Adabiyotshunoslik


zaruriyat (motiv) – obyekt – mohiyat (natija)


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

zaruriyat (motiv) – obyekt – mohiyat (natija) al­
goritmi asosida qiyosiy tahlilni amalga oshirishimiz maqsad­
ga muvofiq bo‘ladi.
Demak, zaruriyat (motiv)larni qiyoslash 
obyektni tah­
lil qilishning muhim bosqichi. Chunki ehtiyoj va zaruriyatsiz 
hech narsa yuzaga kelmaydi. Axir, Alisher Navoiyning «Lison 
ut-tayr» asarida asl manzilga yetish uchun tanlangan yettita 
vodiyning birinchisi aynan talab bo‘lgan
1
.
Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan 
tipik vaziyatlar
Ba’zida qo‘limizda shuncha material bo‘la turib, nimani 
nima bilan qiyoslashni yoki taqqoslashni bilmaymiz. Ma’lum­
ki, qiyosiy tahlil jarayoniga, uning natijalariga ko‘pgina holat-

http://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy


20
21
lar ta’sir qiladi. Masalan, qiyoslash obyektlarining mazmuni; 
tahlildagi metodologik vositalar; qiyosiy tahlilni o‘tkazish 
usullari va h.k. Bularning barchasini hisobga olgan holda, qi­
yoslanishi mumkin bo‘lgan quyidagi tipik vaziyatlarni ko‘rsa-
tish mumkin: 
Birinchi vaziyat. Bir makon va zamonda mavjud bo‘lgan 
adabiy voqea hodisalarni qiyoslash. Bunday qiyoslash jarayo­
ni o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Birinchidan, qiyoslanayotgan 
obyektlarning makoniy birligi, muhit umumiyligi uning bu xu-
susiyatlarga ta’sir qilishini o‘rganishni kun tartibidan chiqa­
radi. Umumiy makon va zamon esa, qiyoslash obyektlarining 
muhiti bir ekani haqida dalolat berib, bu muhit ularga asosan 
bir xil ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa qiyosiy tahlilning birmuncha 
«soddalashuviga», yengillashuviga olib keladi. Ikkinchidan, qi-
yoslanuv chi fenomenlarning bir makon va bir zamonda mav­
judligi, tabiiyki, ularning tarixiy birligi haqida gapirishga im­
kon beradi. Masalan, 
O‘tkir Hoshimov va Tohir Malik ijodini 
qiyosan o‘rgansak, bir makon va zamonda yashab ijod etgan 
yozuvchilarning umumiy va xos tomonlarini aniqlay olamiz.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling