Adabiyotshunoslik


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Qiyosiy induksiya 
– xususiydan umumiy tomon harakat, qiyoslanadigan adabiy 
hodisalarning o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlash jarayonidir. 
Qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-chog‘ishtirish metodi 
Qiyoslash metodologiyasida qiyosiy-tarixiy va chog‘ish-
tirish (yoki qiyosiy-chog‘ishtiruv) metodi eng asosiy metod­
lardan hisoblanadi. Bu metodlar mohiyatan bir-biriga yaqin, 
ammo farq qiladi. 
Qiyosiy-tarixiy metod adabiy hodisalarning umumiy va 
xos tomonlarini tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan bog‘liqlikda 
qiyoslash usulidir. Qiyosiy-tarixiy metod asosidagi ilk nazariy 
fikrlar Arastuning «Poetika» asarida bayon qilingan. Faylasuf 
adabiyotni epos, lirika, drama kabi uch turga ajratish jarayoni­
da ularni qiyoslaydi va mohiyatini tushuntirib beradi. Qiyosiy-
ta rixiy metod haqida ilmiy adabiyotlarda juda ko‘plab nazariy 
fikrlar bayon qilingan. Jumladan, adabiyotshunos, B.Ka rimov 
qiyosiy-tarixiy metoddan foydalanib, quyidagi yo‘ na lishlarda 
ilmiy tadqiqot olib borish mumkinligini ta’kidlaydi:
1. dunyo adabiyoti durdonalari yoki milliy adabiyotning 
go‘zal namunalari o‘zaro qiyoslanadi;
2. adabiy asarlar yaratilgan davriga ko‘ra taqqoslab o‘rga-
niladi;
3. bir milliy adabiyot vakillarining qiyos uchun asosli asar­
lari o‘rganiladi;
4. milliy adabiyot namunalari dunyo adabiyoti kontekstida 
tekshiriladi;


26
27
5. adabiy jarayon yoki adabiyot tarixida mavjud adabiy ho-
disalarning farqli va o‘xshash qirralari tadqiq qilinadi;
6. mavzu yoki ilmiy muammo nuqtayi nazaridan o‘zaro ya­
qin bo‘lgan adiblarning asarlari tekshiriladi;
7. adabiy-estetik evolyutsiyani kuzatishda ma’lum bir adib 
tomonidan yozilgan asarlar obyekt qilib olinadi
1
.
Qiyosiy-tarixiy metodning nazariy asoslari A.N.Vese­
lovskiy, V.M.Jirmunskiy, N.I.Konrad, A.Dima, A.Dyurishin, 
V.R.Amineva kabi olimlar tomonidan juda yaxshi yoritilgan
2
.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling