Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
Adekvat tarjimada asliyat matnining tarjima matnga teng
lashishi mazmunan, estetik va funksional jihatdan o‘zgarish larsiz, qayta yaratilgan va maksimal tarzda tarjima qilingan bo‘ladi. Adekvatlik tushunchasi asliyat bilan tarjima o‘rtasiga tenglik ishorasining qo‘yilish natijasidir, ya’ni tarjimada ikki matn bir-biri bilan shaklan, mazmunan va so‘zma-so‘z yaqin likni hosil qilib, matnning pragmatik, uslubiy jihatdan aynan ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bunday tarjimada ayrim erkinliklarga – qo‘shishlar va yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilmasligi uning aso- siy shartlardan biridir. Tarjimashunos, lingvist, va adabiyot shunos olimlar ekvivalent va adekvat tarjima tushunchala- rining bir necha konsepsiyalarini ishlab chiqqan bo‘lishlariga qaramay, tarjima nazariyasining bu muhim ikki kategoriyalari hanuz ilmiy munozaralar doirasida qolmoqda. Taniqli rus tilshunosi, professor Lev Nelyubin ekvivalentlik va adekvat lik atamalarini o‘zi tuzgan «Tarjimashunoslik atamalarining izohli lug‘ati»ga kiritarkan, olimlar tomonidan ishlangan kon sepsiyalardan asosiy fikrlarni uyg‘unlashtirib, adekvat va ek vivalent tushunchalarining umumiy ta’rifini bir necha variant dagi izohlarda keltiradi. Ushbu ta’riflardan birida «adekvatlik o‘z mohiyatiga ko‘ra, uch komponentga ega» deb ko‘rsatadi: 1) asliyat mazmunini tarjimada to‘g‘ri, aniq, to‘kis shakllan- tirish; 2) asliyat til birliklarining to‘g‘ri yetkazilishi; 3) tarjima qilinayotgan tilda dastlabki matn (asliyat) tilining mufassal qayta yaratilishi» 1 dan iboratdir. Professor L.Nelyubin ta’kid laganidek, ekvivalentlik – tarjima va asliyat mazmuni ning maksimal darajadagi muvofiqligi, tengligi, o‘zaro monand ligidir. Bizningcha, ekvivalent tarjima asliyat mazmunining ekvivalentlik turlaridan birida qayta yaratilishidir. Ko‘rinib turibdiki, L.Nelyubin ta’riflagan adekvatlik mohiyati ekviva lentlik mohiyati bilan umumiy ma’noda uyg‘unlashib ketadi, ya’ni «asliyat mazmunining to‘g‘ri, aniq, to‘kis yetkazilishi» ekvivalentlikning «asliyat mazmunining tarjimaga maksimal darajadagi muvofiqligi»ni talab etadi. Tarjimashunoslik man balarida ekvivalentlik darajalari, turlari xususida olimlarning turlicha izoh va tavsiflari beriladi. Adabiyotshunos olim Sh. Sirojiddinov adekvatlik va ekvivalentlikni tarjima vazifalari dan biri sifatida baholaydi: «Tarjima matni asliyatning to‘liq, kommunikativ o‘rnini egallashi va asliyat o‘quvchisining im koniyatiga teng darajadagi badiiy zavq, mazmuniy va munda rijaviy (strukturaviy) uyg‘un muvozanatni (muvofiqliklar) tar jima o‘quvchisiga taqdim etishdir». 2 Mutaxassislar qisman, to‘liq, mutlaq va nisbiy ekvivalent lik kabi turlarni farqlaydilar. Chunonchi, professor Ya.Ret 1 Нелюбин Л. Толковый словарь по переводоведению. Третье издание, перера ботан- ное. – М.: Флинта, Наука; 2003. – С.13, 253. 2 Сирожиддинов Ш., Одилова Г. Бадиий таржима асослари. – Тошкент: Мумтоз сўз, 2011. – Б.16. 122 123 sker «Tarjima nazariyasi va tarjima amaliyoti» («Теория перевода и переводческая практика») darsligida «qisman va to‘liq» yoki «nisbiy va mutlaq» («частичный и полный», «относительный и абсолютный») ekvivalent turlari to‘g‘ri- sida ma’lumot berarkan, mutlaq va to‘liq ekvivalentlikni qu- yidagicha izohlaydi: «To‘liq ekvivalentlik – so‘zning ma’nosiga tarjimada to‘liq mos tushuvchi so‘zni qo‘llashdir.» («Полными эквивалентами являются так, как охватывают полностью значение всего слова, а не одного из его значений».) 1 Ya.Retsker nazariyasida L.Nelyubin ta’riflagan asliyat maz muniga maksimal darajadagi muvofiqlik aynan mutlaq ekviva lentlik shartlari bilan mos keladi. Xuddi shuning dek, adekvat likda «asliyat til birliklarining to‘g‘ri yetkazilishi»ni talab etadigan shartlari qisman yoki nisbiy ekvivalentlik me’yor lari bilan tenglasha oladi. Chunki ekvivalentlikning qisman yoki nisbiy kategoriyalari asliyatning qaysidir atributlarini (belgilarini), unsurlarini muqobillik darajasida tarjimaga ya qinlashtira olsa, mutlaq va to‘liq ekvivalentlik, aksincha, asli yatning jami – janriy, vazniy, mazmuniy, ma’noviy va shakliy unsurlariga teng qiymatda muqobillasha olishi kerak. Ushbu taxminlardan kelib chiqib aytish mumkinki, she’riy tarjimada ijodiy erkinlik faqat nisbiy va qisman ekvivalent likda qo‘l keladi. Ikki til sistemasi va ikki ijtimoiy-madaniy hayotning turli ekanligi bois, she’r vazni, shakli, ohangdorli gi, milliyligi, davr koloriti kabi nazmiy belgilarning barcha- sini birdek saqlab qolish ma’lum tafovutlar tufayli adekvat – «aynan» va mutlaq ekvivalentlik tarjimani aks ettirmasligi tabiiy. Bunday vaziyatda har qanday she’riy tarjima tartib-qoi dalarining qat’iy belgilanmaganini nazarda tutib, tarjimon 1 Рецкер Я. Теория перевода и переводческая практика. Очерки лингвистической теории перевода (Наше наследие). – М.: Валент, 2007. – С.15. asliyatning qaysidir jihatlarini o‘zgartirishga majbur. Aksari yat holatlarda she’r shakli saqlanadi, biroq ma’lum miqdorda mazmun o‘zgartiriladi yoki aksincha, asliyat mazmuniy xusu- siyatlari to‘liq ekvivalentlikka ega bo‘lib, shakliy unsurlarni qayta yaratishda ijodiy erkinlikka yondashiladi. Chunonchi, XX asr o‘zbek she’riyatining taniqli tarjimoni, shoir Alek- sandr Naumov ijodida vazniy transformatsiyaning asliyatdan farqlanishini, shoira-tarjimon Yuliya Neymanning tarjimonlik talqinlarida esa shaklga sodiq qolish maqsadida mazmunni o‘zgartirish holatlari kuzatiladi. Buning sababi, bizningcha, poetiklik tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlar – vazn, qofiya, hijo, turoq, ohanglarning dominantlik (ustuvorlik) mavqei da turgani uchun mutarjim asosiy e’tiborni asliyat shaklini saqlab qolishga intilishidandir. Masalan, Oybekning «Lolalar» va «Do‘stim, o‘y o‘yla» she’rlarining ruscha tarjimalarini misol keltirish mumkin: Qirlarda lolalar go‘yoki mash’al, Kutamen har bahor sizni, lolalar! Ko‘zlar izingizda har bahor, har gal, Yodingiz ko‘ngilda, tinmas nolalar... 1 Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling