Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poetik yoki badiiy mahorat
5. Tarixiy poetika – bunda asar yaratilishiga xizmat qila
digan barcha badiiy unsurlarning genezisi o‘rganiladi. Ijodkor ning badiiy olami va mahorati tarixiy-adabiy jarayonga va davr ruhiga bog‘lab ochib beriladi. Tarixiy poetika rivojida A.Vese lovskiy, M.Jirmunskiy, N.Konrad, I.G.Neupokoyeva, M.M.Baxtin kabi olimlarning ilmiy asarlari alohida ahamiyat kasb etadi 3 . I.V.Stebleva, A.B.Kudelin, B.Ya.Shidfar, Ye.E.Bertels, V.I.Bra ginskiy, R.Musulmonqulov, Sh.M.Shukurovlarning il- miy izlanishlari sharqshunoslikdagi tarixiy poetika masalala- riga bag‘ishlangan 4 . 1 Тўйчиев У. Ўзбек адабиётида бадиийлик мезонлари ва уларнинг маромлари. – Тошкент, 2011; Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. – Тошкент, 2004; Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Тошкент: Шарқ, 2007. 2 Жўрақулов У. Назарий поэтика масалалари: Муаллиф. Жанр. Хронотоп. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 2015. 3 Веселовский А.Н. Историческая поэтика. – М., 1989; Жирмунский В.М. Историческая поэтика А.Н.Веселовского и ее источники // Ученые записки ЛГУ. Сер. филол. наук. 1939. Вып. №3. – С.3 – 19; Конрад Н.И. Запад и Восток. – М.: Восточная литература, 1966; Михайлов А.В. Проблемы исторической поэтики в истории немецкой культуры: Очерки из истории филологической науки. – М., 1989; Храпченко М. Историческая поэтика: основные направления исследований // Вопросы литературы. 1982. №9. – С.73 – 79; Историческая поэтика: Итоги и перспективы изучения. – М., 1986. 4 Проблемы исторической поэтики литератур Востока. Коллективная монография. – М.: Наука, 1988. 40 41 Poetik yoki badiiy mahorat yozuvchining o‘ziga xos ba diiy olami, badiiy asarni yaratishdagi san’atkorligidir. Ijod korning badiiy mahorati asar tilining mohirona berilishida, obraz yaratishida, badiiy tasvir vositalaridan o‘z o‘rnida, mo hirona foydalanishida, asar kompozitsiyasini to‘g‘ri va tizimli shakllantirishda va h.k.larda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bulardan tashqari badiiylikning quyidagi 10 ta mezoni 1 yozuvchining badiiy mahoratini aniqlashga yordam beradi: 1. Gumanizm (insonparvarlik). 2. Estetik tuyg‘uni shakllantira olish. 3. Hayotiy haqiqatga sodiqlik. 4. Chuqur mushohoda. 5. Muallif g‘oyasining mantiqiyligi va ijodiy fantaziyasi- ning kengligi. 6. Umumlashtirish va tipiklashtirish qobiliyati. 7. Badiiy detallarning aniqligi va qaysidir g‘oyaga xizmat qilishi. 8. Syujet qurilishi va obrazlar tizimini yaratishdagi ma horat. 9. Qahramonlar ichki dunyosini mahorat bilan ochib be- rilishi. 10. Asar tilining boyligi va rang-barangligi. Badiiy asar kompozitsiyasiga xizmat qiladigan har bir un surning poetikasini o‘rganish va shu asosda ilmiy tadqiqot olib borish mumkin. Masalan, rus olimlaridan D.S.Lixachev qadim rus adabiyoti poetikasini, I.V.Silanev motivlarning, V.V.Vinogra dov syujet va uslubning, N.E.Falikova xronotopning, N.Bandu rina va Z.Suvanov obrazlarning, Y.Solijonov badiiy nutqning, K.Hamrayev kompozitsiyaning poetikasini tadqiq qilishgan va 1 Темирболат А.Б. Поэтика литературы. Учебное пособие. – Алматы, 2011. muhim ilmiy-nazariy xulosalarni chiqarishgan 1 . Ayniqsa, asar syujeti va janrlar tipologiyasi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan olimlarga Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling