Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Syujetlararo o‘xshashlik.
- 4.Epik makon mushtarakligi
- She’riy talqinda ekvivalent va adekvat yondashuv («Na’matak» she’rining ruscha tarjimalari misolida) 1
«Boqchasaroy fontani» da:
Amaldorlar, boylar izma-iz Orqasidan izlab yurardi. Yigit-yalang «Oh...» deb o‘yida, Azob chekar edi ko‘yida. «Suv qizi»da: Ko‘rgan ko‘zning quvonchi ekan, Ko‘rgan yigit qolmas sevgisiz... Bu bilan qizlarning nihoyatda go‘zalligi ifoda etilmoqda. 3. Syujetlararo o‘xshashlik. Maryam tatarlarning Polsha ga hujumi vaqtida podsho haramiga keltirilgan. Orzini esa qaroqchi Alibobo chashma bo‘yidan o‘g‘irlab saroyga olib kelgan. Ayni zamonda tutqun qizlarning haramdagi hayoti tasvirida mutanosibliklar bor. Ko‘rinadiki, har ikki shoir ham ayollar erksizligi mavzusini hayotiy lavhalarda yoritgan. Bu, o‘z navbatida, ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik kura- shini ham o‘zida ifoda etadi. Garov va sulton yovuzlik timsoli, Maryam bilan Orzi erksizlik qurboni sifatida ko‘zga tashlana di. Har ikkala poema ham qayg‘uli yakun topadi. Ya’ni Maryam «tarki umr» etadi. Orzi esa haramda farzandli bo‘ladi va qizi bilan o‘zini daryoga tashlaydi. 4.Epik makon mushtarakligi. Har ikki asarda ham asosiy voqealar podsho harami, Dunay sohillari, Qora dengiz bo‘yla- rida bo‘lib o‘tadi. Ko‘rinadiki, Mirtemir Pushkinning «Boqchasaroy fontani» poemasidan ijodiy ta’sirlangan. Uning o‘ziga xosligi mavzuni milliy ranglarda ifoda etganida ko‘rinadi. Bu adabiyotimizda jahon poemachiligi badiiy-estetik tajribalari turli shakllarda namoyon bo‘layotganini bildiradi. She’riy talqinda ekvivalent va adekvat yondashuv («Na’matak» she’rining ruscha tarjimalari misolida) 1 She’riy tarjimada asliyatning poetik parametrlari hisoblan gan shakl (qofiya, vazn, turoq, hijolar soni, ohangdorlik, mu siqiylik) va mazmunga (timsoliylik, leksik resurslar va stilis tik figuralar) adekvat yoki ekvivalentlik darajasida yaqinlasha olish muallif fikr va tuyg‘usining, maqsad va g‘oyasining qayta in’ikos etishini ta’minlaydi. Asliyat matnida mujassamlangan poetik unsurlarning bar chasini birdek saqlab, tarjimaning muqobil – ekvivalentli yoki aynan – adekvatli tarjimasini yaratish, ayniqsa, she’riy tarjimada o‘ta murakkab jarayondir. Bunday murakkablik asliyat matnida gi she’riy san’atlar, ekspressiv unsurlar kabi funksional birliklar- ning o‘zga til doirasida aynan muqobillik darajasida tenglasha olmasligida ko‘rinadi. Adabiyotshunos Sh.Sirojiddinov mono grafiyasida shunday ta’rif beradi: «Tarjima vazifalaridan biri – tarjima matni asliyatning to‘liq kommunikativ o‘rnini egallashi va asliyat o‘quvchisi imkoniyatiga teng darajadagi badiiy zavq mazmuniy va mundarijaviy (strukturaviy) uyg‘un muvozanatni (muvofiqlik) tarjima o‘quvchisiga taqdim etilishidir» 2 . She’riyat tarjimasida bunday murakkabliklardan chiqish maqsadida asliyatning deformatsiyalanishiga (yo‘qotishlar, qo‘shishlar, o‘zgartirishlar va h.) hamda definitsiyalanish (funksional birliklarning nomutanosibligi)ga yo‘l qo‘yila di, ya’ni she’riy tarjima o‘zida yuqorida sanab o‘tilgan ka- 1 Салимова Д. Шеърий таржимада муаллиф бадиий нияти ва поэтик маҳоратининг қайта ифодаланиши (Ғафур Ғулом ва Ойбек шеърларининг таржималари мисолида). Филол. фан. номз... дисс. – Тошкент, 2018. 2 Сирожиддинов Ш., Одилова Г. Бадиий таржима асослари. – Тошкент: Мумтоз сўз, 2011. – Б.16. 120 121 tegoriyalardan birortasining o‘zgartirilishiga ehtiyoj sezadi. Shularni inobatga olib, tarjimon poetik shakl va mazmunni qayta yaratish maqsadida erkin yondashuv yo‘lidan borishi mumkin. Bu holat tarjima nazariyasida erkin ijodga imkon beradi va o‘z o‘rnida bunday imkoniyat me’yorlariga amal qilish talab etiladi. Tarjima matnida mutarjim tomonidan poetik mazmun va shaklni qayta yaratish uchun erkin yon dashuv yo‘li tanlanar ekan, asliyatning ekvivalent va adekvat tarjimasining amalga oshirilishi tarjimonning ikkilanishi ga olib keladi, ya’ni tarjimon she’r tarjimasini qayta yaratib bo‘lmagan sharoitda o‘zgartirishlar va yo‘qotishlarsiz ek vivalentlik va adekvatlik o‘z samarasini bera oladimi, degan savollar tug‘ilishi tabiiy. Holbuki, adekvatlik, adekvat asliyat bilan tarjimaning bir-biriga teng bo‘lgan «aynan» natijasidir. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling