Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiy arxetip
- Sayyor syujetlar
Qiyoslash tipologiyasi – umumiy xususiyatlariga ko‘ra
(bitta til oilasiga kirishi, janr, etnik xususiyatlariga ko‘ra) u yoki bu adabiyot namunalarining qiyoslanishi. Tipologiya natijasida ayrim til va adabiyotga xos umumiy qonuniyatlar shakllanadi. Motiv – psixologiyada biron xatti-harakatga turtki beruv- chi sabab, adabiyotda syujetning takrorlanuvchi unsuri. Masalan, muhabbat motivi, do‘stlik motivi. Adabiy tushuncha sifatida birinchi marta A.N.Veselovskiyning «Syujetlar poeti kasi» (Поэтика сюжетов, 1906) asarida ilmiy jihatdan asos langan. Olimning fikricha, motivlar kombinatsiyasi syujetni yuzaga keltiradi. Adabiy arxetip – badiiy asarlarda ko‘p uchraydigan va tak rorlanadigan obrazlar, syujetlar, motivlar. Masalan, detektiv 148 149 asarlarda qotil va maqtul obrazi, xazina izlash syujeti, muhab bat motivi va h.k. Sayyor syujetlar – bir xalq adabiyotidan boshqa bir xalq adabiyotiga, ayniqsa, folkloriga ko‘chib yuruvchi syujetlar. Masalan, uch og‘ayni botirlar, uyqudagi malika, sirli orol bilan bog‘liq syujetlar. Atama birinchi marta nemis olimi T.Benfey tomonidan qo‘llanilgan. U 1859-yilda hind adabiyoti mum toz namunasi «Panchatantra»ni o‘rgana turib, undagi har bir hikoyatga adabiy parallel, ya’ni boshqa xalqlar adabiyoti da shunga o‘xshash syujet topadi va syujetlar migratsiyasi (ko‘chishi) haqidagi nazariyani yaratadi. Sayyor syujetlarni adabiy hodisa sifatida o‘rganish, Sharq va G‘arb adabiyoti alo qalarini yoritish maqsadida T.Benfey «Orient und Occident» deb nomlangan davriy jurnal chiqara boshlaydi. Uning bu boradagi nazariy qarashlarini rus olimi V.M.Jirmunskiy da vom ettirgan 1 . Sayyor syujetlarni kuzatish asosida turli mil lat adabiyotlarida yaratilgan nasr va nazm namunalarini keng o‘rganish, adabiy hamkorlikning muhim jihatlarini aniqlash mumkin. 1 Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение: Восток и Запад. – Л.: Наука, 1979. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling