Adabiyotshunoslik


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Alisher Navoiy:
Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Ismoil Xatoyiy:
Dәmbәd
əm yol gözlәrәm, ol sevgi yarım gәlmәdi,
Qalmışam qış möhnәtindә, novbaharım gәlmәdi.
XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning boshlarida 
Ozar boyjonda yashagan mashhur shoir, mohir nosir, man­
bashunos olim, xattot va miniatyurachi rassom Sodiqbek 
Afshor Sodiqiy ham Alisher Navoiy g‘azallaridan ilhomlanib 
naziralar, shuningdek, «Majolis un-nafois» asari ta’sirida 
«Majma’ ul-xavos» tazkirasini yozgan. Sodiqiyning «She’rlar» 
asaridagi 40 ta ozarboyjoncha g‘azalni Navoiyning «Xazoyin 
ul-maoniy» kulliyotidagi 2600 ta o‘zbekcha g‘azal bilan maz­
mun, shakl va uslub jihatdan taqqoslaganimizda, Sodiqbek Af­
shorning Navoiy g‘azallaridan adabiy ta’sirlangan holda 21 ta 
nazira yozgani aniqlandi. 
Alisher Navoiy asarlarining ozarboyjon shoirlari ijodi­
ga ta’siri natijasida ozarboyjon mumtoz adabiyotida bebaho 
asar lar yuzaga keldi va «oltin davr» boshlandi. Alisher Na­
voiyning ozarboyjon adabiyotiga ta’siri va adabiy merosi-
ning o‘rganilishi, g‘azallarining Ne’matulloh Qishvariy ijodiga 
ta’siri hamda Sodiqbek Afshor Sodiqiy ijodida Alisher Navoiy 
an’analari masalalari o‘zbek va ozarboyjon adabiyotshunosligi 
uchun muhim tadqiqot maydoni bo‘lib qolaveradi. 
Nazorat savollari:
1. O‘zbekistondagi qiyosiy tadqiqotlar istiqboli haqida qanday 
tushunchaga egasiz?
2. O‘zbek adabiyotini jahon adabiyoti kontekstida o‘rganish 
qan day samara beradi?
3. Abdulla Qahhor va Jek London asarlaridagi umumiy va o‘ziga 
xos tomonlar nimalardan iborat?
4. Namuna sifatida berilgan qiyosiy tadqiqotlardan birini qiyosiy 
tahlil mezonlari bo‘yicha o‘rganib chiqing va baho bering.


138
139

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling