Adabiyotshunoslik


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

6-mavzu:
ADABIYOTLARARO 
JARAYONLARNING SHAKLLARI
Reja:
6.1. Milliy, hududiy va jahon adabiyoti.
6.2. Adabiyotlararo aloqalar.
6.3. Tipologiya va tipologik mushtaraklik. 
6.4. Adabiyotshunoslikda multikulturizm. 
Tayanch tushunchalar: milliy, hududiy va jahon adabiyoti
adabiy aloqalar, Alisher Navoiy, multikulturalizm, A.Hayitmetov, 
N.Konrad, M.Jirmunskiy, Sh.Rizayev.
Milliy, hududiy va jahon adabiyoti doimo o‘zaro aloqada ri-
vojlanadi va bir-birini boyitadi. Jahonda biror adabiyot faqat 
o‘z qobig‘ida, o‘z adabiy an’analari doirasida rivojlanmaydi, 
balki boshqa adabiyotlarning ilg‘or tajribalariga tayangan hol­
da o‘z taraqqiyotini belgilaydi. 
Milliy adabiyot – har bir xalq madaniy hayotining ajralmas 
qismi, muayyan millatning, masalan o‘zbek, rus, yapon xal­
qining adabiy merosi, nazmiy va nasriy durdonalari, o‘lmas 
asarlaridir. Rus komparativist olimi B.G.Reizovning fikriga 
ko‘ra, milliy adabiyot ko‘plab adabiy va madaniy kuchlarning, 
tendensiya va imkoniyatlarning birlashuvidir
1
.
Milliy adabiyotning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri unda bi-
ror xalq mentalitetiga xos an’analarning, urf-odatlarning, 
mil lat ruhiyatining aks etishidir. 

Данилина Г.И. Сравнительное литературоведение. Хрестоматия. – Тюмень, 2011. – C.134.
Regional adabiyot geografik jihatdan ma’lum chegarala­
nishga ega bo‘lgan hududiy adabiyotdir. Masalan, Markaziy 
Osiyo xalqlari adabiyoti, Yevropa adabiyoti, Yaqin Sharq mam­
lakatlari adabiyoti va h.k. Ularni tarixiy taraqqiyot bosqichlari, 
an’analar va ma’lum bir hudud birlashtirib turadi. Bunday 
tasnif genetik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan yoki tarixiy 
taqdir birlashtirgan xalqlar adabiyotiga xos umumiy jihat­
larni aniqlashga yordam beradi. Masalan, «o‘zbek, turkman, 
qozoq, qirg‘iz, tojik va qoraqalpoq xalqlari nafaqat geografik 
jihatdan o‘xshash mintaqada yoki ijtimoiy-tarixiy sharoiti 
umumiy xususiyatga ega hududda yashaydi, balki ularning 
tili, adabiyoti, tarixi va urf-odatlarida ham mushtaraklik oz 
emas. Ularning xalq og‘zaki ijodi, yozma adabiyoti tarixida 
o‘xshashliklar ko‘pligiga misollar yetarli. Bu omillar Markaziy 
Osiyo adabiyotlarini o‘zaro yaqinlashtirishni, ular o‘rtasida 
adabiy aloqalar va ta’sirlarning yuzaga kelishi va muvaffaqi­
yatli rivoj lanishini ta’minlaydi»
1
.
«Jahon adabiyoti» deganda, u yoki bu mamlakatda yarati-
lib, o‘zining estetik darajasi bo‘yicha butun dunyoda talab 
qilingan asarlar tushunilgan»
2
.
Qaysi mashhur asarni olmaylik, u avvalo, ma’lum bir millat 
vakilining ijodiy merosi, u yoki bu xalqning ma’naviy boyli­
gidir. Masalan, Alisher Navoiy asarlari turkiy xalqlarning ma’-
naviy merosi bo‘lishi bilan birga, butun dunyo xalqlari ning in­
tellektual boyligidir. Chunki shoirning asarlarida ifodalangan 
insonparvarlik, mardlik, do‘stlik kabi umumbashariy g‘oyalar 
barcha xalqlar uchun birdek qadrli va ahamiyatlidir.

Курамбоев К. Адабий алоқалар – миллий адабиётлар тараққиётининг қо ну ният-
ларидан бири // http://uzadab.ndpi.uz/adabiy_aloqalar.html

Qosimov A., Hamroqulov A., Xo‘jayev S. Qiyosiy adabiyotshunoslik. – Toshkent: Aka dem-
nashr, 2019. – B.35.


44
45
Har bir millat adabiyoti dunyo badiiy tafakkurining ajral­
mas qismini tashkil qiladi. Jahon xalqlarining qiziqishi va o‘qi­
shi badiiy adabiyot ahamiyatini belgilovchi asosiy mezonlar­
dandir. U yoki bu xalqning jahonda tanilishi, eng avvalo, o‘sha 
xalq madaniyati, san’ati va adabiyotining qanday miqyosda 
tarqalishi va tan olinishiga bog‘liqdir. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling