A.Dima (XXasr) – rumin adabiyotshunosi, akademik, qi-
yo siy adabiyotshunoslik xalqaro assotsiatsiyasining a’zosi.
Uning mashhur «Qiyosiy adabiyotshunoslik tamoyillari» mo-
nog rafiyasi da jahon komparativistikasining tadrijiy taraqqiyoti,
rumin qiyosiy adabiyotshunosligi, xalqaro adabiy aloqalar ning
turlari va shakllari, komparativistikaning nazariy va ama-
liy ahamiyati kabi bir qator masalalar yoritilgan. Olim xalqaro
adabiy aloqalarning turlari haqida yozar ekan, genetik jihat
dan yaqin bo‘lmagan, ijtimoiy va tarixiy jihatdan uzoq xalqlar
adabiyotida ham tipologik o‘xshashliklar bo‘lishi mumkinligini
isbotlaydi
1
. A.Dima yaratgan nazariya turli xalqlar adabiyotida
o‘xshash va farqli tomonlarni tahlil qilish orqali, ular orasida
gi umumiy qonuniyatlarni aniqlash imkonini beradi (Masalan,
Mark Tven va G‘afur G‘ulom asarlari komparativistikasi)
A.N.Veselovskiy (1838–1906) – rus adabiyotshunosi, aka-
demik. Tarixiy poetika nazariyasi asoschisi, qiyosiy-tarixiy
adabiyotshunoslik bo‘yicha yetuk mutaxassis olim sifatida
slavyan, Vizantiya, G‘arbiy Yevropa xalqlari adabiyotini ja
hon adabiyoti kontekstida o‘rgangan. «Roman va qissa tarixi»,
«Tarixiy poetika» kabi ilmiy asarlar muallifi.
V.M.Jirmunskiy (1891–1971) rus adabiyotshunosi, kom
parativist olimi, xorij va o‘zbek adabiyoti tadqiqotchisi. Tur
li xalqlar adabiyoti tipologiyasini, jumladan «Odisseya» va
«Alpomish» asarini qiyosan o‘rganish asosida sayyor (ko‘chib
yuruvchi) motivlar nazariyasiga asos solgan. «Turkiy epos»,
«Qofiya tarixi va nazariyasi», «Adabiyot nazariyasi», «Qiyosiy
adabiyotshunoslik», «Bayron va Pushkin kabi ilmiy asarlar
muallifi. Turkiy qahramonlik eposining paydo bo‘lishi, shakl-
lanishi va qarindosh bo‘lmagan boshqa xalqlar eposlariga
ta’siri borligini ilmiy jihatdan isbotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |