Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi vaziyat.
Ikkinchi vaziyat. Bir makon, lekin har xil zamondagi
adabiy hodisalarning qiyosidan tashkil topadi. Ma’lum bir sharoitda, bir muhitda, bir makonda, ammo turli vaqtda mav jud, mavjud bo‘lgan yoki mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan adabiy hodisa larni qiyoslash kerak bo‘lganda, ikkinchi vazi yat yuzaga keladi. Shu bilan birga, turli vaqtda, ammo juda o‘xshash vaziyatlarda mavjud bo‘lgan hodisalarni qiyoslash – qiyin vazifa. Odatda, bu yerda muayyan muammolar, qiyin chiliklar, jumboqlar yuzaga keladi. Ko‘pincha xuddi o‘sha bir makon, masalan, bir mamla kat sharoitlarida mavjud bo‘lgan hodisalarni vaqt omilini in kor etgan holda qiyoslashga harakat qilishadi. Bu noto‘g‘ri. Ma- salan, bir makonda, ammo har xil zamonda yashab ijod qil gan shoirlar: Muqimiy bilan Muhammad Yusufning yoshlar yoki yoshlik haqidagi qarashlariga, albatta, vaqt o‘z hukmini o‘tkazadi. Boshqacha aytganda, agar qiyoslanuvchi obyektlar aynan bir muhitda mavjud bo‘lsa ham, o‘z taraqqiyotining turli davrlarida vaqt masalaning mohiyatiga turlicha ta’sir ko‘rsatishini hisobga olish lozim. Hatto agar hodisalar mavjud bo‘lgan sharoitlar (mamlakat, qandaydir bir makon) tubdan o‘zgarmagan bo‘lsa-da, bu vaqt ichida qiyoslash obyektlari- ning o‘zi o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Uchinchi vaziyat. Bir zamon, lekin har xil makonda mavjud bo‘lgan obyektlarni qiyoslash. Masalan, bugungi kunda bir zam onda, ammo har xil makonda yashab ijod qilayotgan o‘zbekis tonlik yozuvchi Nosir Zohid bilan amerikalik yozuvchi Viktoriya Shvabning bir xil nomdagi «Qasos» romani mavjud. Har ikkala romandagi qasos motivini taqqoslashda, albatta, muhitning qiyoslash obyektlariga ta’sirini hisobga olish juda muhim. Bu jarayon tadqiqotchidan alohida e’tiborni talab qiladi. Chunki qiyosiy tahlil jarayonida sharoit va sabablarning qiyoslanuvchi obyektlarga ta’sirini hisobga olish kerak bo‘ladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling