Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
Nizomiy
Navoiy Fikrlar ko‘proq badiiy yo‘sinda aks etgan Fikrlar nisbatan ochiq, hatto, Odam va undan keyingi payg‘ambarlar ning Muhammad (a.s.)ga nisbatan mavqeyi aniq qayd etiladi. Payg‘ambarning islom rivojida ko‘rsatgan jasoratlari va ulug‘ zot ekani, sharafini ta’kidlashga ko‘p e’tibor qaratgan. Fikrlarini asoslash uchun payg‘ambar mo‘jizalari, xususan, «shaqqalqamar» voqea si, payg‘ambarning harbiy harakat lari xususida to‘xtaladi. Ilohiy mo‘‘jizalar xususida so‘zla gan bo‘lsada, ko‘proq payg‘am barning yangi shariat barpo etgani va uning oqibatlari haqida so‘z yuritadi. Na’tda Navoiyda kuzatilgan Mu hammad (a.s.) zoti tasviridan to unga Qur’on nozil bo‘lgunga qa dar vaqtning sababoqibat tarzida gi ifodasi yo‘q. Tartib orqali tushunarlilik, badiiy tasvirdagi tizimlilikni ta’minlash dan tashqari, koinotning yarati lishi ham muayyan tartibga ega ekani, jumladan, Muhammad (a.s.) ana o‘sha jarayonda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatib berishga muvaffaq bo‘lgan. Nizomiy va Navoiyning me’roj borasidagi qarashlari juda uyg‘un, lekin Navoiy bu bobda ham o‘z ijodiy prinsipiga mu vofiq yangi yo‘ldan yurishga intilgan. Har ikki ijodkor payg‘ambarning Tangri huzuridan qayti shi tasvirida ham o‘ziga xoslik ko‘rsatgan. Navoiy Muhammad (a.s.)ning bir damlik safardan buyuk himmati bilan umma ti murodini hosil qilib qaytganiga diqqatni qaratsa, Nizo miy me’roj voqeasidan so‘ng choriyorlarga sano aytadi. Nizo- miyning bu tasvirlari debochanavislik an’anasiga muvofiq, chunki Sharq debochalarida manoqib doimiy tarkibiy qism sanalgan . Alisher Navoiyning badiiy mahorati, kashfiyotlari mohi yatini to‘g‘ri va to‘la ko‘rsatish uchun u tayangan manbalar bilan atroflicha tanishish, ular orasidagi bog‘lanishlar xususi yatini tahlil qilish zarur. Bu ma’lum faktning saralanishidan boshlab, shaklla nishi, badiiy tasviri va talqiniga qadar bo‘lgan oraliqda ijodkorlarning individualligini aniqroq tasavvur qi- lish imkonini beradi. Xamsanavislik doirasidagi iskandarnomalar Sharqda ya- ratilgan Iskandar qissalarining oltin halqasi. Ular qadimgi davrdan muallif davriga qadar bo‘lgan folklor, diniy-tarixiy, adabiy-falsafiy merosning ensiklopedik umumlashmasi va hosilasi sifatida namoyon bo‘ladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling