi... Uning sochlarini shabada yulqilar, toshning o‘zi ham nozik va mayin,
durkun soch tolalariga aylangan edi. Bu holni tushunishga, tasawur etishga
aql bovar qilmas edi, tosh bo‘la turib, bu marmar obrazda ayolning bor
mayinligi, nafisligi ko'rinar edi»1
Bu tasvirning o ‘ziyoq, garchi m arm ardan yasalgan Vakx qizini
ko‘rmasangiz ham sizda Skopasning mohirligi, tosh ayoldagi uyg'unlik va
jonlilik ajib tuyg‘ular ato qiladi, ayolning go‘zalligi ko‘ngilni olijanoblikka
o‘raydi, o'ziga maftun etadi.
Adabiyot «boshqa san’atlarning barcha unsurlarini o‘z ichiga oladi, bo‘lak
san’atlarning har biriga ayrim ravishda berilgan hamma vositalardan birvarakay va to'la suratda foydalanadi» ( V.G.Belinskiy). Shu sababdan ham adabiyotning maydonidan chiqib ketadigan bironta hodisa, voqea, ruhiy holat,
xatti-harakat, kechinma boMmaydi va ularning hammasi so‘z vositasida
ta’riflanadi, ochiladi, jonlantiriladi. Alloh so'z qudrati bilan borliqni yaratganki, uning qudratidan boshqa buyukroq m ojiza yo‘q. Hadisi sharifda
«So'zda sehrbor...» deb ta’kidlansa, xalqimiz «So‘z qilichdan o‘tkir», «So‘z
— kishining o‘zagi, odob — uning bezagi», deydi. Bobomiz Alisher Navoiy
«Chin so‘z — mo‘tabar, yaxshi so‘z — qisqa — muxtasar» desalar, Mashrab
Boboyev «So‘z aytgani kelar dunyoga inson», deydi. Rus shoiri Aleksandr
Tvardovskiy «So‘z — bu mening oshi halolim, so‘z — men uchun muqaddas», — deb kuylaydi. Ha, so‘z — aqlimizning toji, yuragimizning, otashi,
insoniyligimizning belgisidir. Ana endi bu so‘z badiiylashganda, adib Oybek
aytganidek, har bir so'z, uzukka qo‘yilgan qimmatli tosh kabi porlaydi, har
bir misrada katta mazmun barq urib turadi. So‘z chertib olinadi, ohangi,
ifoda kuchi, bo‘yog‘i va boshqa xislatlari bilan hissiy qudratga ham ega
bo'ladi.
Shu asosga ko‘ra, adabiyotning «tili», birdan-bir quroli — so'zdir, so‘z

san’atidir. Uning tasvir va tasvir imkoniyatlari nihoyasizdir. Adabiyot so‘z


san’ati ila hayotni o‘rganadi va tasvirlaydi (uning mag‘zini chaqadi), hayotni tadqiqi jarayonida undan muayyan xulosa va saboqlar chiqaradi (hukmga
keladi), hayotdan dars o!adi(«hayot darsligi» vazifasini o‘taydi), hayotni qayta
(umid va orzular asosida) yaratadi. Demak, so‘z san’atining obyekti — tabiat, jamiyat va insonni birlashtiruvchi, bizdan tashqarida yashovchi cheksizchegarasiz olamdir.
Inson san’at va adabiyotning bosh predmetidir. Yozuvchi Maksim
Gorkiyning ta’biricha, « 0 ‘zining intilishlari, ishlarining butun xilma-xilligi
bilan, o'zinig o'sishi va tanazzulga ketishi jarayoni bilan odam badiiy adabiyotning materiali boiib xizmat qiladi».
Aristotel («Poetika»), V.G.Belinskiy («Poeziyaning xil va turlarga
bo‘linishi»)laming fikriga ko‘ra, qadimgi yunon (Gomeming «Iliada», «Odisseya» asarlari, Esxil, Sofokl tragediyalari) san’atidan boshlab, inson san’at
asarining bosh predmetiga aylangan. Hamon u adabiyot va san’atning kashflarini, yutuq va kamchiliklarini sarhisob qiluvchi asosiy o‘lchov bo‘lib kelmoqda. Shu sababdan inson tasviri yo‘q joydan san’atni izlash noo‘rindir.
To‘g‘ri, badiiy asarni varaqlasangiz, inson obrazidan tashqari, uni o‘rab
olgan tabiat (peyzaj) ham, hayvonu o'simliklar ham, jamiyat ham, buyumlar, predmetlar ham tasvirlanadi. Yuqorida ta’kid etganimizdek, adabiyot va
san’atda borliqning hamma atributlari o'z aksini topadi, faqat ular bitta
shartga bo'ysunadilar, ya’ni ular inson xarakteri va ruhiy holatining u yoki
bu qirrasini ochishga xizmat qilishlari lozim.
Qo'shiqchi shoir Muhammad Yusufning «Erka kiyik» asarida ham shu
haqiqatning ifodasini ko‘ramiz:

Download 87.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling