Adabiyotshunoslik
«Boqchasaroy fontani» poemasi va
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Suv qizi»da Orzi tasviri
«Boqchasaroy fontani» poemasi va
Mirtemir ijodi 1 «Boqchasaroy fontani» poemasi A.S.Pushkinga katta shuh- rat keltirgani ma’lum. Aslida bu asar, V.M.Jirmunskiyning yo zishicha, J.Bayronning «Korsar» poemasi ta’sirida yozilgan 2 . O‘zbek adabiyotida mazkur asarning ijodiy ta’siri Mirtemir- ning «Suv qizi» poemasining yaratilishiga asos bo‘lgan. «Boqchasaroy fontani» poemasining «Tatar qo‘shig‘i» qis mida tutqun qiz Maryamning taqdiri hikoya qilinadi. Bu g‘amli hikoya asarga epik mazmun baxsh etgan. Natijada qahramon larning tuyg‘u-kechinmalari, o‘y-fikrlari yaxlit syujetni vujud ga keltirgan. Shu jihatlar inobatga olinsa, Pushkin va Mirtemir poe malaridagi mushtarakliklar quyidagilarda ko‘zga tashlanadi: 1. Har ikki poema ham ertak ruhida yaratilgan. «Boqcha- saroy fontani»da ertakka xos an’anaviy boshlanma yo‘q. «Suv qizi»da esa bunday boshlanma («Qadim chog‘da, dengiz bo‘yi da... Hayot ko‘rgan ekan bitta chol») mavjud. Biroq ikkala poe- madagi obrazlar xam ertakmonand. Binobarin, Pushkin poe masida podsho Taroy, Zarema, Maryam, Maryamning otasi, og‘a; Mirtemirda sulton, chol, uning qizi Orzi, qaroqchi Ali bobo qiyofalarida namoyon bo‘lgan. Bu esa ruhiy-ma’naviy jihatdan o‘xshash obrazlarni yuzaga keltirgan. 1 Қувватова Д. «Боқчасарой фонтани» поэмаси ва Миртемир ижоди. 2 Жирмунский В.М. Байрон и Пушкин. – Л.: Наука, 1978. – С.116. 2. Har ikkala poemada ham mehribon otalar va qizlar obrazi yaratilgan. «Boqchasaroy fontani»da Maryam tasviri: Uning yumshoq sevimli nozi, Tabiati, laziz ovozi. Yonib turgan moviy ko‘zlari. Dona-dona shirin so‘zlari Bir-biridan jozibadordi; Hammasida ajib kuch bordi 1 . «Suv qizi»da Orzi tasviri: Bo‘lar ekan cholning bir qizi, Shamshod uning bo‘yiga xushtor. Labi pista, yuzi qirmizi, Dastor olma kabi zab naqshdor. Sochlariga ilhaq majnuntol. Qo‘shig‘iga bulbullar xumor. Ko‘zi shahlo va tillari bol 2 E’tibor berilsa, qahramonlar portretidagi o‘ziga xoslik milliylik bilan aloqador. Pushkin o‘z qahramonini moviy ko‘zli, Mirtemir esa shahlo ko‘z tarzida ifoda etadi. Ular dagi ru hiy-ma’naviy yaqinlik nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki iste’dodi orqali ham namoyon bo‘ladi. Chunki Maryam ham, Orzi ham qo‘shiq kuylaydi. Mirtemir Sharq mumtoz adabiyoti mavjud an’anaviy o‘xshatishlarni (bo‘yning shamshodga qiyoslanishi, labning pistaga, yuzning qirmizi olmaga o‘xshatilishi kabi) mohirona qo‘llaydi. 1 Пушкин А.С. Танланган асарлар. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1999. – Б.171. 2 Миртемир. Асарлар. Уч томлик. Иккинчи том. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1971. – Б.385. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling