Adabiyotshunoslik


«Boqchasaroy fontani» poemasi va


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

«Boqchasaroy fontani» poemasi va 
Mirtemir ijodi
 1
«Boqchasaroy fontani» poemasi A.S.Pushkinga katta shuh-
rat keltirgani ma’lum. Aslida bu asar, V.M.Jirmunskiyning yo­
zishicha, J.Bayronning «Korsar» poemasi ta’sirida yozilgan
2

O‘zbek adabiyotida mazkur asarning ijodiy ta’siri Mirtemir-
ning «Suv qizi» poemasining yaratilishiga asos bo‘lgan.
«Boqchasaroy fontani» poemasining «Tatar qo‘shig‘i» qis­
mida tutqun qiz Maryamning taqdiri hikoya qilinadi. Bu g‘amli 
hikoya asarga epik mazmun baxsh etgan. Natijada qahramon­
larning tuyg‘u-kechinmalari, o‘y-fikrlari yaxlit syujetni vujud­
ga keltirgan. Shu jihatlar inobatga olinsa, Pushkin va Mirtemir 
poe malaridagi mushtarakliklar quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:
1. Har ikki poema ham ertak ruhida yaratilgan. «Boqcha-
saroy fontani»da ertakka xos an’anaviy boshlanma yo‘q. «Suv 
qizi»da esa bunday boshlanma («Qadim chog‘da, dengiz bo‘yi­
da... Hayot ko‘rgan ekan bitta chol») mavjud. Biroq ikkala poe-
madagi obrazlar xam ertakmonand. Binobarin, Pushkin poe­
masida podsho Taroy, Zarema, Maryam, Maryamning otasi
og‘a; Mirtemirda sulton, chol, uning qizi Orzi, qaroqchi Ali­
bobo qiyofalarida namoyon bo‘lgan. Bu esa ruhiy-ma’naviy 
jihatdan o‘xshash obrazlarni yuzaga keltirgan.

Қувватова Д. «Боқчасарой фонтани» поэмаси ва Миртемир ижоди.

Жирмунский В.М. Байрон и Пушкин. – Л.: Наука, 1978. – С.116.
2. Har ikkala poemada ham mehribon otalar va qizlar 
obrazi yaratilgan. «Boqchasaroy fontani»da Maryam tasviri:
Uning yumshoq sevimli nozi,
Tabiati, laziz ovozi.
Yonib turgan moviy ko‘zlari.
Dona-dona shirin so‘zlari
Bir-biridan jozibadordi;
Hammasida ajib kuch bordi
1
.
«Suv qizi»da Orzi tasviri:
Bo‘lar ekan cholning bir qizi,
Shamshod uning bo‘yiga xushtor.
Labi pista, yuzi qirmizi,
Dastor olma kabi zab naqshdor.
Sochlariga ilhaq majnuntol.
Qo‘shig‘iga bulbullar xumor.
Ko‘zi shahlo va tillari bol
2
 
E’tibor berilsa, qahramonlar portretidagi o‘ziga xoslik 
milliylik bilan aloqador. Pushkin o‘z qahramonini moviy ko‘zli, 
Mirtemir esa shahlo ko‘z tarzida ifoda etadi. Ular dagi ru­
hiy-ma’naviy yaqinlik nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki iste’dodi 
orqali ham namoyon bo‘ladi. Chunki Maryam ham, Orzi ham 
qo‘shiq kuylaydi. Mirtemir Sharq mumtoz adabiyoti mavjud 
an’anaviy o‘xshatishlarni (bo‘yning shamshodga qiyoslanishi, 
labning pistaga, yuzning qirmizi olmaga o‘xshatilishi kabi) 
mohirona qo‘llaydi.

Пушкин А.С. Танланган асарлар. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1999. – Б.171.

Миртемир. Асарлар. Уч томлик. Иккинчи том. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1971. 
– Б.385.


118
119

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling