Adabiyotshunoslik


qiyoslash, umumlashtirish, tas-


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

qiyoslash, umumlashtirish, tas-
niflash (klassifikatsiya), baholash kabi bosqichlardan o‘tadi.
Demak, ayon bo‘ladiki, qiyoslash barcha nazariy ilmiy xu­
losalarning asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Shuning 
uchun qiyosiy tahlilni amalga oshirishdan oldin ilmiy tad­
qiqot metodlarini yaxshilab o‘rganish, ularning qiyoslashdagi 
rolini tushunib yetish kerak. 
Nazariy metodlarni qisqagina tushuntiramiz: 
Analiz – 
tahlil, 
sintez – xulosalash, abstraksiya – mavhumlashtirish, 
induksiya – umumiylikdan xususiylikka o‘tish, deduksiya 
xu susiylikdan umumiylikka siljish, analogiya – o‘xshash 
xususiyatlar tahlili, 
modellashtirish – model yaratish (pro-
totip yaratish: mas: olamning badiiy modeli, darslikning elektron 
modeli). Bu nazariy metodlarning har biri qiyoslash bosqichi­
dan o‘tishi mumkin. Qiyosiy tahlilda analiz, sintez, deduksi­
ya va induksiya kabilar zarur unsurlar, ularsiz qiyosiy tahlilni 
amalga oshirish mumkin emas. Masalan, deduksiya – hodi-
salarni tashkil etuvchilarga ajratish jarayoni, qiyosiy tahlil esa 
ana shu jarayon natijalarini ham o‘z ichiga oladi. 
Demak, qiyosiy tahlil voqelik hodisalarini bilish va o‘zgarti­
rishga qaratilgan barcha nazariy metodlarga o‘z ta’sirini ko‘rsa­
tadi
. Shundan kelib chiqib, ilmda qiyosiy sintez, qiyosiy induk­

Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Тошкент, 2010. – Б.291.
siya, qiyosiy deduksiya kabi tushunchalar mavjud. Masalan, 
qiyosiy sintez – hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovut­
larni aniqlash jarayonidir. Bunda ularni tashkil etgan unsur­
larida bilimlarni integratsiyalash natijalari asos qilib olinadi. 
Mohiyatan, qiyosiy sintez «qiyosiy tahlil obyektlari o‘rtasidagi 
farq nimada?» degan savolga javob beradi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling