Adabiyotshunoslik nazariyasi


Download 87.12 Kb.
bet3/9
Sana09.10.2023
Hajmi87.12 Kb.
#1695582
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Adabiyotshunoslik nazariyasi-hozir.org

«oy
bolta»
nomli bitigini, hozirgi she’riyatimizda «ikkigina so‘zdan iborat butun boshli
bir she’r», u tugal asar1, deb baholash noo‘rindir, chunki unda eng asosiy
narsa shoir tomonidan anglangan va uni aynan o‘quvchida ham xuddi shunday
idrok qilishni yuzaga keltiradigan poetik mazmun yo‘q... «oy»ning ham,
«bolta»ning ham va ular o ‘rtasidagi bog‘lanishning ichki mohiyati ham
kashf etilmagan.
Shodlik va baxt kuychisi H.Olimjoning «Xayolimda bo‘lding uzun kun...»
she’rida esa bu mulohazalarning tamoman aksini — poetik kashfiyotni
ko‘ramiz, uning mutanosibligidan, qalb torlarini sehrli tebratishidan hayajonga tushamiz, «hiylagar oy, sehrgar dilbar kimnidir yodimizga solib
qo'yganidan» huzur va sog‘inch tuyamiz:
Xayolimda bo'lding uzun kun,
Seni izlab qirgoqqa bor dim.

Och to'lqinlar pishqirgan tunda,
Topib ber, deb oyga yolvordim.
Ishon bunga, seni doimo
Esga solur chiroyli tunlar.
Sho'x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solur baxtiyor kunlar.
Toleimning oshinosi sen,
Sen sevgimninng ko'kargan bog' i.
Sening bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sen vafo tog‘ i.
Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham tot'ladi.
Kecha jimjit, yolg‘iz to'lqinlar,
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sehrgar dilbar
Solib qo'yding yodimga kimni?..'
Ushbu she’ming shaklini yuzaga chiqaruvchi vositalar deganda: she’rning
ritmi, turoqlanishi, vazni, qofiyalanish tartibi, ohangi, poetik sintaksisi, fonetikasi, badiiy-tasviriy vositalari kabilar tushuniladi. Bu shakliy vositalaming
barchasi birvarakayiga lirik qahramonning sevgilisiga boMgan muhabbatini,
bu muhabbat uyg'otgan sog‘inchni ochib berishga xizmat qiladilar. Mazmun
va shakldagi ana shunday yaxlitlik — poetik asarni jo‘shqin, ta’sirchan qilgan. Mazmun sayoz bo‘lganda-chi? Shakl yasama boMmaydimi? Shu nuqtai-nazardan hozirgi jarayonga bir nazar tashlaylik.
San’at — serzavq go'zallik, o‘ta nafislik, to'kis uyg‘unlik, huzurbaxsh oromijonlik xislatlari — mazmun va shaklining yaxlitligi bilan maftun etadi, ezgulikka yetaklaydi, ayniqsa, ishqni kuylaganda ko‘ngilga olov tashlaydi: musiqa,
so‘z va ovoz bir-birlarining taniga, yo‘q, yo‘q, jon-jonlariga singishib ketganda, uchalasidan yorqin, jonbaxsh bir olam yaralganda oh deysan, ko‘z yoshi
to‘kasan, joning o ‘rtanadi, qalbingda har qanday tuyg‘ung yonadi va shu
olovda pishib, toblanib, yangilanib ezgulik ruhini socha boshlaydi.
Tinglang-a:
Umr o'tar, vaqt o'tar,
Xonlar o'tar, taxt o'tar

Omad o'tar, baxt o'tar,
Lekin hech chiqmas yodimdan
Seningyurishlaring, sening kulishlaring?..
Bu oshiq — sadoqat timsoli, ishqning jahoni. U yori uchun shunchalik
kuyub-yonadiki, sizning aqlingizni eritib yubora oladi, qalbingizda g‘ulg‘ula
solib, uni junbushga keltirib qaynatadi, har qanday g‘ubordan ozod etadi.
Ana shunday haqiqiy oshiqqa sal-pal o ‘xshashga intilayotgan, klipdan ayyorona (o ‘zini ko‘z-k o‘z qilishda) foydalanayotgan, ko‘ziga tupuk surtib irg'ishlayotgan, o ‘zini bo‘lar-bo‘lmasga dam choptirayotgan, dam dumalatayotgan, dam cho‘ziltirayotgan, dam yig‘latayotgan, dam kuldirayotgan... «Zohiri sadoqat bilan burkangan, ichi esa fisqi-fasod bilan bulg‘angan» qalbaki oshiqlarning ko‘payganiga, «ohu zoriga» nima deyishni bilmaysan?
Bu oshiqlar, Alisher Navoiy bobokalonimiz «Hayrat ul-abror» dostonlarida aytganlaridek, «Yoridan o ‘z xohishining ushalishini talab qiladi: gapso'zidan esa adabsizligi bilinib turadi. Goh yorining la’l labidan jon ta’ma
etadi, bitta jon emas, imkoni bor hamma narsani so'raydi. Goh u yorning
gul hidli badanini, taninigina emas, tanasining har bir a’zosini vasf qiladi.
Jimjimador xatlari hazil kitobiga o ‘xshaydi, uning mazmuni fahsh, yolg‘on
va firibdan iborat. Ko‘zbo‘yamachining shishasini usti sofu lekin zimniga
yuz xil makru-hiylasi, yolg'on joylashgan. Shu ham oshiq hisoblanadigan
bo‘lsa, uni o ‘ldirish, boshdan-oyoq vujudini ko‘ydirish kerak».
Bu oshiqlarning biri (radioda):

Download 87.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling