Adabiyotshunoslik


Har ikki asarning kompozitsiyasiga


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Har ikki asarning kompozitsiyasiga e’tibor beradigan 
bo‘l sak, ular bir-biridan 
farq qiladi. Biri («Hayot ishtiyo qi»)ning 
kompozitsion qurilishi an’anaviy, spiralsimon, ya’ni voqea lar 
xronologik tarzda rivojlanuvchi yagona syujet chizig‘iga ega. 

Улуғов А. Улуғ рассом ҳақида роман // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. 2009. №27.

Норматов Н. Рўзи Чориевнинг сўнгги васияти. – Тошкент, 2008. – Б.4.
Asar Van Gog bilan bog‘liq bir syujet chizig‘idan iborat bo‘lib, 
unda buyuk impressionist rassom Van Gog hayoti, ijodiy ka­
moloti, ruhiy kechinmalari, ijodga bo‘lgan betinim ishtiyoqi 
tasvirlanadi. An’anaviy biografiyadan farqli ravishda I.Stoun 
yaratgan «Hayot ishtiyoqi»da syujet chizig‘i Van Gog tug‘ilishi 
tarixi bilan boshlanmaydi. Van Gog romanga o‘z hayot yo‘lini 
topishi arafasida turgan, kartinalar galereyasida sotuvchi 
bo‘lib ishlab, kun kechirayotgan yigirma bir yoshli yigit sifa­
tida kirib keladi. Ursula ismli qizni sevib qolgan Van Gog sar­
guzashtlari – syujetning asosiy voqealari uning muhabbati rad 
etilgandan so‘ng boshlanadi. Ruhan singan yi git nima qilari-
ni bilmay, ruhoniylikni qabul qilib, o‘z hayotini bechoralarga 
yordam berishga baxshida qilmoqchi bo‘ladi, ammo shaxtyor­
lar orasida yurganida bekorchilikdan ko‘mir bilan ularning 
suratlarini chiza boshlaydi. Chizilgan suratlarda shaxtyor­
lar tashqi ko‘rinishidan ham ko‘ra, ular ning xarakteri, kasbiy 
qiyofasi namoyon bo‘ladi. Buni yigitning o‘zi ham his etadi. 
Shundan so‘ng Vinsentda rassom bo‘lish istagi paydo bo‘la­
di. Muqaddima (prolog) va sakkiz qismdan iborat asosiy syu­
jet Van Gog yashab, ijod qilgan shaharlarning nomlari bilan 
(London, Borinaj, Etten, Gaaga, Nyuenen, Parij, Arl, Sen-Remi, 
Over kabi) atalgan. Har bir joy bilan bog‘liq voqealarda, tarixiy 
shaxslar jonli ishtirok etadi. Van Gog hayoti va ijodi syujetni 
rivojlantiradi. Shu bilan bir qatorda, muallif asarda Yevropa-
ning turli qishloq va shaharlaridagi san’at ahli va san’at dar­
gohlari, rassomchilik maktablari to‘g‘risida ham so‘z yuritadi. 
Van Gog chizayotgan rasmlar vositasida o‘quvchini kambag‘al 
dehqonlar, oddiy xalq vakillarining hayoti, ularning uyi, ishi, 
oilasi kabilar bilan tanishtiradi. Shu tariqa rassom yashagan 
ijtimoiy-tarixiy davr manzarasi hosil qilinadi. Bu esa badiiy 
roman syujetining asosiy xususiyatlaridan biridir. Ana shu 


96
97
tarixiy-ijtimoiy sharoit fonida rassom yaratgan kartinalarning 
tarixi bilan tanishib boriladi.
O‘zbek yozuvchisi Nodir Normatov yaratgan «Ro‘zi Chori­
yevning so‘nggi vasiyati»da rassomning badiiy biografiyasi 
noan’anaviy usulda yaratilgan. Roman uch qismga ajratilgan 
va qismlar bir-biridan bayon texnikasi bilan tubdan farqlana­
di. Adibning syujet va xarakter yaratish texnikasini o‘zbek adi­
bi I.G‘afurov quyidagicha ta’riflaydi: «U tabiiy hodisalarni ta­
biiy maqomini topib chizadi. Shu xolos. «Chizish» so‘zi Nodir 
Normatovning badiiy usuliga g‘oyatda mos, bu usulni rosma­
na xarakterlaydi. U batafsil uzoq tasvirdan ko‘ra chizishni yax­
shi ko‘radi, zero, chizishda ham chizish bor – Nodir xarakter 
qirralarini kesma punktir bilan chizadi. Voqealardan voqealar 
shunday kesma punktirlarda tug‘ilib bir-biriga g‘uluv bilan 
ulanib boradi. Bunda tabiiyki, bayonda parokandalik xav fi 
ham tug‘iladi, voqeaning boshi, davomi va oxiriga bog‘lan­
may qolishi ehtimoldan xoli emas. Ammo yozuvchi qandaydir 
o‘ziga ma’lum hikoya qilish zahiralarini bizga bilintirmaygi­
na qo‘llab, syujet va kompozitsiyada yaxlitlik, butunlikka eri-
shadi. Kesma punktir vositasida hikoya tarzida erishilgan bu­
tunlik – Nodirning yozuvchilik mahorati va badiiy uslubining 
o‘ziga xos, uni boshqalardan ajralib turadigan ko‘zga ko‘rinarli 
qirrasidir»
1
.
Qiyoslanayotgan mazkur ikki asar arxitektonikasida tub­
dan farq bo‘lsa-da, har ikki asarda ham xronikal syujetdan foy­
dalanilgan; bundan tashqari, ularda yoritilgan mavzu va g‘oya 
bir-biriga mushtarak.
Har ikki asarda bosh qahramon rassom bo‘lganligidan bu 
asarlarda san’at va uning sirli olami mavzui keng va atroflicha 

Ғафуров И. Нодирнинг Ойтоши ёки Сурхон руҳи // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. 
2010. №52 (4087).
yoritib berilgan. Ularda buyuk musavvirlar, san’at maktablari, 
rassomchilikning o‘ziga xos qonun-qoidalari to‘g‘risida bayon 
etilgan. I.Stoun XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropada yashab 
ijod etgan ko‘plab rassomlar haqida ma’lumot berib, jum­
ladan, impressionizmning mohiyati va uning boshqa oqim­
lardan farqini – uning mohiyati rassomchilikning umumiy 
qonunlariga bo‘ysunmasdan, voqelikni taassurotlar prizmasi 
orqali chizish, rassom nigohida qay tarzda gavdalangan bo‘lsa, 
shundayligicha polotnoga tushirishda ekanini Van Gog ijodi 
misolida, jonli voqealarda ko‘rsatgan.
«Hayot ishtiyoqi» va «Ro‘zi Choriyevning so‘nggi vasiyati» 
romanlarida yana bir

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling