Adabiyotshunoslik


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

A.A.Potebnya (1835–1891) – birinchi bo‘lib nazariy poe-
tika asoslarini ishlab chiqqan olim, tilshunos, faylasuf, tar­
jimon. U o‘zining «Nazariy poetika» asarida fan tarixida bi-
rinchilardan bo‘lib poeziya va proza, badiiy tasvir vositalari, 
poetik va mifologik tafakkur, stilistik figuralar haqida ilmiy 
nazariy xulosalarini bayon qilgan. Uning adabiyotshunoslikka 
doir ayrim izlanishlari keyinchaliik adabiyotshunos M.Baxtin 
tomonidan davom ettirilgan.
G.M.Brandes (1842–1927) – daniyalik adabiyotshunos olim, 
publitsist, ko‘pgina ilmiy asarlar muallifi. «XIX asr Yevropa ada-
biyotida asosiy yo‘nalishlar» nomli kitobida birinchi bo‘lib ayni 
haqiqatni, ya’ni bir xalqning dahosi, ikkinchi bir xalq dahosiga 
ehtiyoj sezadi va bu ehtiyoj unga katta kuch, g‘ayrat bag‘ishlay­
di degan fikrni ilgari suradi. Uning ilmiy asarlari asosan jahon 
adabiyotining buyuk daholari ijodi tahliliga bag‘ishlanadi.
X.G.Gadamer (1900–2002) – nemis faylasufi va adabiyot­
shunosi. Germenevtika – talqin san’ati nazariyasi asoschisi. 
«Ha qiqat va metod», «Go‘zallikning dolzarbligi» kabi asarlar 

Вечные сюжеты и образы в литературе и искусстве русского модернизма // mo-
dernista.moscow/ 


142
143
muallifi. Uning asarlari qiyosiy adabiyotshunoslikda tarjima va 
talqin, tahlil va talqin kabi masalalarga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kurt Vays (XXasr) – nemis komparativist olimi, Tyubin­
gen universiteti professori. Qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘yi­
cha yaratilgan «Yevropa xalqlarining zamonaviy adabi­
yoti»(1939), «Qiyosiy adabiyotshunoslikda tadqiqotchilik 
mu am molari»(1948) kabi jamoaviy ilmiy asarlarning tashab­
buskori bo‘lgan. 
D.Dyurishin (1928–1997)qiyosiy adabiyotshunoslik 
nazariyasi tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan slovak oli­
mi, adabiyotni tipologik jihatdan o‘rganish yo‘nalishining 
jahondagi eng yirik mutaxassisidir. Olimning «Slovak realis-
tik hikoyachisi va N.V.Gogol»(1966), «Adabiy komparavisti­
ka muammolari» (1967), «Adabiy komparavistika tarixi va 
nazariyasidan»(1970), «Adabiyotni qiyosiy o‘rganish»(1972), 
«Adabiy komparativistik nazariya»(1975), «Slovak adabiy 
komparavistikasi tarixi»(1979), «Slovak adabiy komparavisti­
kasi bibliografiyasi»(1980) kabi bir necha kitoblari jahonning 
ko‘plab tillariga tarjima qilingan. D.Dyurishinning «Adabiyot­
ni qiyosiy o‘rganish nazariyasi» asarida jahon adabiyotshunos­
ligida qiyosiy tahlil metodining paydo bo‘lishi, shakllanishi 
yoritilgan. U tipologik tahlil adabiyotshunoslik uchun mu­
him masalalaridan biri ekanini ko‘rsatadi va uning vazifa sini 
adabiy ta’sirning tipologik va genetik (adabiy asarlar, yozuv-
chilarning ijodiy merosi, adabiy maktablar, janrlar, uslub lar 
shakllanishi va boshqalar) mohiyatini aniqlash, ularning ichki 
qonuniyatlarini ochishdan iborat deb belgilaydi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling