Adabiyotshunoslik. Test. Poetik sintaksis


Download 29.05 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi29.05 Kb.
#1112850
Bog'liq
Poetik sintaksis. Test


Adabiyotshunoslik . Test . Poetik sintaksis
1. Poetik sintaksisning vazifasi nima ?
A. Badiy asardagi rang-barang nutqiy qurilishlar va obrazli til vositalari , jumla tuzish usullarini tadqiq etadi
B. Gap qurilishi , gapda so’zlarning tartibi haqida bahs yuritadi.
C. Gapirish uslubini , tovushlarning baland va past ohangini va so’zlarning talaffuz etish usullarini o’rganadi .
D. Badiiy adabiyot tilida predmet , voqea-hodisa , tushuncha va kishilarning belgi-hislatlarini aniqlash-izohlash , tavsiflashni o’rgananadi .
2. Lotincha baland tovush bilan talaffuz qilish , o’qish ma’nosini anglatadigan so’z qaysi javobda berilgan ?
A. Intonatsiya
B. Urg’u
C. Pauza
D .Figura
3. Quyidagi she’riy parcha qanday intonatsiya bilan o’qiladi ?
Shodlik yo’lga boshladi meni ,
Baxtiyorlik bo’ldi odatim .
Shoir bo’lib shodlik va baxtni
Kuylamaklik zo’r saodatim . ( H.Olimjon)
A. Faxr , iftixor bilan
B. Nozik lirik hissiyot bilan
C. Ko’tarinki romantik his bilan
D. Alohida mung bilan
4. Gradatsiya , ritorik so’roq , murojaat , xitob va badiiy takrorlar figuralarning qaysi turiga mansub ?
A. Kuchaytiruvchi figuralarga
B. Ohangdosh figuralarga
C. Pasaytiruvchi figuralarga
D. Zidlov figuralariga
5. Shoir asarda tasvirlanayotgan u yoki bu muammoga , u yoki bu voqeaga o’quvchi diqqatini tortish maqsadida nimadan foydalanadi ?
A. Ritorik so‘roq
B. Badiiy takrorlardan
C. Intonatsiya
D. Gradatsiya
6. Quyidagi nechta so’zning kelib chiqishi arabcha ?
Takrir , ritorik so’roq ,musalsal , assonans , anafora , tardu aks , musaviyat tarafayn , ellipsis , qati’ , antiteza , inversiya , anakoluf .
A. 5 ta
B. 3 ta
C. 4 ta
D. 2 ta
7. Poetik g’oyani o’zida ifodalovchi tovush , so’z , so’z birikmasi : misra , bayt , bandning she’r qurilmasidan muayyan qonuniyat asosidagi takroridan tuzilgan fonetik , leksik , morfologik , sintaktik nutq oboroti adabiyotshunoslikda nima deb yuritiladi ?
A. Badiiy takrorlar
B. Uchma-uch ulash
C. Halqa
D. Tardu aks
8. Qaysi san’at ba’zi manbalarda “takror” , “tardid” , “tasdir” deb yuritilgan ?
A. Takrir
B. Qati’
C. Musaviyat tarafayn
D. Tardu aks
9. She’r yoki banddagi misra (gap) larning boshidagi so’z yoki so’z birikmasining boshqa misralarning boshida aynan takrorlanib kelishi adabiyotshunoslikda nima deb yuritiladi ?
A. Anafora
B. Annosans
C. Antiteza
D. Alliteratsiya
10. Hamid Olimjonning “O’zbekiston” she’ri
“Vodiylarni yayov kezganda ,
Bir ajib his bor edi menda…”
bayti bilan boshlanib , she’rning oxirida ham xuddi shu bayt aynan takrorlanadi. Bu adabiyotshunosligimizda qaysi san’at turiga misol bo’la oladi ?
A. Halqaga
B. Uchma-uch ulashga
C. So’z-o’zak takroriga
D. Misra takroriga
11. “ Ul andin iboratkim , kalomning bir bo’lagin ikkinchi bir bo’lagining oldig’a qo’yarlar , so’ngra aning aksin qilurlar , birinchi bo’lakning o’rnin ikkinchisiniki bila almashtirurlar “. She’rshunos alloma Atoulloh Mahmud Husayniy qaysi san’atga nisbatan ushbu ta’rifni bergan ?
A. Tardu aks
B. Musalsal
C. Takrir
D. Qati’
12. Adabiyotshunos Nodira Afoqova “Abdulla Oripov lirikasida badiiy san’atlar “ nomli kitobida : “…Oktyabr to’ntarilishidan keyingi davr o’zbek adabiyotida biz murabba’ning yagona namunasini shoir _______ _______ ijodida uchratdik “ . Tushib qolgan ismni aniqlang .
A. Isroil Subhon
B. Hamza Hakimzoda Niyoziy
C. Hamid Olimjon
D. Furqat
13. Ellipsis , gradatsiya , sukut , annominatsiya , parallelizm , antiteza , so’zlarni bo’lib-bo’lib aytish ,so’z o’yini .
Bulardan nechtasi pasaytiruv figuralar hisoblanadi ?
A. 3 tasi
B. 5 tasi
C. 4 tasi
D. 6 tasi
14. Pasaytiruv figaralari tarkibiga kiradigan qaysi usul mumtoz adabiyotimizda “iyjoz” deb yuritilgan ?
A. Ellipis
B. Alliteratsiya
C. Sukut
D. Qati’
15. Antitezaning asosini nimalar tashkil etadi ?

  1. Antonimlar , kontrast kartinalar , qarama-qarshi obrazlar va vaziyatlar

  2. Parallelizm , annominatsiya , antanaklassis , so’z o’yini

  3. C. Ellipsis , sukut , qati’

D. Ritorik so’roq , ritorik murojaat , ritorik xitob
16. Anakolufga misol keltirilgan qatorni toping .
A. “ Davlati ol Temur ketgusidir
Navbat o’zga kishiga yetgusidir “. ( Muhammad Solih )
B. “ Ko’zi o’ta boqqan qalb yetuk
Zamon o’zi! Tashvish ham suluv”. ( Zulfiya)
C. “ Xalq dengizdir , xalq to’lqindir , xalq kuchdir ,
Xalq isyondir , xalq olov , xalq o’chdir …” ( Cho’lpon)
D. “Ey Navoiy , bevafodur yor , bas ne foyda ,
Nechakim desang : agar yoxud magar , yo koshki “. (Alisher Navoiy)
17. Fonetik usullar qaysi javobda berilgan ?
A Alliteratsiya , assonans
B. Sukut , qati’
C. Ko’chuv , anakoluf
D. Annominatsiya , antanaklassis
18. She’rda , jumladan , bandda va qisman nasriy asarlarda ham bir xil undosh tovushlarning takrorlanishi adabiyotshunoslikda nima deb ataladi ?
A. Alliteratsiya
B. Assonans
C. Anakoluf
D. Annominatsiya
19. “ Oftob botib ketdi egildi boshim
Yulduzlar sochildi ko’zimda yoshim.
Hajringda bag’rimni yerga berurman ,
Tun bir lahat bo’lsa , oy-qabr toshi “. (A.Oripov)
Ushbu she’riy parchada qaysi tovush alliteratsiyaga uchragan ?
A. “r” tovushi
B. “b” tovushi
C. “o” tovushi
D. “a” tovushi
20. “ Assonans “ so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’no anglatadi ?

A. Lotincha , javob qaytaraman


B. Yunoncha , noizchil , noto’g’ri
C. Yunoncha , yonma-yon turuvchi
D. Lotincha , o’rnini almashtirish usuli
21. Faqat unlilar hamohang bo’lib kelgan to’liq bo’lmagan qofiya adabiyotshunoslikda nima deb nomlanadi ?
A. Assonans
B. Halqa
C. Ko’chuv
D. Alliteratsiya
22. Tildagi tasodifiy usul emas , balki shoirning o’z g’oyasini birinchi planga qo’yish niyati bilan bog’langan qonuniy usul adabiyotshunoslikda nima deb ataladi ?
A. Inversiya
B. Alliteratsiya
C. Konsonans
D. Polisindeton
23. Qaysi san’at ijod jarayonini sun’iy ravishda qiyinlashtirishi va , xususan , shaklbozlikka berilib ketish xavfini tug’dirishi mumkin ?
A. Musaviyat tarafayn
B. Tardu aks
C. Takrir
D. Musalsal
24. Quyidagi berilgan so’zlarning ma’nosini toping .
1. Takrir
2. Anafora
3. Uchma-uch ulash
4. Halqa
a) she’rning boshida kelgan misra , bayt va , hatto , band shu asarning oxirida aynan takrorlanishi
b) she’r yoki banddagi misra(gap)larning boshidagi so’z yoki so’z birikmasining boshqa misralarning boshida aynan takrorlanib kelishi
c) bir jumla yoxud bir misra oxiridagi so’z yoki so’z birikmasi boshqa jumla yoki misraning bosh qimida takrorlanib kelishi
d) muayyan maqsadda asar matnida lafz yoxud ma’noni takrorlash san’ati
A. 1-d , 2-b , 3-c , 4-a
B. 1-d , 2-c , 3-b , 4-a
C. 1-a, 2-b , 3-c , 4-d
D. 1-d , 2-c , 3-b , 4-a
25. Po’rtana qo’zg’aldi , po’rtana yurdi
Po’rtana o’zini qirg’oqqa urdi .
Po’rtana oldida bir kema ko’rdi:
Ichi zich odam…o’ynatdi , surdi . ( Cho’lpon)
Yuqoridagi berilgan parchada qanday takror turidan foydalanilgan ?
A. Anafora
B. Takrir
C. Uchma-uch ulash
D. Halqa
26. Gradatsiya necha xil bo’ladi va ular qanday nomlanadi ?
A. 2 xil : klimaks , antiklimaks
B. 3xil : radif , anofora , hojib
C. 3 xil : alliteratsiya , assonans , konsonans
D. 2 xil : asindeton , polisindeton
27. Ritmik-sintaktik parallelizm nima ?
A. Ikki yoki undan ortiq ( teng va o’xshash ) sintaktik birliklarni parallel qo’yib (qiyosiy) tasvirlash usuli
B. Ma’naviy jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan ikki va undan ortiq bo’lgan narsa-hodisa hamda xususiyatlarni tasvir jarayonida bir-biriga qiyoslash (o’xshatish) orqali poetik maqsadni ifodalash usuli
C. She’rda ishlatilgan so’zlarni odatdagidek eniga qarab o’qilganida qanday misra – gap tuzilishi kelib chiqsa , bo’yiga qarab o’qilganida ham aynan shu misra-gap paydo bo’lishi
D. U yoxud bu fikrni ifodalash uchun eng zarur so’zlarnigina ishlatish , ikkinchi darajali so’zlarni ongli ravishda tushirib qoldirish usuli
28. Ohangdosh figuralarni aniqlang .
A. Parallelizm , annominatsiya , antaklassis , so’z o’yini
B. Gradatsiya , ritorik so’roq , murojaat , xitob va badiiy takrorlar
C. Ellipsis , sukut , so’zlarni bo’lib-bo’lib aytish
D. Inversiya , ko’chuv , anakoluf
29. So’zlarni ma’nolari bilan moslashtiring .
1. Ellipsis
2. Sukut ( jim qolish )
3. Qati’
a) badiiy nutqni kesish usuli
b) badiiy nutqda so’z yoxud so’z birikmasining tushib qolishi
c) u yoxud bu fikrni ifodalash uchun eng zarur so’zlarnigina ishlatish , ikkinchi darajali so’zlarni ongli ravishda tushirib qoldirish usuli
A. 1-c , 2-b , 3-a
B. 1-a, 2-c , 3-b
C. 1-a , 2-b , 3- c
D. 1-c , 2-a , 3-b
30. Badiiy adabiyotda so’zning ma’nosi va ifodaviyligini kuchaytirish maqsadida qilingan shakily-uslubiy o’zgarishlar ilmda nima deb ataladi ?
A. Figuralar
B.Poetik ko’chimlar
C.Poetik sintaksis
D. Fonetik usullar
Download 29.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling