Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
tematologiya nuqtayi nazaridan xamsanavislik
1 Ойбек. Танланган асарлар. Тўрт томлик. Биринчи том. Шеърлар, поэмалар. – Тош- кент: Бадиий адабиёт, 1957. – Б.184. 2 Гафур Гулям. Айбек, Хамид Алимджан. Стихотворения и поэмы. Большая серия. – Л., 1980. – С.307. 3 Исмоилов И.А. Алишер Навоий «Садди Искандарий» достонининг қиёсий таҳлили. – Тошкент, 2019. 130 131 doirasida yaratilgan iskandarnomalarning mavzulari ham e’ti borga molik. Garchi iskandarnomalarning mavzulari genezisiga ko‘ra qahramonlik mavzulariga taalluqli bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan mualliflarning originallikka intilishi faqat asar nomining emas, mavzuning ham o‘ziga xoslik kasb etishiga olib kelgan. Firdavsiyning «Iskandarnoma»si qahramonlik mavzusida, Ni zomiy «Iskandarnoma»si ham ko‘proq jangnoma xarakteriga ega, lekin unda mavzu tarkibiga lirik, axloqiy-ma’naviy ruh ham qo‘shilgan. Xusravning «Oyinayi Iskandariy»si qisman jang noma, ko‘proq axloqiy-didaktik yo‘nalishga mansub. Jomiy- ning «Xiradnomayi Iskandariy»si esa jangnomalik xususiyati ni butunlay yo‘qotib, sof didaktik xarakter kasb etgan. Navoiy qo‘ygan nom ham asar mavzusini biror predmet yoki motivga aloqadordek ko‘rsatsa-da, mazmunan qahramonlik va axloqiy- ma’rifiy jihat tenglik kasb etgan. Shu tarzda, nomlardagi turfa lik mavzulardagi o‘zgarishlarni aks ettirib borgan. Bunday o‘zi ga xoslikni fotiha baytlar misolida ham kuzatish mumkin. Sharqda yaratilgan iskandarnomalarda baroati istihlol bo- rasida o‘ziga xos an’ana mavjud, ularning aksariyati deyarli bir xil bayt bilan boshlanadi. Firdavsiyda: Bar on ofarin, k-o‘ jahon ofarid, Zamin-u, zamon-u makon ofarid. Nizomiyda: Xudoyo, jahonpodshoy turost, Zi mo xidmat oyad, xudoy turost. Amir Xusravda: Jahonpodshoho, xudoyi turost, Azal to abad podshoyi turost. Jomiyda: Ilohi, kamoli ilohi turost, Jamoli jahon podshohi turost. Navoiyda: Xudoyo, musallam xudoliq sanga, Birov shahki, da’bi gadoliq sanga. Abdibek Sheroziyda: Jahonofarino, ilohi turost, Ba mulki jahon podshohi turost. Ye.E.Bertels o‘z vaqtida mazkur an’anaga e’tibor qaratib, Nizomiy, Xusrav, Jomiy va Navoiy baytlarini o‘zaro qiyoslagan va mualliflar o‘rtasidagi farqni ko‘proq ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bog‘lab asoslashga harakat qilgan edi. Faqat xamsanavislik an’anasida yaratilgan iskandarnoma- larda emas, bu toifaga kirmaydiganlarida ham debocha lar an’anaviy xarakterga ega. Nizomiy va Navoiy dostonlari an’anaviy hamd bilan boshlanadi. Epik hamdlar ko‘lamdorlik, vaz min ifoda, obrazlar tizimi bilan lirik hamdlardan farqlana di. Tavhidning badiiy funksiyasi Nizomiy va Navoiyga qadar tayin bo‘lib ulgurgan, shu bois bunday boblar bir maqsadning ikki ijodkor tomonidan qanday ifodalanishi, ijodiy individu allikni kuzatish uchun juda qulay vaziyat hisoblanadi. Navoiy dostonidagi munojotda aniq voqeaviylik bo‘lma sa-da, biror nazariy fikr yoki asos, uning amaliy isboti kabi qismlar, ular o‘rtasida ichki bog‘lanish mavjud. Mana shu izchillik, avvalo, ijodkor fikrlarining ta’sirli chiqishiga xizmat qilgan. Nizomiy dostonidagi munojotda esa mazkur xususi yat u qadar sezilmaydi, uning tasvirlari bir xil ohang va bir xil mazmunda. Navoiy kabi fikrga turli asoslar keltirmaydi, u birgina «yaxshi yoki yomon bo‘lsam ham, sening taqdiring tu fayli» degan asosni ta’kidlaydi. Navoiy esa qo‘shimcha tarzda banda gunohlarining kechirilishiga akobirlar fikri, Horun ha qidagi rivoyat va boshqa mantiqiy asoslar ko‘rsatadi. Bunga sabab umidvorlik tuyg‘usiga urg‘u berish edi, ya’ni Navoiy munojotida Nizomiydan farqli o‘laroq umidvorlik ustuvor. Navoiy o‘z gunohlarini umumiy qayd etib qolmay, konkret mi sollar keltiradi, o‘zini ko‘proq malomat qiladi. U bobdagi bu 132 133 tun tasvirni Allohning karim sifati atrofida birlashtiradi, hatto sarlavhani ham shu nuqtaga tutashtiradi. «Akramul-Akramin» iborasining turli ma’nolarini sharhlab, mantiqiy xulosalar chiqaradi. Nizomiy munojotida esa hidoyat so‘rash yetakchi. U Tangrining biror sifati, masalan, karim yoki rahim sifatlariga alohida e’tibor qaratgan emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Allohga murojaat qilish, uning qudrati haqida so‘zlashga intiladi. Ni zomiyda ham oxirgi bayt ikki bobni o‘zaro uyg‘unlashtirishga xizmat qilgan. Qiyoslar payg‘ambar haqiqati borasida Nizomiy va Na voiyning dunyoqarashi yaqin ekanini ko‘rsatadi: Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling