Adabiyotshunoslik
Biografik romanda g‘oya va kompozisiyaning
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
Biografik romanda g‘oya va kompozisiyaning
qiyosiy talqini 1 Qiyosiy adabiyotshunoslik sohasida amalga oshirilgan tad qiqotlarda turli adabiy hodisalar muqoyasa qilingan. Bir yoki bir necha adabiy hodisani tipologik qiyos markaziga qo‘yish orqali badiiy asarlarning umumiy va xususiy jihatlari topila di. Keng qamrovli tahlil amalga oshiriladi. Bugungi kunda qi yosiy adabiyotshunoslik sohasiga o‘z hissasini qo‘shayotgan rus tanqidchisi Yu.I.Mineralov adabiy qiyosning qo‘llanilish miqyosi nihoyatda kengligini, bir milliy adabiyotni xuddi tilshunoslikda turli tillar muqoyasa qilinadigandek boshqa adabiyot bilan, u yoki bu yozuvchilarning ijodini, yoki bo‘lma sa, ularning asarlarini syujet-kompozitsiyasi, uslubi, g‘oyaviy mazmuni jihatidan va hokazo ko‘rinishlarda o‘zaro muqoya sa qilish mumkinligini, adabiyotni san’atning bir turi sifatida musiqa, rassomchilik va boshqa lisoniy bo‘lmagan san’at tur lari bilan ham qiyoslash kerakligini ta’kidlaydi 2 . O‘zbek adabiyotshunosligida keng miqyosli tipologik tad qiqotga misol sifatida A.Qosimovning «Tipologik o‘xshash liklar va o‘zaro ta’sirning nazariy muammolari» doktorlik dissertatsiyasi 3 ni qayd etish mumkin. Ishning asosiy maqsa di A.de Sent-Ekzyuperi va A.Kamyu ijodidagi an’ana, nova torlik masalasi, ijodkorlarning o‘zbek tiliga qilingan tarjima variantlarini tahlil qilish, A.Kamyuning zamonaviy o‘zbek nasriga ta’siri muammolarini o‘rganishdan iborat bo‘lib, vazifalar qatoriga g‘oya talqini, an’ana, novatorlik, janr va 1 Хажиева Ф.М. Биографик роман жанри хусусиятлари (И.Стоун, М.Қориев ва Н.Норматов асарлари асосида). – Тошкент, 2018. 2 Минералов Ю.И. Сравнительное литературоведение. – М.: Высшая школа, 2010. – С.3. 3 Қосимов А. Типологик ўхшашликлар ва ўзаро таъсирнинг назарий муаммолари (А.де Сент-Экзюпери ва А.Камю ижоди мисолида): Фил. фан. докт... дисс. автореф. – Тошкент, 2007. – Б.45. qahramonlar o‘rtasidagi tipologik o‘xshashliklarni aniqlash, A.Kamyu mahorati qirralarini belgilash va h.k.dan iborat. De mak, tipologik qiyos nafaqat bir adabiy hodisani o‘rganishni, balki bir necha tipologik o‘xshashliklarni tahlil qilishni ham taqozo etishi mumkin. Shunday ekan, ishda biografik roman xususiyatlarini ko‘rsatish uchun janr namunalari imkon qa dar har tomonlama tahlil qilinishi talab etiladi. Roman jan riga xos bo‘lgan jihatlardan biri roman poetikasi masalasi hisoblanadi. Biografik romanda syujet va kompozitsiya, mavzu va g‘oya, maktub, dialog, portret, peyzaj, tush, gallyutsinatsiya, ba diiy detal, badiiy tafsilot kabi adabiy tushunchalar o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Syujet prototip hayotini aks ettiradi. Asardagi mavzu va g‘oyalar prototip faoliyati, hayotiy falsafa siga bog‘lanadi. O‘zbek adiblari tomonidan yaratilgan «Ibn Sino», «Ro‘zi Choriyevning so‘nggi vasiyati» hamda amerikalik yozuvchi Irving Stoun qalamiga mansub «Iztiroblar va quvonchlar», «Hayot ishtiyoqi» romanlarining har birida mavzu va g‘oya, syujet va kompozitsiya o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. «Ibn Sino» hamda «Iztiroblar va quvonchlar» romanlari- ga diqqat qaratadigan bo‘lsak, ularda turli davr voqealari ba diiy ifoda topgan bo‘lsa-da, syujetining shakllantirilishida Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling