Adabiyotshunoslik
Navoiy «Saddi Iskandariy»da ham debochani asar mazmu niga muvofiqlashtirish prinsipiga amal qiladi. Har ikki dos tondagi tavhid
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher Navoiy ijodining Ozarboyjon adabiyotiga ta’siri 1
Navoiy «Saddi Iskandariy»da ham debochani asar mazmu
niga muvofiqlashtirish prinsipiga amal qiladi. Har ikki dos tondagi tavhid, munojot, tavsif na’t, me’roj na’t kabi boblar an’anaviy bo‘lgani uchun umumiylikka ega. Qolgan boblar maqsadi, mazmuniga ko‘ra farqlanadi, tafovutlarning yuzaga kelishi davrlar o‘tishi bilan ham izohlanadi. Nizomiy debochasi boblarini bog‘lab turuvchi «ketma-ket lik», Navoiy debochasida «uzviylik» darajasiga ko‘tarilgan va 134 135 kirish bob o‘ziga xos kompozitsiyaga aylangan. Navoiyning tafakkur tarzi va tasvir uslubiga xos sistemali yondashuv de bochadagi boblar tartibi va tasvirida aniq namoyon bo‘ladi. Navoiy tasvir uslubiga muayyan fikrni turlicha poetik ifo- dalarda tasvirlash – poetik variatsiya hodisasi ham xos. Na voiy tasviridagi poetik variatsiya tabaqalanish xususiyatiga ham ega, ya’ni ularning ba’zilari murakkab bo‘lsa, ba’zilari sodda xarakter kasb etadi, poetik variatsiyaning xilma-xilligi istalgan saviyadagi kitobxonga ijodkor fikrining yetib borishi ga zamin bo‘lgan. Alisher Navoiy ijodining Ozarboyjon adabiyotiga ta’siri 1 Jahon adabiyotshunosligida Alisher Navoiy ijodini o‘rga- nish qariyb olti yuz yillik tarixga ega bo‘lib, bu davr mobayni da Sharq va G‘arb mamlakatlarida navoiyshunoslikka doir ko‘plab durdona asarlar yaratildi hamda ulug‘ shoir va mu tafakkir ilmiy-ijodiy merosining jahon madaniyati tarixidagi o‘rni yuqori baholandi. O‘zbek-ozarboyjon adabiy aloqalari, Alisher Navoiy she’riyati, shoir ijodining ozarboyjon mumtoz adabiyoti ga ta’siri va adabiy merosining Ozarboyjonda o‘rganilishi kabi masalalar B.Valixo‘jayev, A.Hayitmetov, Yo.Is’hoqov, N.Komilov, A.Hojiahmedov, A.Rustamov, M.Muhiddinov, A.Qayumov, S.G‘aniyeva, R.Vohidov, M.Hakimov, I.Haqqulov, A.Abduqodirov, M.Akbarova, N.Bozorova, K.Mullaxo‘jayeva, M.Sharipov kabi olimlarning ilmiy asar hamda maqolalarida o‘z aksini topgan. 1 Султанов Т. Алишер Навоий ва Озарбайжон адабиёти: тарихий илдизлар, анъаналар, ворисийлик (Кишварий ва Содиқий асарлари мисолида). – Тошкент, 2019. Mushtarak til, madaniyat va an’analarga ega bo‘lgan o‘zbek va ozarboyjon xalqlari orasidagi tarix uzoq o‘tmishga borib taqa ladigan adabiy aloqalar XV asrda Alisher Navoiy tufayli yuksak cho‘qqiga chiqdi. Nizomiy Ganjaviy, Imodiddin Nasi miy, Ashraf Marog‘iy, Qosim Anvor kabi ozarboyjon shoirlarining asarlari- dan bahramand bo‘lgan Navoiy o‘z davridan boshlab hozirga qadar Kishvariy, Xatoyiy, Fuzuliy, Rahmatiy, Sodiqiy, Amoniy, Zafar, Soib, Qo‘vsiy va boshqa ko‘plab ozar shoirlarining ijo- diga ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbek shoiri ijodiyotidagi insonparvarlik, chuqur ma’no, yuksak san’atkorlik mahorati asarlarining ulkan jo‘g‘rofiyada – butun Turkistondan tashqari Ozarboyjon, Eron, Turkiya va hatto Hindistonda ham yoyilishiga sabab bo‘ldi. Na voiyshunos olim Porso Shamsiyevning ta’kidlashicha, Navoiy qo‘lyozmalarining dunyoga tarqalishida Abduljamil va Sulto nali Mashhadiy kabi xattotlar muhim o‘rin tutgan. Ko‘pchilik manbalarga asoslangan holda shuni ayta ola- mizki, Nizomiy merosi O‘zbekistonda Navoiy davriga qadar ham keng yoyilgan, sevib o‘qilgan edi. Alisher Navoiy ozar shoiri Nizomiy Ganjaviyning «Panj ganj» asaridan badiiy ta’sirlangan holda turkiy tilda «Xamsa» asarini yozgan bo‘lsa, Ozarboyjonda Ne’matulloh Kishvariy, Muhammad Fuzuliy, Sodiqbek Afshor Sodiqiy, Ahdiy Bag‘dodiy va boshqa mashhur ijodkorlar Navoiy asarlaridan ilhomlanib nazira, taxmis, taz kira hamda dostonlar yaratishdi. Navoiy ijodining ozarboyjon adabiyotiga ta’sirini ko‘rsa- tuvchi eng muhim manbalardan biri chig‘atoy lug‘atlaridir. Bunday lug‘atlarning aksariyati Eron va Ozarboyjonda yozil gani e’tiborni tortadi. Mualliflar orasida faqat Fazlullohxon va Muhammad Ya’qub Chingiy hindistonlikdir. Mazkur lug‘at larning Hindistonda yaratilishi Navoiy asarlari ta’sir darajasi ni yoritishda muhim ahamiyatga ega. 136 137 Ushbu asarlardan «Badoye’ ul-lug‘at» chig‘atoy tilining eng eski lug‘atlaridan biridir. Iroq shevasi va ozarboyjon tili xu- susida so‘z yuritilgani lug‘atning originalligini belgilaydi. Yana bir muhim lug‘at «Sangloh»da ozarboyjon shoiri Mu hammad Fuzuliy ijodidan namunalar keltirilgan. XVI asrda Safaviylar hukumat tepasiga kelishdi. Ozarboy jon adabiyotining oltin davri hisoblanadigan mazkur asrning eng taniqli shoirlari Xatoyiy (Shoh Ismoil) va Fuzuliydir. Xa toyiy (1486–1524) Fuzuliy va Soibdan oldin Navoiy yo‘lidan borib, o‘z asarlarini ona tilida yozish orqali ozarboyjon adabiy tilining rivojlanishiga muhim hissa qo‘shgan. Uning devo nidan tashqari, «Dahnoma», «Nasihatnoma» nomli doston lari ham sodda, xalqqa tushunarli tilda yozilgani bilan ajralib turadi. Xatoyiy ijodida Navoiy she’rlariga o‘xshash jihatlar ko‘p. U ham Navoiy kabi insonning mavjudligini kuylash, uning samimiy, real va hayotiy muhabbatini ulug‘lash, hayotdan zavqlanish, umrdan unumli foydalanish g‘oyalarini ilgari sur gan. Jumladan, uning «Gәlmәdi» («Kelmadi») radifli g‘azali vazn, radif va uslub jihatdan Navoiyning mashhur «Kelmadi» radifli g‘azalini eslatadi: Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling