Adabiyotshunoslik


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

GLOSSARIY
Sintetizm – fransuz tilida qo‘shish, jamlash degani. Im­
pressionizm (san’atning barcha turlarida taassurot qoldirish)
ning bir ko‘rinishi. Adabiyotdagi sintetizm har xil ijodiy uslub-
lardan unumli foydalanish, jamlash, mazmun va shakl jihat­
dan noyob asar yaratish. 
Mentallik – u yoki bu millat xususiyatidan kelib chiqadi­
gan tafakkur tarzi, olamni milliy asoslarga tayanib idrok qi-
lish. (Chingiz Aytmatov, O‘tkir Hoshimov, Muhammad Yusuf 
asarlarida mentallik kuchli).
Retseptiv estetika – (qabul qilish) Estetikaning bir yo‘na-
lishi bo‘lib, matn va kitobxon orasidagi estetik dialogdir, u 
yoki bu asarning kitobxon tomonidan qabul qilinishi.
Intertekst(lik) – (1967-yilda fransuz olimasi Yuliya Krest­
eva fanga kiritdi) matnlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi. Adabiy 
matnlarning o‘zaro aloqasi.
Paratekst(uallik ) – epigraf, mavzu, umuman matn atrofi­
dagi unsurlar bilan bog‘liqligi.
Metatekst – asosiy matn yoki badiiy kitob bilan bog‘liq 
matnlar va kitob (asar)lar aloqasi. Shekspirning «Romeo va Jul-
yetta» asari boshqa shunga o‘xshash asarlar uchun metatekst 
vazifasini bajara oladi.
Gipertekst – birinchi marta kompyuter lingvistikasida 
pay do bo‘lgan. Havolalar orqali katta matnlar yoki havolalar­
ga o‘tish. 
Arxitekst – matnlarning janr jihatdan bog‘liqligi. Tipologik 
o‘xshashliklari va farqlari. 
Imagologiya – («image» – tasvir) bir xalq adabiyotida 
o‘zga xalqning imidjini yaratish. (Rus nigohida Navoiy ijodi, 
Немсы глазами русских). Baxtin imogologiyaning asosla-
rini yaratib, Чужое – свое (O‘zganiki – o‘zimizniki) nazariya-
sini yaratgan. «Эстетика словесного творчества» kitobida 
ochib berilgan.
Vorislik – an’analarga sodiq qolish (Navoiy ijodida antik 
an’analar, Xamsachilik).
Semiotika – belgilar haqidagi fan. Adabiyotdagi semioti­
ka bu adabiyotning barcha unsurlarini mayda detallarigacha 
tahlil qilish, umumiy va xos tomonlarini aniqlash. I.Steble­
vaning «Семантика газеля Бабура» kitobi semiotik tahlil na­
munasidir. Asoschisi Yuriy Lodman (Latviya XX asr). 
Tipologiya – genetik jihatdan o‘zaro bog‘lanmagan, tili, 
tarixi, madaniyati tamomila farq qiladigan xalqlar adabiyotida 
mushtarak jihatlarni aniqlashga yordam beradigan kompara­
tivistik tushuncha hisoblanadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling